1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari
Download 1.25 Mb.
|
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari
1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari Shaxsiy sifatlar Zamonaviy biznes faoliyati — to'g'ridan to'g'ri ishlab chiqa-rishni tashkil etuvchilar va shaxslar, tashkilotlar, tuzilmalar o'rta-sidagi munosabatlar tizimini ifodalaydi. Ular esa, biznes faoliyatining ichki va tashqi muhitini belgilaydi. Har qanday ishbilarmon biron ishni boshlashdan oldin, o'sha vaqtni, sharoitni va o'zi tutadigan o'rnini aniq bilishi kerak. Ayrim tashkilotlar o'z faoliyatlarini boshlash vaqtida qisman soliqlardan ozod etiladi va shu bilan birgalikda, kam miqdorli kreditlardan foydalanishlari ham mumkin bo'ladi. Tadbirkor hech qachon bunday imtiyozlardan voz kechmasligi lozim. Tadbirkor o'z vaqt imkoniyatlarini yaxshilab o'rganib, o'z o'rnini topgan taqdirda ham, u tegishli sohani tanlashdan iborat. Buni quyidagi yo'llar bilan amalga oshirish mumkin: 1. O'zining qandaydir ichki his-tuyg'ulariga ishongan holda. 2. Atrof-muhit va iqtisodiy shart-sharoitlarni inobatga olib. 3. Chuqur tahlil va o'rganishlar asosida. Har kim o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, o'zi xohlagan yo'lni tanlaydi. Lekin har qanday sharoitda ham iqtisodiy shart-sharoitlarni inobatga olib, tahlil va mulohazalar asosida o'zi uchun ma'qul yo'lni tanlashi lozim. Tadbirkor har doim bozor muhitiga baho berishi va bozorning qancha qismiga egalik qilishini ham taxminan bilishi kerak. Buning esa o'ziga yarasha mas'uliyati bordir. Biznes — bu doimiy, barakali, izchil va tinimsiz mehnat talab qilib, ba'zi hollarda eng ishbilarmon kishilarni ham toliqtirib, o'ylantirib qo'yadigan jiddiy ishdir. Biznesga kirib borish yo'lida tadbirkor o'zining bir qator savollariga javob topishi lozim.
1. Nima uchun tadbirkor o'zini korxona ochishi va uni muvaffa-qiyatli boshqarishi mumkin bo'lgan odamlar turiga kiradi, deb hisoblaydi? 2. Oilasi uning korxona ochish haqidagi niyatini qo'llab-quvvat-laydimi? 3. O'zi ochmoqchi bo'lganga o'xshagan korxonada ishlaganmi? 4. O'zini o'zi band qilish uchun rahbarlik yoki boshqaruvchilik faoliyati tajribasiga egami? 5. O'zi ochmoqchi bo'lgan korxona turi bo'yicha biznes treningdan o'tganmi? Mijozlar va bozor 1. Biznes va marketing rejasini tayyorladimi? 2. Mijozlari uning korxonasini* raqiblari korxonasidan qanday farqlashadi? 3. Unda mijozlar uchun kredit siyosati bo'ladimi? 4. Tadbirkor mijozlarni jalb qilish uchun qanday reklama texnologiyalaridan foydalanadi? 5. U mijozning xohishini qanday aniqlaydi? Korxona ishi 1. O'z korxonasi uchun xodimlarni qanday aniqlaydi, tanlaydi va o'qitadi? 2. Tadbirkor xodimlar uchun ish haqi va rag'batlantirishni qanday belgilaydi? 3. Biznesiningjoylashgan joyi mijozlar uchun qulaymi (avtobus bekatlari, mashina turar joyi va h.k.)? 4. Korxona joylashgan hudud korxonani kengaytirishga imkon beradimi? 5. Mulkdor bo'lish yoki shirkat, mas'uliyati cheklangan jamiyat, kooperativ tashkil etishning ijobiy va salbiy jihatlarini ko'rib chiqdimi? 6. Tadbirkorga qanday uskunalar va materiallar kerakligini va ular qancha turishini biladimi?
1. Tadbirkorda daromadlarni, xarajatlarni, kreditga sotish va xarid qilishni hisobga olish tizimi mavjudmi? 2. U moliyaviy hisobot tayyorlashi va uni tahlil qilishi mumkinmi? 3. Yaxshi inventarizatsiya nazorati xarajatlarni kamaytirishga qanday yordam berishini biladimi? 4. Tadbirkor qanday ish haqi vedomostini yuritishni, soliq hisobotlari va to'lovlarni tayyorlashni biladimi? 5. Moliyaviy hujjatlarni yuritishda tadbirkorga kimning va qanday yordami kerak? Tashqaridan yordam jalb qilish \. Tadbirkor buxgalter bilan buxgalteriya hisoboti va boshqa moliyaviy jarayonlarni muhokama qildimi? 2. Tadbirkor yurist bilan huquqiy talablarni va korxona faoliyatini huquqiy boshqarishni muhokama qildimi? 3. Tadbirkor bank xodimi bilan korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini muhokama qildimi? 4. Biznes-rejasini ishlab chiqishda maslahatchining xizmatlaridan foydalandimi? 5. Tadbirkor o'z korxonasi faoliyatining murakkabliklarini va istiqbollarini hamjamiyatdagi boshqa korxonalarning egalari bilan muhokama qildimi?
1. Tadbirkorda korxona ochish va uning faoliyat ko'rsatishini kamida olti oy mobaynida ta'minlash uchun yetarlicha pul bormi? 2. Agar tadbirkor keyingi to'rt yil mobaynida yollanib ishlaydigan bo'lsa, o'z korxonasini ochgandan ko'ra, ko'p pul topa oladimi? 3. Tadbirkor qaysi yetkazib beruvchilar unga a'lo xizmatlarni, eng past narxlarni va a'lo kreditlash shartlarini taqdini qilishini biladimi? 4. Tadbirkor aniq moliyaviy ma'lumotlarga asoslanib, mavjud korxonani sotib olish va yangisini ochish qiymatini taqqoslab ko'rdimi? 5. Tadbirkor mumkin bo'lgan barcha moliyaviy manbalarni tadqiq qildimi? To'g'ri huquqiy shaklni tanlash 1. Korxonani ochishda qanday huquqiy xarajatlar bo'ladi? 2. Mulkdorning javobgarligi korxonaning huquqiy shakliga qanday bog'liq bo'ladi? 3. Huquqiy shakl kapital sotib olishga qanday ta'sir qiladi? 4. Korxonaning huquqiy shakli soliqqa tortilishga qanday ta'sir qiladi? 5. Biznesning rivojlanishi huquqiy shaklga qanday bog'liq bo'ladi? Agar salohiyatli tadbirkor hozirgacha hech qachon korxonaga egalik qilmagan bo'lsa, ishlab turgan korxonani sotib olish va uni boshqarish unga ko'p afzalliklar bcradi, masalan, doimiy mijozlar, ish olib borishning ishlangan amaiiyotlari, tarbiyalangan xodimlar, MTBlar zaxirasining mavjudligi; joyida turgan imoratlar va o'z.ini bozorda ko'rsatgan biznesning mavjudligi. Tadbirkor bo'lishni istovchi ko'p kishilar ishlab turgan korxonani sotib olishdan ko'ra, o'zining yangi korxonasini tuzishni maqbul yondashuv, deb hisoblashadi. Bunday yondashuv mulk-dorga katta qoniqish bag'ishlaydi, ammo bu o'ziga katta tavakkalchilikni olganligini anglatadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling