1-mavzu : Kompyuter tarmoqlari. (2 soat)


Download 426.22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.06.2020
Hajmi426.22 Kb.
#118791
Bog'liq
1-maruza


1-mavzu : 

 

 



 Kompyuter tarmoqlari. (2 soat)

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Nazariy ma`lumotlar : 

 

Tarmoq  -  kompyuterlar,  terminallar  va  boshqa  qurilmalarning  ma’lumot 

almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o’zaro bog’langan majmui. 

Kompyuter  lararo  ma’lumotlarni  almashishni  ta’minlab  beruvchi  bunday 

tarmoqlar kompyuter  tarmoqlari deb ataladi.  

Tarmoq  axborotlarni  uzatish,  alohida  foydalanilayotgan  kompyuter  larni 

birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter  yordamida 

yechish imkoniyatlarini beradi.  



Kompyuter    tarmog’i  (NetWork,  net  –  tarmoq  va  work  -  ishlash)  –  bu 

kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashish tizimidir.  



Asosiy  maqsad:  foydalanuvchilarga  barcha  kompyuterlar  resurslaridan 

foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash. 



 

Kompyuter  tarmoqlarini masshtabiga qarab turlarga ajratish mumkin

1. Lokal tarmoqlar  

    (Local Area Network, LAN); 



2. Mintaqaviy tarmoqlar 

    (Metropolitan Area Network, MAN). 

3. Global tarmoqlar 

    (Wide Area Network, WAN); 



 

Reja: 


 

1. Kompyuter  tarmog’i haqida  

umumiy tushunchalar. 

2. Tarmoq turlari va  topologiyalari. 

3. Kompyuter  tarmog’ining  apparat 

va dasturiy ta’minoti.

 

Tayanch so’zlar:  



 

Tarmoq, topologiya, adapter,  

Wi fi, dasturiy ta`minot

kompyuter tarmog`i 



Lokal tarmoqlar - bir korxona yoki muassasadagi, bir nechta  binolardagi yoki 

sinflardagi kompyuterlarni o’zaro bog’lagan tarmoq. 

 

Mintaqaviy  tarmoqlar  –  mamlakat,  shahar  va  viloyatlar  darajasida 

kompyuterlarni  va  lokal  tarmoqlarni  maxsus  aloqa  yoki  telekommunikatsiya 

kanallari orqali o’zaro bog’lagan tarmoqlar. 

 

Global tarmoqlar - o’ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal 

va  mintaqaviy  tarmoqlarini  telekommunikatsiya  (kabelli,  simsiz,  sun’iy  yo’ldosh) 

aloqalari orqali bog’lagan yirik xalqaro tarmoq. 

 

 

 

 


Kompyuter larni bir-biri bilan bog’lash 

 

Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda 



yechish  uchun  komьyuterlarni  bir-biri  bilan  bog’lash  ehtiyoji  paydo  bo’ladi. 

Kompyuter larni bir-biri bilan bog’lashda ikki xil usuldan foydalaniladi: 

 

Kabel  yordamida  bog’lash.  Bunda  kompyuter  lar  bir-biri  bilan  koaksial

o’ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata 

yordamida bog’lanadi. 

 

Simsiz bog’lanish. Bunda kompyuter lar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar 

yordamida,  ya’ni  radio  to’lqinlar,  infraqizil  nurlar,  WiFi  va  Bluetooth 

texnologiyalari yordamida bog’lanadi. 

Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmatlar 

Kompyuter  tarmoqlari axborotlarni elektr signallari ko’rinishida uzatish va qabul 

qilishga  ixtisoslashgan  muhit.  Tarmoq  xizmatlariga  quyidagilarni  misol tariqasida 

keltirish mumkin: 

  Fayl  server  xizmati.  Bunda  tarmoqdagi  barcha  kompyuter  lar  asosiy 

kompyuter 

ning 

(server) 



ma’lumotlaridan  foydalanish  yoki  o’z 

ma’lumotlarini asosiy kompyuter  xotirasiga joylashtirish mumkin; 

  Print  server  xizmati.  Bunda  tarmoqdagi  barcha  kompyuter  lar  o’z 

ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter  boshqaruvi orqali qog’ozga 

chop qilishi mumkin; 

  Proksi  server  xizmati.  Bunda  tarmoqqa  ulangan  barcha  kompyuter  lar 

xizmat joriy qilingan kompyuter  boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki 

boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin; 

  Kompyuter    va  foydalanuvchi  boshqaruvi  xizmati.  Bunda  tarmoqqa 

ulangan 


barcha 

kompyuter 

larning 

va 


ularda 

qayd 


qilingan 

foydalanuvchilarning  tarmoqda  o’zini  tutishi  hamda  faoliyat  yuritishi 

belgilanadi va nazorat qilinadi. 

Tarmoq strukturasi (Topologiyasi) 

•  Lokal tarmoq strukturasi: 

–  «SHinasimon» topologiya; 

–  «Yulduzsimon» topologiya; 

–  «Xalqasimon» topologiya; 

•  Global tarmoq strukturasi 

–  «Daraxtsimon» topologiya; 

Bunda barcha kompyuter lar umumiy aloka kanaliga ketma-ket ulanadi. Har 

bir kompyuter  shinadan boshqa bir kompyuter  bilan bog’lanish uchun 

foydalanadi. 

 


 

 

Yulduzsimon strukturada barcha kompyuter lar bir-biri bilan aloqa qilish uchun 



radial ko’rinishda markaziy uzel orqali ulanadi 

 

 



Xalqasimon tarmoq (Aylanasimon) – Barcha kompyuterlar ketma-ket 

xalqa bo’ylab bir-biri bilan bog’lanadi. 



Daraxtsimon struktura - Ushbu strukturada barcha kompyuterlar bir-biri 

bilan tarmoklangan kanallar orkali bog’lanadi 



Tarmoq qurilmalari — kompyuter  tarmog’ining ishlashi uchun zarur bo’lgan 

qurilmalar. 



Marshrutizator  yoki  router,  router  (ingl.  Router)  —  tarmoq  topologiyasi 

haqidagi  ma’lumot  va  berilgan  qoidalar  asosida    paketlarni  tarmoq  segmentlari 

orasida uzatish haqida qaror qabul qilauvchi qurilma. 

Kabel yordamida bog’lash 

O’rama juft kabel(vitaya para) (ingl. twisted pair) — aloqa kabelining turi. 

Telefoniyada  foydalaniladigan  eshilgan  sim  juftidan  iborat.  U  ekranlangan  va 



ekranlanmagan  bo’lishi  mumkin.  Ekranlangan  kabelь  elektr  magnit  halaqitlariga 

ancha  bardoshli  bo’ladi.  Ushbu  kabelning  kamchiliklari  signallarning  so’nish 

koeffitsienti  yuqoriligi  va  elektrmagnit  halaqitlariga  yuqori  darajada  sezgirligi, 


shuning  uchun  o’rama  juftlikdan  foydalanishda  faol  qurilmalar  o’rtasidagi  eng 

yuqori masofa 100 metrgacha bo’ladi. 



Koaksialь kabel.(Coaxial cable) Bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning ikkita 

turli 


tizimida 

foydalanilish 

mumkin: 

signalni 

modulyatsiyalab 

va 


modulyatsiyalamasdan  uzatish.  Birinchi  holda  raqamli  signal  SHK  dan  qanday 

shaklda  uzatilsa,  undan  shunday  shaklda  foydalaniladi  va  darhol  kabelь  bo’ylab 

qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi. U tezligi 10 Mbit/sek gacha va eng yuqori ta’sir 

radiusi 4000 m bo’lgan bitta uzatish kanaliga ega.  



Optik tolali kabelь (fiber-optic cable) - tarmoqda foydalaniladigan eng yangi 

texnologiya  hisoblanadi.  Bunda  axborot  eltuvchi  yorug’lik  nuri  bo’ladi,  u  tarmoq 

tomonidan  o’zgartiriladi  va  signal  shaklini  oladi.  Bunday  tizim  tashqi  elektr 

halaqitlariga  bardoshli  va  shuning  uchun  ma’lumotlarni  tez  (2  Gbit/s  gacha)  va 

xatosiz  uzatish  mumkin  bo’ladi  hamda  uzatilayotgan  axborotning  maxfiyligini 

ta’minlaydi. 



 

Simsiz aloqa tarmoqlari 

Wi-Fi - Wireless Fidelity - IEEE 802.11 simsiz aloqa standarti. Bino ichida 32 

metrgacha  bino  tashqarisida  95  metrgacha  bo’lgan  masofada  LHT  PKlari  tarmoq 

platalari, qurilmalari va ulanish nuqtalari o’rtasidagi aloqani ta’minlaydi. 

WiMAX  -  Worldwide  Interoperability  for  Microwave  Access  –  IEEE802.16 

stendarti.  Bir  va  ko’p  nuqtalar  o’rtasida  (mobil  nuqtalar  bilan  birgalikda) 

ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 70 Mbit/s 

gacha, masofa 70 km gacha (masofa uzayishi bilan tezlik pasayadi). 



 

Nazariy savollar:  

 

1.  Kompyuter tarmoqlari nima ? 



2.  Kompyuterni tarmoqqa ulash usullari ? 

3.  Kompyuter Wi fi qurilmasi vazifasi nima ? 



4.  Masshtabiga ko’ra qaysi tarmoq ko’lami keng ?  

 

Download 426.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling