1-Ma`ruza. 1-Ma`ruza


Download 1.96 Mb.
Sana26.12.2021
Hajmi1.96 Mb.
#183037
Bog'liq
Kirish. Kimyo fani va uning vazifalari. Kimyoning biologiya, fizika va boshqa fa

1-Ma`ruza.

1-Ma`ruza.

Kirish. Kimyo fani va uning vazifalari. Kimyoning biologiya, fizika va boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Kimyoning shakllanishi va rivojlanish tarixi hamda unga olimlarning qo’shgan hissasi. O’zbekistonda kimyo fani va sanoatning rivojlanishi

Kimyo tarixi haqida qisqacha ma’lumot

Butun dunyo kimyo tarixini o’rgangan olimlari quyida keltirgan beshta katta davrga bo’lishni taklif qilganlar.



O’zbekiston va Markaziy Osiyoda kimyoning taraqqiyotini besh davrga bo’lib ko’rish mumkin:

O’zbekiston va Markaziy Osiyoda kimyoning taraqqiyotini besh davrga bo’lib ko’rish mumkin:

  • Birinchi davr - bu revolyutsiyaga qadar davr bo’lib, to 1920 yilgacha davom etgan va bu vaqt ichida fakat o’lkani o’rganishga oid ishlar olib borilgan;
  • 1870 yilda Toshkentda birinchi bor kimyo laboratoriyasi N.Teyx tashabbusi bilan tashkil qilindi. Kimyo fani esa faqat gimnaziya va bilim yurtida o’qitilgan.
  • Ikkinchi davr. 1920 yildan 1933 ylgacha davom etgan. 1920 yilda O’rta OsiYo davlat universiteti ochildi. Bu davrda ilmiy ishlarga tayYorgarlik ishlari olib borildi va kimyogar mutaxassislar tayYorlandi.
  • Uchinchi davr 1933 -1941 yillargacha davom etdi va shu yillari ko’plab kimyo mutaxassislari tayYorlandi. Ana shu kimyo mutaxassislari tomonidan ko’plab ilmiy maqolalar nashr qilindi va kimyo sanoati qurilishiga kirishildi. O’zbekistonning dastlabki kimyo korxonalaridan biri bo’lgan tsement zavodi Bekobod shahrida barpo etildi. 1931 yilidan boshlab Chirchiq elektrokimyo kombinatini qurishga kirishilib 1940 yili ishga tushirildi.
  • To’rtinchi davr 1941-1991 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr ichida Makaziy OsiYoga vaqtincha ko’chib kelgan kimyo institutlari, kimyo zavodlari kimyogarlari bilan mahalliy kimyogarlar orasida yaqindan hamkorlik va aloqa kuchaydi. Bu davr kimyo fani va kimyo sanoatining taraqqiy etishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Bu davr ichida kimyo fanining yirik olimlari O.S. Sodiqov, S.Yu. Yunusov, I.P. Tsukervanik, X.U.Usmonov, K.S. Axmedov, Sh.T. Tolipov, M.N.Nabiev, A.Sultonovlar etishib chiqdilar. Ularning rahbarligida Uz.R FA si tashkil topdi va keyichalik qator ilmiy tekshirish insititutlari tashkil topdi.
  • Beshinchi davr - 1991 yildan boshlab va shu kungacha davom etmokda. Bu davr O’zbekistonning mustaqillik davri bo’lib, bu davrda Respublikamiz rahbariyati ostida kimyo fanini va kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan desak bo’ladi.

Kimyo fаnining bоshqа fаnlаr bilаn bоg`liqligi



Kimyo fаnining bоshqа fаnlаr bilаn bоg`liqligi

Kimyo fаni fizikа, mаtеmаtikа, biоlоgiya, gеоgrаfiya vа bоshqа fаnlаr bilаn chаmbаrchаs bоg`liqdir. Mаsаlаn, fizikа – аtоm vа uning tuzilishi, fizikаviy jаrаyonlаr bilаn kimyoning ko`plаb sаvоllаrigа jаvоb tоpishgа imkоn bеrsа, mаtеmаtikа – kimyo fаnidаgi bаrchа хisоb ishlаrigа аlоqаdоr, biоlоgiya – tirik оrgаnizmlаrdа kеchаdigаn kimyoviy. Biоkimyoviy jаrаyonlаrni o`rgаnishgа Yordаm bеrаdi, gеоgrаfiya – mоddаlаr, elеmеntlаrning tаrqаlishi vа bоshqаlаr to`g`risidа mа`lumоtlаrni mustахkаmlаshgа yordаm bеrаdi.

Materiya va modda

Kimyoviy toza modda ayni sharoitda o’zgarmas fizik xossalarga ega. Moddalarni o’rganishda ularning turli xossalariga qarab, bir necha sinflarga bo’linadi:

1) Elementar zarrachalar (elektron, proton, neytron, pozitron, neytrino, mezon va h.k.)

2) Oddiy moddalar - kimyoviy elementning erkin holda mavjud bo’la oladigan turi. Ularning soni 400 dan ortiq.

3) Murakkab moddalar (kimyoviy birikmalar) - o’zaro ma’lum nisbatlarda kimyoviy birikkan ikki Yoki undan ortiq elementdan tashkil topadi. Ularning, ya’ni anorganik moddalarning soni 200.000 dan ortiq, organik moddalar soni esa 2.000000 ga yaqin.

4) Aralashmalar. Tabiatda toza moddalar bilan bir qatorda aralashmalar ham uchraydi. Ular o’z xossalari bilan kimyoviy toza moddalardan keskin farq qiladi.



Jism moddaning fazoda chegaralangan qismidir.

Jism tushunchasi juda aniq tushuncha bo’lib (temirdan bolg’a, belkurak, bolta yasash mumkin), modda tushunchasi esa ancha keng ma’noni beradi. Demak, modda tushunchasi jism tushunchasiga nisbatan umumiy tushunchadir. Umuman fanda ishlatiladigan muhim tushuncha «Materiya» tushunchasidir.

Butun koinot jonli va jonsiz tabiat, koinotda sodir bo’ladigan barcha o’zgarishlar materiyaning ayrim harakat shaklidir.

Materiya abadiy, u Yo’kdan bor bo’lmaydi va bordan Yo’q bo’lmaydi. Materiya tushunchasi bilan harakat tushunchasi o’zaro bog’liqdir.



Modda materiyaning xususiy (tinch) massaga ega bo’lgan zarrachalardan tashkil topgan shaklidir.

Materiya mavjudligining ikkinchi shakli - fizik maydon bo’lib (Yorug’lik maydoni, magnit maydoni, gravitatsion maydon), u «tinch» massaga ega emas. Fizik maydon materiyaning shunday shakliki, u modda zarrachalarini bir-biri bilan bog’lab turadi va bu zarrachalar orasida o’zaro ta’sirini amalga oshiradi.





Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling