1. Kredit va uning mazmuni Kreditning zarurligi
Download 79.54 Kb.
|
Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari Reja K-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Fondlar aylanishi va kreditning zarurligi 4.Kredit munosabatlari va ularning turlari 5.Kreditning tamoyillari
- 10.Kreditning shakllari 11.Kreditlashning meyoriy-huquqiy asoslari 12.Tarmoqlarni kreditlashning xususiyatlari
- 2.Kreditning zarurligi
- 3.Fondlar aylanishi va kreditning zarurligi
Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari Reja: Kredit va uning mazmuni Kreditning zarurligi Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari Reja: 1.Kredit va uning mazmuni 2.Kreditning zarurligi 3.Fondlar aylanishi va kreditning zarurligi 4.Kredit munosabatlari va ularning turlari 5.Kreditning tamoyillari 6.Kredit ob'ektlari va sub'ektlari 7.Kreditning funksiyalari 8.Kredit qonunlari 9.Kreditning turlari 10.Kreditning shakllari 11.Kreditlashning me'yoriy-huquqiy asoslari 12.Tarmoqlarni kreditlashning xususiyatlari 13.Iqtisodiyotda kreditning roli 1.Kredit va uning mazmuni Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) Kreditga boʻlinadi. Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat Krediti — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank Krediti — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting , faktoring , haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat Krediti — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan Kreditlar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol Krediti — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro Kredit — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqalar qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish. Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi. Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, Kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga Kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan Kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. Kredit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. Kredit tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda Kredit tizimi faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida" (1995.21.12), "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi. Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi. Kredit munosabatlari ikki subʼekt oʻrtasida, yaʼni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi oʻrtasida yuzaga keladi. Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subʼektlari hisoblanadi. Sanab oʻtilgan subʼektlarning aynan har biri bir vaqtning oʻzida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi oʻrnida chiqishi mumkin. Kredit munosabatlarining obʼekti jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridir. Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagʻlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha boʻsh turadigan pul mablagʻlari va boshqa pul resurslari kredit mablagʻlarining manbaini tashkil qiladi. 2.Kreditning zarurligi Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo‘nalishiga bog‘liq. Tomonlar manfaatlarining mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga, kreditning bu muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‘lishining asosiy sababi bo‘lolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o‘xshash boshqa aniq sharoitlar bo‘lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi. Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to‘g‘ri deb qaraydigan bo‘lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo‘ladi, chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan obyektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki, kreditning obyektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir. Kreditga zarurat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir: asosiy fondlarni tiklash, kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya sifatidagi pul mablag‘lari; tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari; tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari; kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar; shaxsiy sektor daromadlari, jamg‘armalari va boshqa bo‘sh pul mablag‘lari 3.Fondlar aylanishi va kreditning zarurligi Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati kredit munosabatlari paydo bo‘lishining iqtisodiy asosidir. Bizga ma’lumki, korxonalarning ishlab chiqarish fondlari (qiymat shaklidagi mehnat vositalari va predmetlari) muayyan bir muddatda pul (P), ishlab chiqarish va tovar (T) shakllarida bo‘lishi mumkin. Korxona ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: P T ... Ishlab chiqarish ... TI PI Fondlar doiraviy aylanishining birinchi bosqichida (PT) pul fondlarining ishlab chiqarish fondlariga aylanishi sodir bo‘ladi. Bunda mavjud pul mablag‘lariga mehnat predmetlari va vositalari sotib olinadi. Fondlar aylanishining ikkinchi bosqichida ishlab chiqarish jarayoni sodir bo‘lib, bunda tayyor mahsulotni yaratish ro‘y beradi, mahsulot ko‘rinishi tovar ko‘rinishini oladi, ishlab chiqarish vositalari qiymatiga yangi qiymat qo‘shiladi. Uchinchi bosqichda (TI PI) tayyor mahsulot sotiladi. Tovar o‘zining boshlang‘ich pul shakliga o‘tadi, lekin bunda tovar ham, pul ham o‘zining ishlab chiqarish jarayonidan oldingi holatiga nisbatan qiymat jihatdan va miqdor jihatdan ortgan holda bo‘ladi. Mahsulotni sotgandan keyin olingan pul fondlari, o‘z navbatida, yana xarajat qilinadi, yani yangi ishlab chiqarish jarayoni uchun yangi ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi, ish haqi to‘lanadi va boshqa xarajatlarga sarflanadi. SHunday qilib, aylanma mablag‘larning aylanishi qaytaqayta takrorlanaveradi va fondlarning doiraviy aylanishi vujudga keladi. Fondlarning har bir individual doiraviy aylanishi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning bir qismi sifatida boshqa doiraviy aylanishlar bilan uzviy bog‘langan. Ma’lumki, 1-bosqich korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot 2- bosqich korxonalari va noishlab chiqarish sohasi tomonidan iste’mol qilinadi. O‘z navbatida, 2-bosqich mahsuloti nafaqat o‘z iste’molchilari ehtiyojini, shuningdek, 1-bosqich istemolchilarining ham ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Bularning hammasi aylanma fondlarining doiraviy aylanishi uzluksizligidan va fondlarning individual aylanishlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjudligidan dalolat beradi. Asosiy fondlar qiymati harakati jarayonida resurslarni ishlab chiqarishdan bo‘shatilishi ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va ularning qiymati tovar mahsuloti qiymatiga astasekin o‘tib boradi. Asosiy fondlarning astasekin eskirish qiymati o‘z o‘lchami bo‘yicha korxonaning yangi vositalar sotib olish hajmini ta’minlay olmaydi. Fondlarning aylanishida asosiy fondlarning o‘zgaruvchan harakati ro‘y beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bunda ba’zi korxonalarda bo‘sh pul mablag‘lari to‘planib qoladi, boshqalarida esa katta xarajatlarga ehtiyoj tufayli mablag‘lar etishmovchiligi yuzaga keladi. Xuddi shunday vaziyat aylanma fondlari harakatida ham vujudga keladi. Bu erda ularning uzluksiz aylanishidagi tebranishlar yanada xilmaxildir. Dastavval bu tebranishlar ishlab chiqarishning mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish davri bilan mahsulotni sotish vaqti birbiriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi. Mablag‘lar harakatidagi tebranishlar tovar mahsulotini jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar tufayli ham vujudga keladi. Ma’lumki, mahsulotni jo‘natish vaqti bilan uni sotishdan olinadigan tushumning korxona hisob raqamiga kelib tushish vaqti ko‘p hollarda to‘g‘ri kelmaydi. Bu hol turlicha sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Masalan, mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona bilan uni iste’mol qiluvchi korxona birbiridan muayyan masofada joylashganligi, mol sotib oluvchi korxonaning ayni vaqtda tovar va xizmatlarga to‘lash uchun hisobkitob raqamlarida pul mablag‘larining etarli emasligi va boshqalar tufayli kelib chiqadi. Fondlarning doiraviy aylanishidagi tebranishlar zaminida ishlab chiqarish vaqti bilan mahsulotlarni sotish vaqtining mos kelmay qolishidan vujudga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi munosabatlarning paydo bo‘lishi tabiiy holga aylanadi. Bu munosabatlar mablag‘larning vaqtincha bekor turib qolishi bilan bu mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj o‘rtasidagi qaramaqarshilikni bartaraf etadi. Bunday munosabatlar odatda, kredit munosabatlar deb yuritiladi va kredit munosabatlar asosida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan kredit tushunchasi yuzaga keladi. Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: Download 79.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling