8-mart-xalqoro-xotin-qizlar-bayrami pdf


Download 20.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.03.2023
Hajmi20.41 Kb.
#1295197
Bog'liq
20743 8-mart-xalqoro-xotin-qizlar-bayrami (1) (1)



Salom “Ayol borki- olam munavvar”
Sahna bayramona bezatilgan yuqoriga shu maktabda mehnat
qilib hozirda nafaqaga chiqqan aziz ustozlarni joylangan. Bayramona
bezatilgan dasturxon atrofida maktab jamoasi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar! Hamda hamkasblar
barchangizni bahor ayyomining birinchi haftasida nishonlanayotgan
8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan barcha-barcha ayollarni
tabriklab, muborakbod etishga ruxsat bergaysizlar. Barchangizni oila
a’zolaringizni, farzandlaringizni baxtiga doimo mana shunday ochilibsochilib, yana shunday
bahorlarni ko’pini ko’rib yurishingizni tilayman.
“Jannat onalar oyog’i ostidadir” deb bejizga aytilmagan. Ayol- uyning
chirog’i. Ayoli bor uyning o’chog’ida o’ti o’chmas. Ayol bir qo’lida
beshikni tebratsa, bir qo’lida Vatanni tebratadi. Ayol-hisobchi, ayolshifokor, tadbirkor. Hamma
jabhalarda ayollarni roli juda katta. Bugun
onalarni qancha ta’riflasak shuncha oz. Ushbu she’rni munis onalarga
bayram tabrigi sifatida yo’llayman:
O’xshab dutor ipiga, Ona qalbi nozikdir.
O’sha dutor ipiga
Hayot kuyi yoziqdi
Ona qalbin olamga
Qiyoslasak bo’lar kam
Ona qalbi oldida
Bosh egadi olam ham.
Ustoz desam yuragimda iliqlikni sezaman
Ustoz desam ushbu so’z hayotimni bezaydi.
Bir umr bosh egaman ustozlarim yonida
Tashakkurlar aytaman hayotning har onida
Ustozimni zahmatini, mehnatini ko’raman.
Bugun katta tantana
Tantanangiz muborak.
Bayram-shodlik muborak
Quvonch- shodlik muborak.
Bir kishi so’rabdi: Kimga yaxshilik qilay?-deb.
Javob beribdilar: Onangga, yana so’rabdilar onangga va yana
onangga, so’ng esa otangga yaxshilik qilgin debdi. Onalarimizni borligida
ko’rsataylik jamiki yaxshiliklarni. Onamizdan yaqin do’st yo’qdir
dunyoda.
U bizning yaqin sirdoshimizdir.
Yurib o’tgan yo’llaringiz salmoqlidir
Aytib ketgan so’zlaringiz sehrlidir Ustozimning zahmatli mehnati qadrlidir
Yuz bahorda yuzlashaylik ustozlarim.
Oz bo’lsada sovg’amiz qabul qilib olgaysiz
1.Har ko’rganda ko’zlaridan nur yog’lar,
Yuzlaridan tabassumu, dur yog’lar.
Maktabini bir bo’lsada, so’rab olar,
Jonsaraksiz bunchalar-a,.
2.Og’ir-bosiq o’zlari, ko’rib havas qilasiz,
Qandu-asal so’zlari eshitib lol qolasiz.
Mehribon va kamtarin ustozdirsiz bizlarga,
Unutmaymiz hech qachon, ta’zimdamiz sizlarga.


3. Ko’rganida ko’zlari quvnaydi,
So’zlaganda so’zi hech tugamaydi.
Muloyim va donosiz
Tilimizda nomingiz hech o’chmaydi.
4.Yursa yo’llarga yurishlari yarashgan ,
Kulsa dillarga kulgusini ulashgan .
Har –bir qarashi o’ziga yarashgan
sizga ta’zim 5. “Dilorom” ayaga aytar ,
So’zlarimiz ko’pdir
Ortingizdan qarab qolar
Sizday bo’lishni orzu qilardik .
6.Kam-kam so’zlaydi,ustoz
Uzoqlarni ko’zlaydi, ustoz
Baxtimizga ilohim ,ustoz
Sog’-omon bo’ling doim ustoz.
7.Ko’plab shogirdlarni yetkazib,
Tarbiyalab ketgan ustozim
Aziz joylarni ziyorat etgan ustozim
Bizlar uchun tengsiz ustozim.
8.Ustozlikdan ketsa ham ,
Tinib –tinchimas bo’ldi
Tadbirkorlik ishini
Juda o’rniga qo’ydi.
9.Ko’chamizdan sumkalarin ko’tarib,
Asta-asta qadam tashlab ketardi .
Ustozlikka bolalikdan orzularim,
Uyg’otgan hayollarim qo’zg’atgan .
Opamiz-siz Dunyo turguncha turing Baxtimizga bor bo’ling omon bo’ling.
10. So’zlaganda so’zlari muloyim
Hamma havasla boqarlar doim.
O’zlari shirin so’zli ustoz
Tantanangiz muborak ustoz.
11. Yurar doim sodda, kamtarin
Yuragida bir sozi bor edi ta’lim
Berilmagan zebu-ziynatga
Davramizda doim bo’ling muallim.
12. Kiysa kiyimlari yarashgan
Hamma havasla qarashgan
So’zlaganda so’zlari
Juda-juda yarashgan.
13.Rasm solsa qarab qolasiz
Rassommikan, deya tolasiz.
Davralarda doimo bo’ling
Bizlarni ham duolar qiling!
14. O’quvchilar jonu-dili
Ular bilan shoddir umri
Har birini sizlab qo’yar
Boshlarini silab qo’yar. 15.Rahmat deymiz har qachon
Juda qiziq jonajon
Bilim tili- do’st tili
Ingliz tili, rus tili


Sovg’amizni qabul qilgaysiz
Baxtimizga omon bo’lgaysiz.
16. O’z davrini davronini surgan opam,
Rahbarlikda ko’p yil ishlab ketgan opam
Avval o’zin, keyin esa o’zgalarni ko’ngillarin olgan opam
Ortingizdan orzulab qoldik opam.
Oz bo’lsada sovg’alarni
Qabul qilib olgaysiz
Ushbu sovg’alarni
Ko’p o’rnida ko’rgaysiz.

Download 20.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling