1-MA‟RUZA
Mavzu: Metrologiya va standartlashtirish fanining maqsad va vazifalari.
Reja:
1. Fanni o„rganishning asosiy maqsad va vazifalari.
2. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining rivojlanish tarixi.
Tayanch so‘z va iboralar: metrologiya, o‘lchash, standartlashtirish.
1. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsad va vazifalari.
Inson aql-idroki, zakovati bilan o„rganayotgan, shakllantirayotgan hamda
rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo„nalishini olmaylik, albatta o„lchashlarga,
ularning turli usullariga, o„zaro bog„lanishlariga duch kelamiz. Bu o„lchash usullari
va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o„lchashni talab etilgan
aniqlikda ta‟minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan
hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo„nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo„lmasin,
albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog„liq. Inson qo„li yetgan, faoliyati
doirasiga kirgan ammo o„lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o„rganilgan,
izlangan hamda ko„zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo„lgan birorta
yo„nalish yo„q. Shuning uchun ham metrologiya va standartlashtirishni bilish, uni
o„z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo„llash texnika va texnologiya
soxalaridagi bakalavriat yo„nalishlari bitir uvchilari muhim omillardan biri bo„lib
hisoblanadi.
"Metrologiya va standartlashtirish" fani texnika, menejment va marketing
sohalari yo„nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o„tilishi lozim
bo„lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta‟lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan
talabalarda metrologiya va standartlashtirish bo„yicha zarur va yetarli bo„lgan
asosiy tushunchalarni shakllantiradi.