1 lirik poeziya janrlaridan; gʻamgin ruhdagi lirik sheʼr. E. ning


Download 66.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.04.2023
Hajmi66.92 Kb.
#1395076
Bog'liq
Elegiya - Vikipediya



Elegiya
Elegiya — 1) lirik poeziya janrlaridan;
gʻamgin ruhdagi lirik sheʼr. E.ning
asoschisi yunon shoiri Kallin (miloddan
avvalgi 7-asrning 1-yarmi) hisoblanadi.
Yunonistonda Tirtey, Mimnerm, Solon,
Feognid, Fokilid va boshqalar E.
yozganlar. Romantizm uslubida yozilgan
E.larda hayotdan qoniqmaslik, hasrat
motivlari ustivorlik qilgan. Fransuz
E.larida emotsionallik, psixologizm,
nazokat ortdi. Rus E.si 18-asrda paydo


boʻddi va V. A.Jukovskiy, K.N. Batyushkov
ijodida rivojlandi. A.S. Pushkin bu janr
uslubi, mavzusini yangiladi. 20—30ylar
oʻzbek lirikasida E.ning dastlabki
namunalari paydo boʻldi. Hamzaning
Tursunoyga, Choʻlponning oʻzbek qizlari
taqdiriga bagʻishlangan sheʼrlarida E.ga
xos qaygʻu motivlari, gʻamgin kayfiyat oʻz
ifodasini topdi. Keyinchalik Oybek,
H.Olimjon va boshqalar shoirlar oʻzbek
E.sining eng yaxshi namunalarini
yaratdilar; 2)musiqada — oʻychan, hazin,
baʼzan motamsaro xarakterdagi vokal
yoki cholgʻu asar. Mustaqil janr sifatida
17-asrdan maʼlum (G.Pyorsell va
boshqalar). Yuksak namunalarini J.
Massne (ovoz, violonchel va fortepiano),


M. Glinka, N. Myaskovskiy (romanslar), P.
Chaykovskiy (torli orkestr uchun), S.
Raxmaninov ("Elegik trio" va boshqalar),
N. Metner (sonataE.si, fortepiano uchun),
20-asrda I.Stravinskiy, B.Bartok va
boshqalar yaratgan. Oʻzbekistonda M.
Burhonov (violonchel va fortepiano
uchun), A. Kozlovskiy (5 ta, violonchel
uchun) E.lari tanilgan.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Elegiya&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 18:47 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Elegiya&oldid=2838240" 
dan olindi

Download 66.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling