1-laboratoriya ishi. Galmanin kukuni. Pul. Galmaninum. Vazifa


Download 22.18 Kb.
Sana24.08.2023
Hajmi22.18 Kb.
#1669760
Bog'liq
6-MAVZU LABORATORIYA


1-laboratoriya ishi.
Galmanin kukuni.
Pul. Galmaninum.
Vazifa.

  1. 12,0 g galmanin tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.
Salitsil kislotasi - 2 g.
Rux oksidi - 10 g.
Talk - 44 g.
Kraxmal - 44 g.
Kerakli asbob uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. M.X.Islamgulov asbobi.

  2. Chinni kosacha.

  3. Teshigining diametri 100 mkm bo’lgan elak.

  4. Qopqog’i zich berkiladigan shisha idish, polietilen xaltacha.

  5. Pergament qog’ozi, slyuda, tosh va tarozilar.

  6. Paxta, qog’oz quticha yoki sellofan xaltacha.

  7. Salitsil kislota.

  8. Rux oksidi, talk, kraxmal.

Ishni bajarish tartibi:
Kerakli mikdorda tortib olingan moddalar M.X.Islamgulov asbobiga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so’ng, asbob qopqog’i ochilib, maydalangan kukun pergament qog’ozga solinadi va teshigining diametri 100 mkm li elak orqali o’tkazilib, tortiladi. Tayyor maxulot asosiy ta'sir eituvchi moddalari bilan standartlanib, qadoqlanadi.
Tayyorlash jarayoni tasviri.





Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (13-bet) 8 (14-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor maxsulot tavsifi. Oq yoki och pushti rangli, ushlab ko’rilganda yog’simon xossaga ega, maydalanmagan zarrachalari sezilmaydigan kukun.
Chinligi. Mahsulotning spirtli ajratmasiga temir (Sh)-xlorid qo’shilganda binafsha rang hosil bo’ladi (salitsil kislotasi).
Mahsulotni suvda qaynatib, sovutilgan eritmasi yod bilan havo rangli suyuqlik hosil qiladi (kraxmal).
Maxsulotning kislotali ajratmasiga kaliy ferrotsianid eritmasi qo’shilganda oq cho’kma hosil bo’ladi (rux).
Miqdorini aniqlash. Salitsil kislotasi preparatni efirli ajratmasidan neytrallash usuli bilan aniqlanadi. Uning mikdori 1,8-2,2% bo’lshii kerak.
Rux oksidi eritma xoliga o’tkazilib, trilonometrik usulda aniqlanadi. Uning mikdori 9-11% bo’lishi lozim.
Qadoqlash. 50 g dan qalin qog’oz qutichalarda chiqariladi.
Saqlanishi. Quruq va salqin joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Oyoq terlaganda antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.
2-laboratoriya ishi.
Sun'iy karlovar tuzi kukuni.
Pul. Sal Carolinum Factitium.
Vazifa.

  1. 8 g sun'iy karlovar tuzini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor maxsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.
Natriy sulfat (quritilgani) - 44 g.
Natriy gidrokarbonat - 36 g.
Natriy xlorid - 18 g.
Kaliy sulfat - 2 g.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. M.X.Islamgulov asbobi.

  2. Chinni kosacha.

  3. Teshigining diametri 200 mkm bo’lgan elak.

  4. Qopqog’i zich berkiladigan shisha idish, polietilen xaltacha.

  5. Pergament qog’oz, slyuda, tosh va tarozilar.

  6. Paxta, qog’oz quticha yoki sellofan xaltacha.

  7. Natriy sulfat, natriy gidrokarbonat, natriy xlorid va kaliy sulfat.

Ishni bajarish tartibi:
Kerakli mikdorda tortib olingan moddalar M.X.Islamgulov asbobiga solinib, 12 soniya davomida maydalanadi. Taxminan 40 soniyadan so’ng, asbob qopqog’i ochilib, maydalangan kukun pergament qog’ozga solinadi va teshigining diametri 200 mkm li elak orqali o’tkazilib, tortiladi. Tayyor maxsulot baxolanib, qadoqlanadi.
Tayyorlash jarayoni tasviri





Tayyor maxsulotning sifatini tekshirish
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (12-bet) 8 (11-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor maxsulot tavsifi. Oq rangli, 10 qism suvda eriydigan kukun.
Chinligi. Gidrokarbonatlarga suyultirilgan kislota qo’shilganda karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi.
Sulfatlar bariy xlorid eritmasi yordamida oq cho’kma hosil qilishi bilan aniqlanadi.
Xloridlar kislotali muhitda kumush nitrat eritmasi bilan oq cho’kma hosil qiladi.
Kaliy ioni natriy kobalta nitrit eritmasi bilan sariq-tillarang cho’kma beradi.
Natriy ioni rangsiz alangani sariq rangga bo’yaydi.
Tozaligi. Og’ir metallar 0,0005% dan, mishyak 0,0002% dan oshmasligi kerak.
Miqdorini aniqlash. Natriy gidrokarbonat neytrallanish usuli bilan aniqlanadi. Uning miqdori 35-37% bo’lishi kerak. Natriy xlorid argentometrik usulda aniqlanadi, uning miqdori 17-19% bo’lishi kerak.
Sulfatlarni aniqlash uchun preparat eritmasi kationit kalonkasidan o’tkaziladi va neytrallanadi. Sulfatlarning miqdori sulfat va xlorid kislotalarini neytrallanish uchun sarflangan natriy gidroksid mikdoridan, natriy xloridni aniqlashda sarflangan kumush nitrat eritmasi miqdorining yarmini ayirish bilan aniqlanadi. Tayyor maxsulotda sulfatlar mikdori 38,3-47,6% (quruq moddaga nisbatan xisoblanganda) bo’lishi kerak.
Qadoqlash. Shisha idishlarda yoki polietilen haltachalarda 125 g dan, tabiiy tuzi esa 100 g dan chiqariladi.
Saqlanishi. Salqin va quruq joyda, yaxshi berkitilgan shisha idishda yoki polietilen xaltachalarda saqlanadi.
Ishlatilishi. Surgi va o’t suyuqligini xaydovchi dori vositasi sifatida ishlatiladi.
Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling