1. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili. O’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar


Download 22.99 Kb.
bet1/2
Sana19.03.2023
Hajmi22.99 Kb.
#1283878
  1   2

1. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili.
2. O’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar.
3. Bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlar dinamikasi va omilli tahlilini amalga oshiring hamda xulosa yozing.





Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+;-)

Rejada

Haqiqatda

O’tgan yildan

Rejadan

1

Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, ming so’m

890150

920350

950260







2

Tovar mahsuloti, ming so’m

930670

960980

1025360







3

Bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajat, ming so’m
















Javoblar.
1. Turli mulk shaklidagi firma va kompaniyalar vil davomida o'zidagi mavjud
bo'lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklaridan ogilona foydalanishi
hamda yil davomida uzluksiz samarali avlanishini ta'minlashi talab etiladi. Samarali
faoliyat tashkil etilganda mahsulotlar ishlab chiqarish bozordagi talabni e'tiborga
olgan holda il mobaynida bir xil hajmda bo'lishiga erishiladi. Buning uchun
korxonalar kunlik, haftalik, oylik, chorak, yarim va vil mobaynida mahsulotlar
ishlab chiqarish hajmini biznes rejada mo'ljallangan miqdorda bajarilishini tahlil
etishi lozim.
Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig'i bilan bajarishi mumkin,
ammo avrim oylarda ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmasligi mumkin.
Mahsulot ishlab chigarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini
barbod bo'lishiga, uning oqibatida jarimalar to'lanilishiga olib keladi. Amaldagi
tajribalar shuni ko'rsatadiki, ayrim firmalar oylik ishlab chiqarish biznes reja
ko'rsatkichlarini qisqa kunlarda hal etishni mo'ljallashadi. Lekin mahsulotlarning
sifati talabga javob bermaslikka, ombordagi sotilmay qolgan tovarlar qiymatini
keskin ortishiga hamda iste'molchilarga jo'natiladigan tovar muddatlarini
buzilishiga olib keladi.
Firmaning maromida ishlayotganligini tahlil etishda har 10 kunlikda ishlab
chiqarilgan tovarlarni oylik mahsulotda tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlangan
ma'lumotlar biznes reja ko'rsatkichlari bilan taqqoslanib, faoliyatning maromida
bo layotganligiga baho beriladi.
2. Xalqaro amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlari ikkita toifaga bo‘linadi. Ya’ni, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar. O‘zgaruvchan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o‘zgarib boradi. O‘zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda barqaror qoladi. Ushbu tarkiblash, xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi. O‘zgaruvchan xarajatlarni hisoblash metodologiyasini bilish biznesning daromadli bo‘lishiga erishish maqsadida ishlab chiqarish birligiga sarflangan xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. O‘zgaruvchan xarajatlarni tarkiblash va ularni hisobga olish birinchi bor AQShda ishlatilgan bo‘lib, uning nomi “direkt-kost”, Yevropada esa “marjinal-kost” deb nomlangan. Ularning farqi shundaki, ular to‘g‘ri va o‘zgaruvchan xarajatlar kalkulyatsiyasi sifatida nomlanishidadir.

Download 22.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling