1. Kompost tayyorlash. Biogumus ishlab chiharish uchun zarur shart-sharoitlar


Download 0.98 Mb.
bet1/13
Sana15.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1775920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3- maruza qishloq xo\'jalik eko st




12- Mavzu. Biogumusning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va ekologik aspektlari.


REJA;


1. Kompost tayyorlash.
2. Biogumus ishlab chiharish uchun zarur shart-sharoitlar.
3. Biohumus ishlab chiharish: biznes-reja
4. Biogumus ishlab chiharish iqtisodiyoti


Kompost materiallari ko‘pincha kvadrat shakldagi yog‘och yashiklarga solinadi. Uning tomonlari 1-1,5 m, balandligi taxminan 1 m bo‘lishi mumkin. Unga qoqilgan taxtalarning oralig‘i taxminan 1sm bo‘lishi kerak. Agar taxta yo‘q bo‘lsa, kompost uyumini ekin dalasining bir burchagida joylashtirish mumkin. Buning uchun 1 kv/m joy talab qilinadi. Organik chiqitlar shu erga to‘qiladi. Daraxt yaproqlari, to‘kilgan mevalar, ekinzordan yig‘ishtirib olingan o‘simliklar, meva-sabzavot po‘choqlari va oziq-ovqat qoldiqlarini taxminan 15 sm halinlikda taxlab, hosil bo‘lgan qatlam ustiga taxminan 5sm halinlikda go‘ng tashlanadi. Go‘ngdan so‘ng 3sm halinlikda tuproq yoyiladi. Har bir qatlamda namlik etarli bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Zarurat bo‘lsa, suv sepilishi mumkin.
Qoldiqlarni tashlashda davom etiladi, har bir qatlamdan keyin 15 sm halinlikda go‘ng yoyib, biroz suv sepib borilsa yaxshi natija beradi. Bir necha kundan keyin kompost uyumini ushlab ko‘rilsa, uning isiy boshlaganiga ishonch hosil qilinadi.
Kompost uyumi erdan taxminan 1,5 m ko‘tarilgach,2 sm li tuproq qatlami bilan yopiladi. YOmg‘ir va qor suvi kirmasligi uchun uyum ustini yaxshilab yopib qo‘yiladi.20 kundan keyin kompost uyumini ehtiyotkorlik bilan ag‘darib, bunda hali chirib ulgurmagan organik moddalarning uyum o‘rtasida qolishiga ahamiyat berish lozim

Go‘ng-tuproq kompostini tayyorlash Go‘ng-tuproq komposti tayyorlash va saqlashning eng samarali usullaridan biri molxonalar yaqinidagi xandaq-go‘ngxonalarda buldozer yordamida shibbalangan kompostlashtirsh hisoblanadi. CHuqurning hajmi: uzuniga 60 80 metr, eniga 3 3,5 metr, chuqurligi 3,5 4 metr bo‘lib, sig‘imi ming tonna atrofida bo‘ladi.


Mollar tagiga solingan quruqlik, silos qoldig‘i, go‘ng va mollar shiltasi fermadan olib chiqiladi va go‘ngxona-chuqurlikka bir qavat qilib solinadi. Uning ustidan ikkinchi qavati sifatida ariq, zovur, kanal loyqasi yoki ekishda foydalanilmaydigan do‘nglik, eski devorlar kesagi, sho‘r bo‘lmagan tuproqlar, o‘simlik chirindilari, daraxt barglari, xazonlar va boshqa organik qoldiqlar tashlanadi.
Uchinchi qavatiga kompost aralashmasining holatiga harab 1 2 foizgacha yoki har 1 tonna aralashmaga 15 20 kg fosforli o‘g‘it yoki 150 200 kg past navli Qizilqum fosforitlaridan(12 14%R2O5) solish mumkin.
SHundan keyin xuddi shu tartibda birinchi, ikkinchi va uchinchi qavatlar bilan o‘rani to‘ldirib, elementlar yo‘qolishining oldini olish va sifatli bo‘lishi uchun go‘ngning umumiy miqdoriga nisbatan 40 foiziga teng miqdorida uzoq ekilmagan er tuprog‘i bilan aralashtirish mumkin.
Ana shunday qavat-qavat aralashmalar solish natijasida kompostning er ustidan balandligi 1,5 metrga etganda kerakli miqdordagi suv bilan namlanadi va uning usti 15 20 santimetr halinlikda tuproq bilan berkitiladi.
Tepasi shibbalanadi (go‘ng bilan tuproq 1:1 nisbatda ikkovi birgalikda bo‘lganda yoki tuproq ustiga o‘simlik qoldiqlari solinganda 1:2 nisbatda bo‘ladi). Go‘ng bilan to‘ldirib turishni hisobga olgan xolda o‘ralarning zaruriyat yuzasidan bir nechtasini yonma-yon qilib kovlash tavsiya qilinadi. Kompostni shu holatda saqlash 5 6 oy davom etadi.
Kompost to‘plash rejalashtirilgan fermer xo‘jalikda go‘ng solish uchun 0,2 gektar er ajratilib va uning ustiga 500 600 tonna go‘ng bir tekisda to‘shaladi, ularning orasidagi qavatlarga har 1 tonna go‘ng aralashmasiga 15 20 kg hisobida fosfor o‘g‘iti yoki 100 200 kg past navli Qizilqum fosforitlaridan (12 14% R2O5) tashlanib, 20 25 sm chuqurlikda haydaladi.
Keyin bularning bari diskali borona bilan ishlovdan o‘tkaziladi, yoki hammasini aralashtirishni ta’min etadigan oddiy shudgorlash plugi bilan qayta xaydaladi. Pirovardida butun massa aralashtirilib, buldozer yordamida bir joyga to‘planadi va usti 20 25 sm halinlikdagi tuproq bilan berkitiladi.
Agar aralashmaning namligi etarli bo‘lmasa, u holda tayyorlangan uyumlar ustidan go‘ng suyuqligi yoki zaruratga harab suv quyiladi. SHunday bir uyumdan 4 5 oy ichida 1000 1200 tonna kompost tayyorlash mumkin.
Tayyor bo‘lgan ushbu kompostni erni haydashdan oldin 4-6 kg/m2 miqdorida solish tavsiya etiladi.
SHuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim xo‘jaliklarda ko‘pincha mahalliy o‘g‘it ochiq va sochilgan holatda saqlanadi. Bunday saqlangan go‘ngda oziqa unsurlari har 10 tonnasidan 23 24% quruq modda, 44% gacha umumiy azot yo‘qoladi. Demak, yuqorida bildirib o‘tilgan taklif va mulohazalar amalda qo‘llanilsa, tuproq unumdorligi saqlanib qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olishga erishiladi
Biogumus asosida ekologik toza mahsulotlar yetishtirishning jahon tendenqiyalari
Odamlar sog'lig'i, birinchi navbatda, oziq-ovqat mahsulotlariga bog'liqligini tobora aniqroq tushunadigan sharoitda, biogumus ishlab chiharish kabi biznes turi yaxshi daromad keltirishi mumkin. Mamlakatlarda Yevropa Ittifoqi biogumusda yetishtirilgan organik sabzavotlar oddiy sabzavotlardan ikki baravar qimmat turadi.
Biohumus tuproq unumdorligini ko'p marta oshiradi. Deyarli unumdor tuprogʻi yoʻq davlat boʻlgan Saudiya Arabistoni vermikompostni Yevropa davlatlaridan sotib olib, oʻz bozorini bugʻdoy va sut mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlab, qoʻshni davlatlarga eksport qilmoqda. O'z-o'zidan biogumus tuproq qurtlari tomonidan organik chiqindilarni qayta ishlash mahsulotidir.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling