1-maruza. Kirish. İp yigirish korxonalarida texnikaviy nazorat Reja


Download 28.2 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi28.2 Kb.

1-maruza. Kirish. İp yigirish korxonalarida texnikaviy nazorat

Reja:

  1. Wzbekistonda twqimachilik sanoatining rivoji.

  2. Korxonada texnikaviy nazorat wtkazishning ah’amiyati.

  3. Yigirish korxonalarida texnikaviy nazoratning vazifalari.

  4. Yigirish korxonalarida texnikaviy nazorat wtkazish uslublari va uskunalari.


Wzbekiston twqimachilik sanoatining rivoji

Twqimachilik sanoati xalq xwjaligining eng muxim tarmoqlaridan biridir. Mustaqillik yillarida Wzbekistonda twqimachilik sanoati, jumladan yigirish sanoati rivojlanib ketdi. 1990 yilga qadar etishtirilgan paxta tolasining 5% ginasi respublikada qayta ishlanar edi. Mustaqillikka erishgach ushbu kwrsatkich jadal kwtarila boshladi. 1999 yilda bu kwrsatkich 25 % ga etdi, 2015 yilga kelib esa ustivor rivojlanish rejalariga kwra 50 % ni tashkil etmoqda. Shu maqsadda respublikada kwplab qwshma, xorijiy va xususiy korxonalar ishga tushurilmoqda. Bu borada qwshma korxonalar qurish uchun kwplab chet el investorlari jalb etilmoqda.

«Wztwqimachiliksanoat» uyushmasiga korxonalarining tarmoqlararo va mah’sulot ishlab chiqarish turlari bwyicha taqsimlanishi: twqimachilik korxonalari -70%, twquv-trikotaj korxonalari -20% va ipakchilik korxonalari -10%. İshlab chiqargan mah’sulotlar bwyicha yigirilgan ip 54-60% ni, twquv-trikotaj mah’sulotlari – 9,8% ni, ip gazlama - 13,30% ni, trikotaj -16,20%, ipak mah’sulotlari – 5,30% ni

Wzbekistonda 2019 yilgacha engil sanoatda rejaga asosan umumiy qiymati bir mlrd. AQSh dollariga teng 80 ta loyih’a realizatsiyasi kwzda tutilgan. Mazkur loyih’alarning realizatsiyasi natijasida paxta tolasining 70% mah’alliy korxonalarda qayta ishlanib, mamlakatning eksport saloh’iyati 1,8 marta ortadi.



Texnikaviy nazorat wtkazish ah’amiyati

Yuqorida qayd etilganidek tarmoq oldiga yaqin 5 yil ichida paxtani qayta ishlashni kwpaytirish, etishtirilgan paxta tolasining 70 % ni qayta ishlash va eksport h’ajmini keskin oshirish vazifasi qwyilgan. Bu vazifani bajarish uchun sifatli, raqobatbardosh mah’sulot ishlab chiqarish kerak. Mah’sulot ishlab chiqarishda sifat menejmenti fanining maqsadi aynan mazkur vazifalarni bajaradigan talabalar bilim va kwnikmalarini shakllantirishdir.


Yigirish korxonalarida sifat menejmentining vazifalari

Paxta tolasidan yuqori sifatli twqimachilik mah’sulotlari ishlab chiqarish uchun ipni yuqori sifatli qilib yigirish lozim, chunki twqimachilik, trikotaj va boshqa engil sanoat mah’sulotlarining sifati yigirilgan ipning sifatiga chambarchas bog’liqdir.

Yuqori sifatli ip olishning asosiy ywli yigirish korxonasida texnikaviy nazoratni yaxshi ywlga qwyilganligiga kwp jih’atdan bog’liqdir. Ayniqsa h’ozirgi mustaqil Wzbekiston Respublikasining mah’sulotlarini jaxon bozoriga olib chiqish, xalq xwjaligini bozor iqtisodiёtiga wtkazish davrida sifatga, ishlab chiqarilaёtgan mah’sulotlarni jah’on standartlariga javob bera oladigan qilib, ishlab chiqarishga katta ah’amiyat berish kerak. Shuning uchun faqatgina mah’sulot miqdoriga emas, balki sifatiga h’am katta ah’amiyat berishingiz ishlab chiqaraёtgan mah’sulotingiz jah’on standartlariga javob bera oladigan qilib ishlab chiqarishimiz kerak.

Texnikaviy nazoratni fabrikada muh’andis-texnik xodimlar amalga oshiradilar. Fabrikalarda ishlab chiqarish laboratoriyalari va uning tarkibida texnikaviy nazorat faoliyat kwrsatmoqda.

Bu bwlimlar mah’sulot sifatini tekshirish bilan birga texnologik jaraёnni twg’ri kechaёtganligini h’am nazorat qilib boradilar.

İshlab chiqarishni h’ar bir bosqichida laboratoriya va texnikaviy nazorat bwlimlari doimiy va davriy tekshirishlar wtkazadilar.

Doimiy tekshirishga- xom ashё sifati, ipning sifati chetga sotiladigan chiqindi sifatini tekshirish kiradi.

Davriy tekshirishga- bunda yigirish fabrikalarida ishlab chiqarilaёtgan yarim mah’sulotlar sifati texnologik kartalarda kwrsatilgan uskunalardan foydalanish shartlarining bajarilishi va ularni ishlatish bwyicha qoidalarning (PTE) bajarilishini tekshirishlar kiradi.

Bu tekshirishlar h’ozirgi kunga kelib butun jaxonda qwllanilёtgan “USTER STATISTICS” standartlariga asoslangan bwlib, zamonaviy HVI, PRIMIER,USTER kabi sinov uskunalarida amalga oshirilmoqda
Yigirish korxonalari ishlab chiqarish laboratoriyasining vazifalari

Yigirish korxonasidagi ishlab chiqarish laboratoriyasi korxonaning bir bwlimi bwlib, bosh muh’andis raxbarligi ostida ish olib boradi.

Laboratoriyaning ishi – standartlar talabiga javob beradigan mah’sulotlar ishlab chiqarish, mah’sulot sifatini oshirish, yangi assortimentlarni ishlab chiqarishga tadbiq etish, xom ashё sarfini yaxshilash, ishlab chiqarish va mashina unumdorligini oshirishdan iborat.

Laboratoriya aloh’ida xonada joylashgan bwlib, xona h’avosining namligi va temperaturasini wzgarmas qilib ushlab turish uchun maxsus moslamalar wrnatilgan bwlishi lozim. Laboratoriya maydoniga h’amma asboblarni va laboratoriya moslamalari erkin joylashtiriladi. Laboratoriya texnikaviy nazorat wtkazuvchi ishlab chiqarishning asosiy bwlimlaridan biridir.


Laboratoriyaning vazifalari

Laboratoriyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. Fabrikada yigirish rejasi h’ar bir wtimda twg’ri bajarilaёtganligini, ishlab chiqarilaёtgan yarim mah’sulot va ipning standart talabiga muvofiqligini tekshiradi. Meёrdan og’ish bwlsa, bosh muh’andisga darh’ol xabar beradi.

  2. Uskunalarning h’olatini va texnologik jaraёn kwrsatkichlarini jadval asosida tekshiradi.

  3. İshlab chiqarilaёtgan mah’sulot sifatining ёmonlashish sabablarini aniqlaydi va uni yaxshilash tadbirlarida ishtirok etadi.

  4. Texnologik jaraёnni takomillashtirish bwyicha tajriba va tekshirishlar wtkazishda ishtirok etadi, yangi mah’sulot assortimentini yaratishda qatnashadi va yangi xom ashё turini ishlab chiqarishga tadbiq etish tadbirlarini tuzadi va uni amalga oshiradi.

  5. Fabrika xodimlari va tarmoq ilmiy tekshirish instituti xodimlari bilan birgalikda takomillashgan texnologik jaraёnlarni va yangi uskunalarni wzlashtirish ishlarida ishtirok etadi.

  6. Xom ashё, yarim mah’sulot va iplar sifatini tekshirishning yangi uslublarini ishlab chiqish bwyicha ilmiy tekshirish ishlarini olib boradi va yangi tekshirish usullarini ishlab chiqadi va uni korxonada tadbiq etadi.

  7. Laboratoriya uskunalarini ishlatish bwyicha qoidalar bajarilishini, shuningdek ywriqnoma va ilmiy tekshirish ishlari rejasi bajarilishini nazorat qiladi.

Laboratoriya xodimlari h’ar bir tekshiriuvni malum tsex boshlig’i, ishlab chiqarish raxbarining jurnallarida qayd etadi. Ular wz navbatida natijalar bwyicha mah’sulot sifatini yaxshilash tadbirini kwradilar.

Laboratoriya bajargan h’ar bir ishi bwyicha h’isobot ёzadi. Mazkur h’isobot fabrikaning yillik xisobotiga qwshiladi va bir yilda qilingan ishlarga baxo berishda etiborga olinadi.



Yigirish korxonalari ishlab chiıarish laboratoriyasining tarkibi


Texnikaviy nazorat wtkazuvchi laboratorining tarkibi ishlab chiqarilaёtgan assortiment turiga va uning h’ajmiga qarab korxona direktori tomonidan tuziladi.

Laboratoriya tezkor va tajriba guruh’laridan iboratdir. Agar korxonada mustaqil ilmiy tekshirish muassasi bwlsa, tajriba guruh’i tuzilmaydi.

Operativ guruh’- ish h’ajmi va ishlab chiqarilaёtgan mah’sulot turiga qarab quyidagi guruh’larga bwlinadi:


  1. Xom ashё guruh’i

  2. Tayёr va yarim mah’sulot sifatini tekshirish guruh’i

  3. Texnologik jaraёn va yigirish rejasi bajarilishini tekshiruvchi guruh’

- Xom ashё guruh’i tola va chiqindi sifatini tekshirib, ularni tasdiqlangan miqdor bilan solishtiradi.

- Tayёr va yarim mah’sulot sifatini tekshirish guruh’i ip va yarim mah’sulotlarni tekshiradilar va ularni standart talabiga javob berishini aniqlaydi.

- Uchinchi guruh’ texnologik jaraёn va yigirish rejasi bajarilishini, yarim mah’sulot sifatini va tsexlardagi h’arorat (to) va namlik (W) miqdorining meёrdagiga twg’ri kelishini tekshiradi.

Tajriba guruh’lari bosh muh’andis tomonidan tasdiqlangan reja asosida ilmiy tekshirish ishlarini olib boradi.

Laboratoriya ishini laboratoriya mudiri boshqaradi, uning xuquqi asosiy tsex boshliqlari xuquqi bilan tengdir.

Namunalarni tajriba qilish uchun kerak bwlgan issiqlik va namlik darajasi.



Tola, yarim mah’sulot va ip namunalarini fizik-mexaniq xossalarini tekshirish uchun standartda h’avoning namligi , h’arorati bwlishi kwzda tutiladi.
Nazorat savollari

  1. Texnikaviy nazorat fanining maqsadi va vazifalariga nimalar kiradi?

  2. Yigirish korxonalari laboratoriyasining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

  3. Laboratoriya qanday tarkibga ega?

  4. Texnikaviy nazoratda qanday umumiy sinov jih’ozlari ishlatiladi?

  5. Paxta tolasini nazorat qiluvchi asboblarga nimalar kiradi?

Download 28.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling