Tarmogʻidagi bir necha korxonalarning


Download 24.79 Kb.
bet1/4
Sana07.05.2023
Hajmi24.79 Kb.
#1437413
  1   2   3   4
Bog'liq
Kartel


Kartel — bitta sanoat tarmogʻidagi bir necha korxonalarning uyushmasi boʻlib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga oʻz mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, yaʼni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning boʻlib olinishi va h.k. boʻyicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.



Iqtisodiyot va moliyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.

Kartel, kartel bitimlari (ital. cartelio — qogʻoz, hujjat) — ishlab chiqaruvchilar yoki isteʼmolchilarning monopolistik birlashmalari shakli; bir tarmokdagi mustaqil korxonalar, firmalar, kompaniyalarning i.ch. va sotishning umumiy hajmlari, narxlar, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining hissasi, ishchi kuchi yollash va b. toʻgʻrisida bitimi. K. tashkil etishdan asosiy maqsad birlashma ichida raqobatni bartaraf etish, cheklash va ushbu kelishuvda qatnashmagan firmalar tomonidan boʻladigan tashqi raqobatni bostirish yoʻli bilan foydani oshirishdan iborat.
K.lar i.ch.ning konsentratsiyalashuvi va kapitalning markazlashuvi bilan bogʻliq holda 19-asr oxirida paydo boʻldi. 20-asrning 1-yarmida Germaniyada keng tarqaldi. Amerikada trestlarga qarshi qonunlar chiqarilib, ayrim sohalarda K. tuzish taqiqlandi, lekin shunga karamay, maxfiy K. bitimlari davom etdi. K. 20-asrning 20—40-y.lari oʻrtasida sanoatning koʻpgina sohalarida avj oldi.
Hoz. davrda bir qator mamlakatlarda K. bitimlari tuzish monopoliyaga qarshi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki ayrim tarmoqlar va i.ch. turlari yoki alohida sharoitlar doirasi bilan cheklangan. Jahonda son jihatidan unchalik koʻp boʻlmagan ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida muayyan bir tovar boʻyicha jahon bozorini oʻzaro boʻlib olish, raqobat darajasidan ortiq boʻlgan foyda olish, xonavayronlik raqobatiga yoʻliqmaslik maqsadlarida xalqaro K. bitimlari tuzildi
onsorsium — tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qoʻyish).

Konsorsium (lot. consortium -shirkat, ishtirok etish) — kompaniyalar, banklarning kapitaltalab, juda keng koʻlamdagi iqtisodiy loyihani amalga oshirish yoki qarzlarni hamkorlikda joylashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi. K. aʼzolarining huquq va majburiyatlari K. toʻgʻrisidagi bitimda belgilab qoʻyiladi. Qoʻyilgan vazifani bajarish uchun K. ishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliya va moddiy fondlar barpo etadi, byudjet mablagʻlari va bankdan kredit oladi. K. oʻz buyurtmachilari oldida hamkorlikda javobgar hisoblanadilar. Vazifa bajarilgach, K. tarqaydi. Dastlab K. bank sohasida maydonga kelgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakatda chet el firmalari va banklari bilan hamkorlikda K.lar vujudga keladi. [1]
onsorsium — tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qoʻyish).


Download 24.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling