1. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang


Download 26.22 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi26.22 Kb.
#1386432
Bog'liq
30talik umumlashma test


1. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida qiynaldi. B) O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi.
C) Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi.
D) Bayram arafasida mahallamizda yangi to‘yxona ochildi.
2. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A) “Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam”, − dedilar bobom. U milliy madaniyatimiz tarixida mashhur changchi sifatida nom chiqargan edi. B) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani. Kechki shabada uning tanasiga huzur
bag‘ishlamoqda edi. C) Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.
D) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi. U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagandi.
3. Hayotda shunday ajoyib odamlar bo‘ladiki, mansabga yoki shon-shuhratga ishtiyoq hech qachon ularga g‘ov bo‘la olmaydi. Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismida gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 6ta B) 3ta C) 5ta D) 4ta
4. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) milliyard, tuyg‘u, ukrayin B) suiiste’mol, chopqi, milliard C)stadion, cholg‘u, suiste’mol D)ukrain, kulgi, tuyg‘i
5. Tarkibida fe’lning vazifa shakllaridan harakat nomi, ravishdosh va sof fe’l qatnashgan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang. A) Saidaxon onasini ko‘rishi bilan chopib uyga kirib ketdi, dugonalari taajjub bilan uning orqasidan qarab qolishdi. B) Oxiri u shunchalikka bordiki, nechun kurashayotganini, nechun o‘z hayotini tahlika ostiga solayotganini ham bilmay qoldi. C) Qirg‘oqdan daryo bo‘ylab yo‘l ketgan va u daryo bilan birga qoya burilishida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
D) Uning ko‘zlari sevinchdan porlayapti, unga qarash kishiga zavq berar edi.
6. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A) Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma ko‘chatini o‘tkazishimiz kerak.
B) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi.
C) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar. D) Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi.
7. Ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan uyushiq vositali to‘ldiruvchilar qatnashgan gapni aniqlang.
A) Eng achinarlisi shuki, bu odamga yo bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘or ishini.
B) Dildor dam chaman bo‘lib turgan atirgullarga, dam ariqchalarda shildirab oqib turgan suvlarga qarab zavqlanardi.
C) Tog‘lar goh chap tomoningda, goh o‘ng tomoningda paydo bo‘lib qoladi.
D) U yaratmoqchi bo‘lgan yangi paxta navi haqida hozircha na institut direktoriga, na do‘sti Umidga hech narsa demadi.
8. Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi? B) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi?
C) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni. D) Oh, qanday go‘zal bu olam!
9. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so‘zlar qatori berilgan?
A) qiliq, istak, elak B) so‘roq, terak, ko‘zoynak C) tirnoq, chelak, parrak D) bo‘yoq, ittifoq, qiziq
10. Qaysi javobda hol vazifasidagi so‘z imlosida xatolikka yo‘l qo‘yilgan?
A) Kotiba qiz otaxonga xushmuomilalik bilan gapirdi. B) Shirin uyqudan voz kechib, kitoblarga do‘st tutingan inson vaqtlar o‘tib kamolotga erishadi. C) Sport bilan shug‘ullanish uchun har kuni bu yerga kelar edi.
D) Yigitlar xalqimiz farovonligi uchun sidqidildan mehnat qildilar.
11. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi. B) Har shanba "Muqimiy"da "Advokatlik osonmi?" dramasi qo‘yilayotgan ekan. C) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandi.
D) Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar xursand bo‘ladi.
12. Qaysi gapda tire tinish belgisini tushirib qoldirish bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?
A) Shuni bilingki, mehmondo‘stlik o‘zbek xalqining ezgu fazilati.
B) Tilga ixtiyorsiz elga e’tiborsiz. C) Tinchlik farovon hayot manbayi. D) Bildi ota foydasizdir kurashmoq.
13. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan?
A) Mehmonlar qorovulning qistashiga qaramay ichkariga kirishmadi.
B) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofifiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
C) Biror mamlakatda jabr-zulm, fifisq-fasod kuchayib ketsa, podshoh adolatli siyosat bilan zulmning ildizini yo‘qotishi lozim. D) Men yashikdagi shaftolilarni o‘ynab yurgan bolalarga berdim.
14. Uyning qiya ochiq eshigi oldida turgan bolakay sekingina ichkariga kirdi. Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapda asosi ot bilan shakldosh bo‘la oladigan sifatdosh qatnashgan.
B) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan ega vazifasidagi ot qatnashgan.
C) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan qaratqich aniqlovchi vazifasidagi ot qatnashgan.
D) Gapda asosi o‘z shakldoshi bilan turli turkumga oid bo‘la oladigan kesim vazifasidagi fe’l qatnashgan.
15. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos keladigan egasi yashiringan gapni aniqlang.
Aniqlovchi to`ldiruvchi hol kesim.
A) Kecha shaftolizor bog‘larni ko‘rgani bordik. B) Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi.
C) Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak. D) Katta amakisi haqida faxr bilan gapirar edi.
16. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.
A) Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammo ular biznikiga bir yilda bir keladilar.
B) Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin.
C) Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda.
D) Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
17. Tobe va hokim qismlari yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi
qatnashgan gapni aniqlang.
A) Shoir do‘stlikni ulug‘lab ko‘plab she’rlar bitgan. B) Qo‘llarining keskin harakati bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi.
C) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi.
D) G‘ulomjon tabiatan quvnoq, sho‘x yigit edi.
18. Tadbirimizga muhandislar, shifokorlar, o‘qituvchilar, hisobchilar, iste’dodli qalamkashlar tashrif buyurishadi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta yasama so‘z qatnashgan? A) 6ta B) 4ta C) 5ta D) 3ta
19. Hayotda shunday ajoyib odamlar bo‘ladiki, mansabga yoki shon-shuhratga ishtiyoq hech qachon ularga g‘ov bo‘la olmaydi. Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismida gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?
A) 5ta B) 3ta C) 4ta D) 6ta
20. Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi. Ushbu gapda bitmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?
A) o‘sib-unmoq B) et unib, birikib tuzalmoq C)tugamoq, tamom bo‘lmoq D)yozuv orqali ifodalamoq
21. Qaysi gapda hokim qismga boshqaruv usulida bog‘langan so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?
A) Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi. B) Poyezd oraliq bekatda to‘xtaganda u tanburga chiqib muzday shamolga yuzini tutdi. C) Bu bebaho ganjni ko‘z qorachig‘iday asragayman, do‘stim.
D) Azm daryolar ham kamar bo‘lolmas, Qo‘shilib chulg‘ansa sening belingga.
22. Tarkibida ot + ot tipidagi qo‘shma ot qatnashgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Shunga ishonch hosil qildimki, toshbag‘ir odamdan hech qachon yaxshilik chiqmas ekan.
B) Bodomnusxa do‘ppi kiygan qizning raqsi barchaga yoqdi, shuning uchun tomoshabinlar uni uzoq olqishladilar.
C) Shundan ehtiyot bo‘lingki, qoraqurt zahri odam uchun juda xavflflidir.
D) Shuni yodda saqlangki, qo‘ziqorinlarning ayrim turlari inson salomatligi uchun zararli hisoblanadi.
23. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra to‘rt turi qatnashgan?
A) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
B) Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan mana bu yigit kim?
C) Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor.
D) Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi.
24. Qaysi gapda ham vositali to‘ldiruvchi, ham vositasiz to‘ldiruvchilarni bevosita tobelantirib kelgan kesim qatnashgan? A) Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlaning.
B) Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, uni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
C) Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan mayin shamol darpardani xomushgina silkitardi.
D) Uquvsiz insonga qattiqqo‘llik bilan bilim yo hunar o‘rgatib bo‘lmaydi.
25. Hosildan bo‘shagan kuzgi dalalarda ishlash maroqli. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Sifat yasovchi qo‘shimchalarning otlarga qo‘shilishi kuzatiladi. B) Yasama fe’l faqat bir o‘rinda qatnashgan.
C) Yasama sifat 2 o‘rinda qatnashgan. D) Fe’l yasovchi qo‘shimchaning otga qo‘shilishi kuzatiladi.
26. Qaysi gapdagi eganing asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladi?
A) Kaftday kichkina hovlining bir chekkasidan o‘tgan anhor bo‘yidagi tolzor uning sevimli maskani edi.
B) Bog‘bon yosh nihollarni avaylab parvarish qilar va ularning rivojlanishini sinchiklab kuzatar edi.
C) Yozgi ta’tilda men badiiy kitoblar o‘qishni rejalashtirganman.
D) Birov suv topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi kechgani.
27. Sovuqdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan cho‘pon uzoqdan miltiqning ovozini eshitdi. Ushbu gapda qatnashgan taqlid so‘z tarkibidagi undoshlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Til oldi undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan. B) Jarangsiz lab undoshi ishtirok etgan. C) Chuqur til orqa undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan. D) Jarangli undoshlar ishtirok etgan.
28. Qaysi gapda quvonch ma’nosini bildirgan modal so‘z ishtirok etgan?
A) Xullas, biz ulug‘ ajdodlarning davomchilarimiz. B) Ehitimol, ertaga o‘ziga isitib berish uchun shunday deyayotgandir.
C) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
D) Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar o‘rtasidagi jonivorlardir.
29. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta? A) 3ta B) 4ta C) 5ta D) 6ta
30. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan? A) tomizmoq B) oqimtir C) bo‘ydor D) yashirin
Download 26.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling