1. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning yo‘nalishlari Marketing kompaniyasi


Download 0.76 Mb.
Sana22.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1220527

Mavzu : Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning yo‘nalishlari
Topshirdi : 711_19-guruh Boboqulov.N
Qabul qildi : Ibragimov.N
REJA
 
1. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning yo‘nalishlari
 
2. Marketing kompaniyasi
3. Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi
 
4. Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi
 
5. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi.
Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning yo‘nalishlari

Konsepsiya-lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar ma’nosini anglatadi. Keng ma’noda konsepsiya so‘zi u yoki bu faoliyatning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan qarashlar tizimi, deb tushuniladi. Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy faoliyat yo‘nalishi, g‘oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste’molchi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo‘nalishidir. Konsepsiya komponentlari g‘oya, strategiya, instrumentariy va maqsaddan iborat. Shu nuqtayi nazardan marketing konsepsiyasi tashkilotning ilmiy asoslangan g‘oyasi, loyihasi hisoblanib tadbirkorlikni amalga oshirishda korxonaning samarali strategiyasini ham anglatadi.  


Marketing kompaniyasi

«Marketing kompaniyasi davri» - qisqa muddatli marketing rejalashtirishga qo‘shimcha uzoq muddatli marketing rejalarini ishlab chiqadi va butun korxona marketing kompanyasi asosida ish olib boradi. Marketing kompaniyasi juda oddiy, lekin juda muhim. Marketing kompaniyasi yangilik emas. Lekin ko‘pchilik boshqaruvchilar bu so‘zni eshitib vahimaga tushadi. Shuning uchun ular o‘zlari uchun oson bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish, uni sotishga harakat qiladi. «Ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir», ya’ni aqlli boshqaruvchi esa ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq marketingga e’tibor qaratadi. Marketingga moyil korxona o‘zi ishlab ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra mijozlarga kerakli narsani ishlab chiqarishni ma’qul ko‘radi. Masalan, Ford Motors «Mijozlar tajribasi» dasturiga muvofiq Ford kompaniyasining turli bo‘limlaridagi ishchilari Fordning minglab mijozlari bilan uchrashib, ularning xohish va istaklarini o‘rganishdi va ishlab chiqarishga tatbiq qilishdi.


Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi
Rivojlangan mamlakatlarda «Realizatsiya davri» 1950-yillargacha davom etdi. Sotish hajmi yetarli darajada edi. Lekin muammo kompaniya nimaga ko‘proq ahamiyat berish kerakligini aniqlash edi. Kompaniyalar uchun ilmiy izlanish olib borish, sotib olish, ishlab chiqarish, jo‘natish va sotishni bog‘lab turadigan odam kerak edi. Shunday qilib, «Realizatsiya davri»ni «marketing bo‘limi davri» egalladi. «Marketing bo‘limi davri» - kompaniyaning barcha marketing ishlari faqat bir bo‘lim tomonidan olib boriladi va qisqa muddatli rejalari tuziladi.
1960-yillarga kelib esa ba’zi bir kompaniyalar faqat marketologlardan iborat holda ishni boshladi. Hatto, marketing kompaniyalari ishchilarining ba’zilari «Marketing bo‘limi davridan» chiqishgan edi.
Marketing konsepsiyasi evolyutsi
Jadval
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi.
Bozor rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida (AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchun o‘tgan asrning 20 – 40 –yillari) tovarga bo‘lgan talab taklifdan ortadi, tovar tanqisligi yuz beradi, xaridorlar tovar qidirib, o‘zaro raqobatlashadilar, ishlab chiqaruvchi – sotuvchilar mustahkam pozitsiyani egallaydilar (sotuvchilar bozori). Bunday sharoitlarda tadbikorlarning kuchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga (ratsionalizatsiyasiga), juda bo‘lmaganda, bunday bozor munosabatlarida uncha qiyin bo‘lmagan savdoga yo‘naltiriladi, potensial iste’molchilarni jalb etish esa hozircha ularning e’tiboridan chetda qoladi.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling