1. Kushon davlatining tashkil topishi


Download 62.08 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi62.08 Kb.
#216711
Bog'liq
1. Kushon davlatining tashkil topishi-fayllar.org


1. Kushon davlatining tashkil topishi

1.Kushon davlatining tashkil topishi

Mil.av. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy qavmlar qo`shnisi xunlar tazyiqiga uchrab, ularning siquviga bardosh berolmay G`arbga tomon siljiy­dilar. Xitoy manbalarida ular yuyechjilar deb atalgan. Yuyechjilar Issiqko`l atrofida sak qabilalari bilan to`qnashib, ularni janubiy-g`arb tomonga suradilar. Biroq. Yuyechjilar usun qabila­lari zarbasiga uchrab janubga siljib, mil.av. 130 yillarda So`g`di­yona hududiga kirib keladilar. Yuyechjilar, Xitoy tarixchisi Chjan Syan ta`kidlashicha, Sug`diyonadan Baqtriyaga yuradilar va Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini ag`daradilar. Yuyechjilar Farg`ona vodiysini ham egallaydilar.


Xitoy manbalarida ta`kidlanganidek, yuyechjilar beshta siyosiy xonadonga mansub edilar. Go`yshuan, (Kushon). Xyumi, Shuanmi, Xise, Xuanmi. Ularning har biri qariyb yuz yilgacha alohida-alohida siyosiy kuch hokimlik bo`lib, yagona hukmdorga bo`ysunmagan holda faoliyat yuritadilar.

Milodiy I-III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Surxondaryo tarixida, balki butun Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan davlatlardan biri sanaladi. Uning eng rivojlangan davri Kanishka davri bo‘lib, milodiy 78—123 davrlar hisoblanadi. Xududi- Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Pokiston, Afg‘oniston, Hindiston.

Xorazm xududlari kirmagan. Kushon davlatining shimoli-g‘arbiy chegarasi Darband devori bilan himoyalangan. Bu Sug‘d bilan chegara hisoblangan. Bu devor XX asrning 90 yillari aniqlangan. U Surhondaryo va Qashqadaryo o‘rtasidagi Darband qishlog‘idan o‘tgan. 1,5 km uzunlikda, eni 6-6,5 m bo‘lgan. Devorlar orasida minoralar bo‘lgan. Janubiy qismida qa’asi joylashgan. Vima Kadfiz tomonidan qurilganligi aniqlangan.

Kushon davlatining tarixi asosan, arxeologik tadqiqotlar va xitoy manbalari asosida yoritilgan. Kushon davlatining keng xududni egallagan:

Kushon davlati tarixi bilan arxeolog olimlardan Ye.Masson, G.A.Pugachenkova, E.Rtveladze, Sh.Pidaevlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Kushon davlatining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida 2 xil yo‘nalish kuzatiladi. 1 davr Kanishkagacha bo‘lgan davr va 2 davr Kanishkadan keyingi davr hisoblanadi. Kanishkagacha bo‘lgan davrda uning siyosiy va madaniy hayotida grek yozuvi va madaniyati еtakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Kanishkaning olib borgan islohatlari natijasida baktriya yozuvi va maxalliy madaniyat asoslari jamiyatga tatbiq etiladi.

Miloddan avvalgi IV asr oxirlarida, Xitoy yilnomalarida yuedjilar deb atalgan massaget qabilalari Sharqiy Tur­kistondan to Mug‘uliston chegaralarigacha bulgan xudud­larga ketib qolgan edilar. O‘sha vaqtlarda xunlar Bal­xashdan to Xitoygacha bulgan hududda yashab kelardi. Yue-chjilar Sharqiy Turkistonni olishga intilganlar. Bu, ayniqsa mi­loddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmidan namoyon bula boshlaydi. Yunon-Baqriya davlati podshosi Evtidem miloddan avvalgi 206 yilda sa­lavkiylar hukmdori Antiox III bilan ularga qarshi xarbiy ittifoq tuzadi. Xunlar yuedjilar ustiga dastlab 206 yilda hujum qilgan. Shu yili Xun shaxzodasi Mode Yue-chjilar qulidan garovdan qochib, uz otasini xokimiyatdan agdarib, katta qo‘shin bilan yuedjilar ustiga xarbiy yurish boshlaydi. Miloddan avvalgi 176 yilda, xunlar Yue-chjilar ustiga ikkinchi marta yurish qiladi. Nixoyat, miloddan avvalgi 165 yilda xunlarning qo‘li baland kelib, yuedjilarni g‘arbga uloqtirib tashlaydilar. Ular maglub bulgan Yue-chjilar podshosining bosh suyagidan kosa yasab, g‘alaba uchun sharob ichadilar.

Bu to‘qnashuv oqibatida yuechji (toxarlar) ikki guruhga bo‘linib ketadi, qabilalardan bir guruhi Sharqiy Turkiston tomon ketsa, ikkinchi ko‘pchilik bir guruhi janub tomon yo‘l oladi. Bu guruh manbalarda Buyuk yuechji deb nomlangan.

Yuedji qabilalari dastlab qadimgi Farg‘ona xududiga kelib istiqo­mat qila boshlaydilar. Bu davrda Qadimgi Farg‘onada, ayniqsa uning shimoliy xududlarida yue-shjilarning qishloqlari va shaxarlari qad ko‘taradi. Ular endi yagona bir podsho qo‘l ostida bulmay, balki qabila va urug‘ yabgula­ri (qabila oqsoqollari) qo‘l ostida yashaydilar. Masalan, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on yonidagi Kushon qishlog‘i va Kosonsoydagi Koson shahar xarobasi yuedjilar asos solgan qishloq va shaxar edi. Yuedjilar miloddan avvalgi 140 yili Sug‘d еrlari orqali Baqtriyaga kirib keladi. Yunon-Baqtriya podsholigi esa 100 yillik xukmdorlikdan so‘ng xalokatga uchradi. Shi­moliy Baqtriya еrlarini esa bu еrga yopirilib kelgan 5 ta yue-shji qabilalari egallab, uz yabg‘ulari qo‘l ostida yashay boshlaydilar. Xitoy yilnomalarida yozilishicha, Yue-chjilar Baqtriya­ga kelgandan sung 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bu­linib yashagan. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg‘usi Kudzula Kadfiz) qolgan turt qabila yabg‘ularini tobe etib, uzini xukmdor deb elon qiladi. U avval Kushon davlati sifatida hozirgi Surxondaryo viloyatining Sho‘r­chi tumanida joylashgan Dalvarzintepani poytaxti qiladi. Sungra u uz davlat chegaralarini kengaytirish va qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohili xududlarini egallashga otlanadi. Xitoy manbalariga kura, Kushon davlati Par­fiyani, Afg‘onistonni va Kashmirni bosib oladi. Nixoyat, Kudzula Kadfiz 80 yoshida olamdan utadi. Uning davrida kushonlar uz pullarini zarb etmaganlar. Kudzula Kadfiz tangalari Rim imperatorlari va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlid qilinib chiqarilgan. Shuning uchun podsholik tangalarida Kudzula Kadfiz yabg‘u degan yozuvlar uchraydi. Keyinroq uning, «xukmdor Kadfiz» yozuvi bilan tangalari paydo buladi. Kudzula Kadfizning ulimidan sung uning o‘g‘li Vima Kadfiz (51-78) taxtga utiradi. Uning davrida Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlari hisobiga kengayadi. Vima Kadfiz nomidan tangalar zarb etiladi. Uning tosh xaykali esa Hindistonning Matxura shahrida qad kutaradi. U 30 yil podsholik qiladi. Uning davrida pul islohati o‘tkaziladi. pul islohoti natijasida 8 gramlik oltin tangalar, kumush, bronza tangalar savdo muomalasiga chiqarildi. Madaniy taraqqiyot natijasida yozuvlar ancha takomillashib so‘g‘dcha, xorazmcha, parfiyacha, baqtriyacha yozuvlar mukammallashib, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ijobiy natijalarga erishdi.

Vima Kadfizdan s`ong kushonlar saltanati Kanishka 78-123 qo‘liga o‘tadi. Uning davrida Hindistonning janubiy xududlari, O‘rta Osiyoning Sug‘diyona, Shosh vi­loyatlari kushonlar qo‘liga o‘tadi. Kanishka nomidan «shohlarning shohi-ulug‘ haloskor» yozuvi bilan tanga pullar zarb etila boshlaydi. Bu tangalar Ashgabatdan Xorazmgacha, Toshkent vohasigacha bo‘lgan hududlarda kuplab topilgan. Kanishka davrida Kushon davlati juda gullagan hamda hududi kengaygan edi. U budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb elon qiladi.


http://fayllar.org
Download 62.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling