1. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili. O’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar
Download 22.99 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar O’tgan yil Hisobot yili
- O’tgan yildan Rejadan
1. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili. 2. O’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar. 3. Bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlar dinamikasi va omilli tahlilini amalga oshiring hamda xulosa yozing.
Javoblar. 1. Turli mulk shaklidagi firma va kompaniyalar vil davomida o'zidagi mavjud bo'lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklaridan ogilona foydalanishi hamda yil davomida uzluksiz samarali avlanishini ta'minlashi talab etiladi. Samarali faoliyat tashkil etilganda mahsulotlar ishlab chiqarish bozordagi talabni e'tiborga olgan holda il mobaynida bir xil hajmda bo'lishiga erishiladi. Buning uchun korxonalar kunlik, haftalik, oylik, chorak, yarim va vil mobaynida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini biznes rejada mo'ljallangan miqdorda bajarilishini tahlil etishi lozim. Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig'i bilan bajarishi mumkin, ammo avrim oylarda ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmasligi mumkin. Mahsulot ishlab chigarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo'lishiga, uning oqibatida jarimalar to'lanilishiga olib keladi. Amaldagi tajribalar shuni ko'rsatadiki, ayrim firmalar oylik ishlab chiqarish biznes reja ko'rsatkichlarini qisqa kunlarda hal etishni mo'ljallashadi. Lekin mahsulotlarning sifati talabga javob bermaslikka, ombordagi sotilmay qolgan tovarlar qiymatini keskin ortishiga hamda iste'molchilarga jo'natiladigan tovar muddatlarini buzilishiga olib keladi. Firmaning maromida ishlayotganligini tahlil etishda har 10 kunlikda ishlab chiqarilgan tovarlarni oylik mahsulotda tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlangan ma'lumotlar biznes reja ko'rsatkichlari bilan taqqoslanib, faoliyatning maromida bo layotganligiga baho beriladi. 2. Xalqaro amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlari ikkita toifaga bo‘linadi. Ya’ni, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar. O‘zgaruvchan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o‘zgarib boradi. O‘zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda barqaror qoladi. Ushbu tarkiblash, xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi. O‘zgaruvchan xarajatlarni hisoblash metodologiyasini bilish biznesning daromadli bo‘lishiga erishish maqsadida ishlab chiqarish birligiga sarflangan xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. O‘zgaruvchan xarajatlarni tarkiblash va ularni hisobga olish birinchi bor AQShda ishlatilgan bo‘lib, uning nomi “direkt-kost”, Yevropada esa “marjinal-kost” deb nomlangan. Ularning farqi shundaki, ular to‘g‘ri va o‘zgaruvchan xarajatlar kalkulyatsiyasi sifatida nomlanishidadir. Download 22.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling