Andijon mashinasozlik instituti Sirtqi bo’limi MMTX yo’nalishi S-82-21 guruh talabasi Abdusaidov Oybekning Ergonomika va biomexanika fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI mehnat fiziologiyasi asoslari va hayot faoliyatining komfort sharoitlari Reja:
1. Inson mehnat faoliyatining fiziologik asoslari.
2. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobilyatini pasayishi va zo‘riqishi.
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Inson mehnat faoliyati hozirgi vaqtda quyidagi mehnat turlariga bo‘linadi:
A. Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi. Bunday mehnat turi, qachonki mehnat vositalari bo‘lmagan vaziyatlarda qo‘llaniladi. Bunda katta energetik kuch talab qilinadi, ya’ni 17 dan 25 gacha MJ yoki 4000–6000 kkal energiya va undan ortiq.
Ushbu mehnat turi taraqqiy etishi bilan birga, birqancha kamchiliklarga ega. Jumladan, mahsulotning oz miqdorda ishlab chiqarilishi, mehnat unumdorligining pastligi, ishchilarning tez toliqishi oqibatida ish kuni 50 foizining dam olishga sarflanishi va boshqalar.
B. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi.
Bu mehnat faoliyati turida ishchilarning energiya sarf qilishi kuniga 12,5–17 MJ yoki 3000–4000 kkal atrofida bo‘ladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asosan ishchi kuchi energiyasi tejaladi va asosiy kuch dasturiy ta’minot zimmasiga tushadi.
Bunday mehnat turida maxsus bilim va amaliyot talab etiladi. Mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish sharoitida ish kuchining samaradorligi kamayadi, lekin bunda masofadan turib qo‘l harakatidan foydalanish oqibatida yuqori ish unumdorligiga erishiladi.
D. Yarim avtomatlashgan ishlab chiqarish turi.
Bu mehnat turida insonning uzluksiz ishlashiga chek qo‘yiladi va ish faoliyatini avtomatlashtirilgan mexanizmlar boshqaradi. Bunda insonning vazifasi avtomatlashgan liniyalarga xizmat ko‘rsatish va elektron texnikalarni boshqarish bilan cheklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |