1. Ma’lumotlar, adreslar buferlari va adres deshifratorining vazifalari


Download 0.75 Mb.
Sana29.12.2021
Hajmi0.75 Mb.
#183467
Bog'liq
тохиров Сухроб Амв оралик


VARIANT № 21

1. Ma’lumotlar, adreslar buferlari va adres deshifratorining vazifalari.

2. Xotira mikrosxemalarini tanlash va ular asosida xotira blokini loyixalash.

3. Emulyator monitorida grafik tasvirlarni yoritish algoritmi va dasturi.

1. Protsessorning umumiy xususiyatlariga uning ma’lumotlar shinasi va manzil

shinasining razryadliligi ham kiradi. Shina –turli signallar uzatiladigan ulanishlar to‘plami. Binoning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tkazilgan o‘tkazgichlar juftligini ko‘z oldinggizga keltiring. Agar, bu o‘tkazgichlarga 220 V ga teng bo‘lgan kuchlanish generatorini ulab turib, liniyaning yonlariga rozetkalarni qo‘yib chiqilsa, shina hosil bo‘ladi. Vilkaning qaysi rozetkaga tiqilishidan qat’iy nazar, siz faqat bitta, bizning holimizda, 220 V o‘zgaruvchan tokli signalni qabul qilasiz. Bittadan ortiq bo‘lgan chiqishga ega uzatish liniyasini (yoki signallarni uzatish muhitini) shina deb atash mumkin.Oddiy kompyutyerda bir nechta ichki va tashqi shinalar, har bir protsessorda asosiy ma’lumotlarni va xotira manzillarini uzatish ikkita shinalar mavjud.Bular ma’lumotlar shinasi va manzil shinasidir. Protsessor shinasi deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish bog‘lanishlari to‘plami sifatida ifodalangan ma’lumotlar shinasi nazarda tutilad i. Shinaga bir vaqtning o‘zida qancha signal ko‘p kelib tushsa, vaqtning aniq bir intervalida, u orqali shuncha ko‘p ma’lumotlar uzatiladi va u shuncha tez ishlaydi.Ma’lumotlar shinasining raryadliligi avtomagistral yo‘lidagi xarakat yo‘nalishlarining miqdoriga o‘xshashdir, yo‘nalishlar miqdorini orttirish trassadagi mashinalar oqimini orttirishga imkon tug‘diradi. Shunga o‘xshash, razryadlilikni orttirish, unumdorlikni orttirishga olib keladi.Kompyutyerdagi ma’lumotlar bir hil vaqt oralig‘ida raqamlar ko‘rinishida uzatiladi.Aniq vaqt intervalida ma’lumotlarning bir birlik bitini uzatish uchun, yuqori bosqichdagi kuchlanish signali jo‘natiladi (5 V atrofida), ma’lumotlarning nol bitini uzatish uchun quyi bosqichli kuchlanish signali (0 bit atrofida) uzatiladi. Bir vaqtning o‘zida, liniyalar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p bit uzatish mumkin. 286 va 386 SX protsessorlarda ikkilik ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun 16 ta bog‘lanish kerak bo‘ladi, shu sababli, ularda ma’lumotlar shinasi 16 razryadli deyiladi. 486 yoki 386DX 32 razryadli protsessorda bunday ulanishlar 16 razryadliga qaraganda ikki marta ko‘p, shuning uchun u birlik vaqt ichida 16 razryadliga qaraganda ikki marta ko‘p ma’lumotlarni uzatadi. Pentium tipdagi zamonaviy protsessorlar 64 razryadli ma’lumotlarning tashqi shinasiga ega. Bundan kelib chiqadiki Pentium protsessorlari, original Pentium, Pentium Pro va Pentium II lar bilan birga tizimli xotiraga bir vaqtning o‘zida 64 bitli ma’lumotlarni uzatishi (yoki undan qabul qilishi) mumkin.



Deshifratorlar va shifratorlar raqamli kodlarni o’zgartirish uchun xizmat qiladi.Deshifrator n kirishga va 2nchiqishga ega bo’lgan kombinatsion qurilma bo’lib, kirishdagi har bir kod kombinasiyasiga mos ravishda chiqishlardan faqat bittasida «1» signali xosil bo’ladi.Deshifratorlarning bir pog’onali yoki parallel` (eng tezkor turi), piramidal va ko’p pog’onali turlari mavjud. 1.30-rasm.

Shifrator – deshifratorga nisbatan teskari funksiyani bajarish uchun xizmat



qiladi, yanihar bir aktiv kirishga shifrator chiqishida mos kod hosil qilinadi.

2. Mikro-EHM larda axborotlarni almashish



MP dan xotiraga. Xotiraga yozish amali MP dan ma’lumotlarni tanlangan xotira yacheykasiga uzatish orqali bajariladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi (1.2.1 - rasm):

Informatsiya (ko’pincha programma) doimo Doimiy xotira qurilmasida (DXQ), saqlanadi.Uni faqat o’qish mumkin uni almashtirish yoki yangilash mumkin emas. Uch turdagi DXQ mavjud:

1) mikro-EHM tayyorlovchi tomonidan programmalashtirilgan DXQ;

2) programmalashtirilgan DXQ (PDXQ);



3) RPDXQ (programmalashtirilmaydigan PDXQ) yoki o’chiriladigan

PDXQ. 'Bu ko’rilmalarda axborot ultrabinafsha nurlanish yordamida bir necha marta uchirilishi mumkin. Qayta programmalash PDXQ programmalovchi qurilma yoramida amalga oshiriladi.OXQ - operativ xotira qurilmasi, bu shunday xotiraki, protsessor undan axborotni o’qishi eki unga ezib qo’yISHI mymkin. SHu sababli OXQ dan oraliq hisoblash natijalari va o’zgaruvchilarni saqlashda foydalaniladi hamda u mikro -EHM uchun o’ziga xos yozuv bloknoti hisoblanadi.Asosiy xotira DXQ va OXQ dan tashkil topadi. DXQ dagi ezuv o’chirilmaydi. SHu sababli DXQ dan foydalanuvchi talabiga ko’ra tayyorlovchi oldindan programmalashtirilgan programma xotirasi sifatida foydalanadi.Mikro-EHM da OXQma’lumotlar xotirasini ifodalaydi. Uni buyumlarni saqlash uchun topshirish yoki qaytarib olishda foydalaniladigan saqlash xonasiga o’xshatish mumkin. EHM tok manbaid an uzilganda OXQ o’chib ketadi.Programma xotirasi va ma’lumotlar xotirasi alohida joylashishi shart emas. Boshqacha aytganda, har doim ham ma’lumotlar xotiraning bir qismida,komandalar esa boshqa qismida yotavermaydi. Agar xotira yacheykasida komanda joylashgan bo’lsa,u holda bu yacheyka programma xotiras ining bir qismi bo’ladi, agar xotira yacheykasida ma’lumotlar joylashgan bo’lsa, u EHM ning qaerida joylashishidan qat’i nazar ma’lumotlar xotirasining bir qismini tashkil etadi.Har bir xotira yacheykasi o’z adresiga ega. Har bir adres bo’yicha xotirada bitta, masalan, 8 xonali so’z bilan ifodalanadi. Adres bitni emas, balki suzning o’rnini ifodalaydi. Programma tuzuvchi xotira yacheykasidagi axborotni turli usulda sharhlashi mumkin (1.3.2-rasm).
Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling