1. Ma`lum harakat davomida muskul hujayrasida har daqiqada 20 kj energiya ajralib chiqadi. Shu harakat


Download 10.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi10.17 Kb.
#1387444
Bog'liq
Glikoliz PDF



Glikoliz 
1.Ma`lum harakat davomida muskul hujayrasida har 
daqiqada 20 kj energiya ajralib chiqadi.Shu harakat 
bajarilishi uchun gulukoza 5 daqiqa chala,28 daqiqa 
to`liq parchalangan bo`lsa,sarflangan gulukoza 
massasini aniqlang.

A.90 B.126 C.36 D.108 


2.Ma`lum miqdor gulukozaning to`liq va to`liqsiz 
parchalanishidan 156 ta ATF va 5360 kj energiya 
issiqlik sifatida ajraldi.Shulardan anaerobda hosil 
bo`lgan ATF lar sonini toping. 
A.4 B.152 C.12 D.16 
3.Gulukoza parchalanganda 3280 kj energiya 
issiqlik sifatida ajraldi.Shu gulukozani hosil qilish 
uchun o`simlik 144 mol ATF sarfladi.Necha mol 
sutkislota aerob parchalanishga o`tmagan. 
A.6 B.12 C.8 D.16 
4.Energiya almashinuvi jarayonida 2840 kj issiqlik 
energiyasi ajralib chiqdi.Bunda gulukoza to`liq va 
noto`liq parchalanishidan 4 molekula sut kislota va 
80 ta ATF molekulalari hosil bo`lgan 
bo`lsa,energiya almashinuvining dastlabki 
bosqichida ajralib chiqqan issiqlik energiyasni 
hisoblang. 
A.50 B.40 C.60 D.30 
5.O`simlik bargida fotoliz jarayonidan so`ng 40 ta 
gidroksil ionlari hosil bo`ldi.Gidroksil ionlaridan 
qayta hosil bo`lgan suv nechta aminokislotadan 
iborat polipeptidni gidrolizlashga yetadi. 
A.20 B.19 C.21 D.39 
6.Agar glikoliz jarayonidan so`ng 160 kj energiya 
ATF ga to`plangan bo`lsa,hosil bo`lgan sutkislotasi 
oksidlanishidan hosil bo`lgan suv,nechta peptid 
bog`ni sintezlashga yetadi. 
A.12 B.13 D.20 D.19 
7.9 mol gulukozaning to`liqsiz va to`liq 
parchalanishidan 90 ta ATF hosil bo`lsa,aerobda 
hosil bo`lgan ATF, qaytadan qancha gulukozani 
sintezlashga yetadi. 
A.1,5 B.4 C.2 D.3 
8.O`simlik hujayrasida jami 2480 ta ATF hosil 
bo`lsa,kislorodli sharoitda hosil bo`lgan ATF lar 
sonini aniqlang. 
A.80 B.83 C.90 D.91 
9.20 molekula gulukoza to`liq va to`liqsiz 
parchalandi.Bunda 2 molekulasi parchalanmadi va 
ajralgan energiyani 53,24% ATF ga aylandi.Necha 
% gulukoza to`liq parchalanadi. 
A.80 B.75,2 C.88,2 D.92,3 
10.10 molekula gulukoza to`liq va to`liqsiz 5 soat 
davomida parchalandi.Bunda 120 molekula ADF 
sarflangan va 4 molekula gulukoza to`liq 
parchalanishi uchun 2,5 soat sarflangan 
bo`lsa,sitoplazmadagi gulukozaning parchalanish 
tezligini toping. 
A.2,667 moleku/soat B.3,125 moleku/soat 
C.1,6 moleku/soat D.0,375 moleku/soat 
11.Energiya almashinuvining barcha bosqichlarida 
2180 kj energiya issiqlik sifatida tarqaldi.To`liqsiz 
parchalanganda hosil bo`lgan sutkislotani 3/4 qismi 
to`liq parchalandi.Bu jarayonda jami 58 mol ATF 
hosil bo`ldi.Bunda dastlabki bosqichda qancha 
energiya ajralgan. 
A.50 B.60 C.100 D.200
12.O`simlikning barg eti hujayrasida bir vaqtning 
o`zida aerob va quyosh energiyasi hisobiga 1395 ta 
ATF hosil bo`lsa,mitoxondriyada hosil bo`lgan 
ATF qorong`ulik bosqichida necha molekula 
gulukozani sintezlashga yetadi. 
A.2 B.3 C.2,5 D.1,5 
13.Bir necha mol gulukoza parchalandi.Bunda 
birinchi va ikkinchi bosqichda hosil bo`lgan ATF 
lar nisbati 1:8 bo`ldi.To`liq va chala parchalangan 
gulukozadan tarqalib ketgan issiqlik energiyasi 
9600 kj.Necha mol gulukoza to`liq parchalangan. 
A.16,3 B.14,4 C.15,1 D.16,7 
14.Ma`lum miqdorda olingan gulukozaning chala 
parchalanishidan 158 ta ATF hosil bo`lib,6 
molekula sut kislota parchalanmay ortib 
qoldi.Gulukozaning necha % to`liq parchalangan. 
A.57,14% B.42,86% C.37,5% D.62,5%
15.Gulukozaning anaerob parchalanishida hosil 
bo`lgan sutkislotasini ma`lum qismi aerobga o`tmay 
parchalanmasdan qoldi.Shunda jami 176 ta ATF 
hosil bo`lib,anaerob va aerobda hosil bo`lganlari 
1:4,5 nisbatda yig`ildi.Barcha jarayonlarda jami 
qancha energiya issiqlik sifatida ajralgan. 
A.4640 B.6560 C.1920 D.3280 
16.Dissimilatsiyada gulukoza to`liq va to`liqsiz 
parchalanishidan mitoxondriya va sitoplazmada 
teng mol miqdorda ATF hosil bo`lgan va 
mitoxondriyadan chiqqan energiyani 2320 kj 
issiqlik sifatida tarqalib ketgan.Gulukozaning 
miqdorini toping. 
A.2 B.38 C.72 D.36 


17. Dissimilatsiyada gulukoza to`liq va to`liqsiz 
parchalanishidan sitoplazmada hosil bo`lgan ATF 
dagi enrgiya mitoxondriyadagi tarqalib ketgan 
energiyaga teng bo`ldi.Bunda mitoxondriyada 144 
mol ATF hosil bo`ldi.Dastlabki gulukoza molini 
toping. 
A.116 B.58 C.29 D.332 
18.Sutkislotasini parchalanishidan issiqlik sifatida 
tarqalib ketgan energiya 3480 kj ni tashkil qilsa,u 
holda shu sutkislotasi hosil bo`lish jarayonida 
ajralib chiqqan energiyani aniqlang. 
A.1200 B.600 C.360 D.320

Download 10.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling