1-mavzu bo'yicha savollarga javobla


Download 29.69 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi29.69 Kb.
#161763
Bog'liq
1-topshiriq


1-mavzu bo'yicha savollarga javoblar.

1.Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha fileo – sevaman va sofia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan bilib olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam tug’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etishi va bilishdir.

Falsafa — dunyoqarash sifatida. Uni dunyoqarashning boshqa shakllari bilan o’zaro bog’liqligi. Falsafiy dunyoqarashning umuminsoniy va milliy xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati



2. Har qanday falsafa insonning olamga u yoki bu munosabatini ifodalaydi va shu bilan ma'lum bir dunyoqarash vazifasini bajaradi. Falsafaning eng sodda va asosiy ta'rifi: falsafa bu dunyoqarash ekanligidir. Yoki boshqacha qilib aytganda: falsafaning predmet sohasi "olam - inson" tizimidir. Ko'plab faylasuflarning fikriga ko'ra, jumladan falsafaning predmet sohasini I. Kant o'zining mashhur to'rtta savolida eng yaxshi shakllantirgan: "Men nimani bilaolaman? Nima qilishim kerak? Nimaga ishonsa bo`ladi? Inson mohiyatan nimadan iborat ?" Ushbu savollarda Kant falsafa predmetini majburiyat, e'tiqod, dunyo va inson o'rtasidagi munosabatlar nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladigan bilim muammosi sifatida talqin etadi.
Falsafa predmetini bunday tushunishda o'zaro ta'sir qiluvchi ikki tomon -
sub'ekt (inson) va ob'ekt (olam) olinadi. Bu holda falsafaning predmeti
insonning mohiyatidan kelib chiqilmoqda va insonga qaratilmoqda. Inson falsafaning asosi, yadrosi va pirovard qiymatdir. Boshqa barcha bilimlar uziga xosligidan qat'i nazar, insonning tabiati va mohiyatidan kelib chiqib, tadqiqot ob`ektini o`rganadi. Yani barcha bilim sohalari pirovardida hamma narsaning o'lchovi sifatida insonga qaratilgan bo`ladi.

3. Bugungi kunda, falsafiy bilimlar mavzusi va mohiyati haqida munozaralarning qanchalik zayiflashuvi yoki kuchayib borishiga qaramasdan, falsafaning mavzusi “so`niy” xarakter kasb etmoqda degan nuqtai nazar keng tarqalgan. Buning sababi shundaki, falsafiy bilimlar ko'p o'lchovli bo'lib, bu bilimlar tizimi sub'ektining o`ziga xos yondoshuvini belgilab beradi. Falsafaning eng keng tarqalgan quyidagi talqinlarini ko`rish mumkin:
- dunyoqarash, ya'ni dunyo va insonning bu dunyodagi o'rni to'g'risida eng umumiy bilim;
- tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari haqidagi fan;
- ma'naviy qadriyat, har qanday sivilizatsiya va madaniyatning elementi;
- olamni universal, moddiy va ma'naviy nisbati nuqtai nazaridan aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli;
- umumiy metodologiya, eng umumiy metod, bilish va haqiqatni o'zgartirish usuli.
Ko'rinib turibdiki, falsafaning talqinlarida mantiqiy asos mavjud bo`lib,
ularning har biri yuzasidan bahslashish mumkin. Shu bilan birga falsafa haqiqatan ham ko'p o'lchovli bilim ekanligi shubhasizdir.

4. Demak, falsafiy ta'limotlarning vujudga kelish zaminiga ko`ra, ularni Hind, Xitoy, O'rta Osiyo, Yunon, Rim, Misr va boshqa falsafiy tizimlarni (bilimlarni) ajratib farqlash mumkin bo`ladi.
Fundamental falsafiy ta'limotlarni yaratgan Pifagor, Konfutsiy, Suqrot,
Aflotun, Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, Kant, Nitshe, Bergson, Gadamer, Fukayama va boshqa mutafakkirlar falsafasining nomlarini keltirib o`tish zarur.
Tarixan, quldorlik davri (V asrgacha), O'rta asrlar (V-XV asrlar), Uyg'onish davri (XV-XVI asrlar), Yangi davr (17-18-asrlar), Kapitalizm davri (19-asr), bugungi davr (XX-XXI asrlar) falsafasi ajralib turadi.
Mavzuga ko'ra, falsafani ( shartli ravishda) ana`naviy (uning mazmuni asoslari qadimgi davrda yaratilgan, dunyoning asosiy tamoyillari, uning bilish usullari, o'zgaruvchanligi, inson tomonidan dunyoning rivojlanishidagi aqlning roli, inson hayotining ma'nosi, uning qadriyatlari va boshqalar) va noana`naviy klassi bo'lmagan falsafiy ta`limotlarga bo'lish mumkin. Bular - ong osti hodisalari, uning inson hayotidagi o'rni, falsafaning ilmiyligi va boshqalarni tavfsiflashi
bilan xarakterlidir.

5. Tarixni falsafasiz to'g'ri tushunib bo'lmagani kabi , falsafani ham tarix haqiqatisiz to'g'ri anglab bo'lmaydi . Shularni nazarda tutib , quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz koldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta'limotlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz . Zardushtiylik ta'limoti . Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo'lgan davr mahsuli bo'lgan diniy - falsafiy ta'limotlardan biri zardushtiylikdir . Bu ta'limotga Zardusht asos solgan bo'lib , Sharq va G’arbda Zaratushtra , Zaroastr nomlari bilan mashhurdir . Manbalarga ko'ra , Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan . Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanli haqida aniq bir to'xtamga kelingani yo'q . U o'zini paygambar deb e'lon qilgan . Leki uning payg’ambarligi ilohiy asosga ega emas . Ya'ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o'z tasdig'ini topmagan . Keyinki yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdagi , bu ta'limot Vatanimiz hududida , xususan , Xorazm zaminida paydo bo'lgan . U o'z davrida xalqni ezgulik va adolat g'oyalariga da'vat etish , hayotbaxsh an'analarni shakllantirish , dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan , uning g'oyalari bilan bog'lik qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o'ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda . Zardushtiylikning bosh kitobi « Avesto » dir . unda Qadimgi xalqlarning dunyo to'grisidagi tasavvurlari , o'ziga xos qadriyat va urf - odatlari aks etgan . « Avesto » da shuningdek , tabiat falsafasi , tarix, etika , tibbiyotga oid ma’lumotlar ham berilgan . Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr ( eski o'zbek tilida Iskandar deyilgan ) istilosi va Grek - Baktriya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o'rin tutgan . Manbalarda Aleksandr qushini mahalliy xalqlarning qattik qarshiligiga uchragani , u « Avesto » ning ko'pgina qismini yondirib yuborgani haqida ma'lumotlar bor . Bugungi kungacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr « Avestovning tilini bilmagani , uni o'qiy olmagani sababli bu kitobning qadr qimmatini tushunmagan va uni yoqish to'grisida ko'rsatma bergan , degani fikrlarni bayon etadilar . Aslida unday emas . Bu - tarixiy haqiqatni , harchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo'lsa - da , xaspushlashga urinishdan boshqa narsa emas . Negaki , Aleksandr o'z zamonida fanlarning otasi deb nom olgan falsafani fan darajasiga ko'targan , buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta'lim olgan edi . Binobarin , Shox Filippning o'g'li Aleksandri savodsiz , kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta'riflash tarix haqiqatiga to'g'ri kelmaydi .

6. Falsafa insonning ijtimoiy mohiyatini ochib berish bilan birga,


uning tabiatga munosabatini, jamiyatning tabiat bilan chambarchas
bog'liqligini ham asoslab beradi. Inson tabiatga uni o'ziga bo'ysundirish, ustidan hukm ronlik qilish m aqsadidagina munosabatda bo'lmasdan, kelajakni o‘ylab, oqilona yondashishi lozim. Chunki, tabiat inson uchun faqat moddiy boyliklar manbayi bo'lib qolmay, balki uning ma’naviy ehtiyoji, ruhiy olami, hissiyot dunyosini qondiradigan sarchashma hamdir. Tabiatni anglash tufayli inson o'zini bu yorug' damning oliy ne’mati ekanligiga ishonch hosil qiiadi, tabiat oldidagi o'z mas’uliyatini ham teranroq anglaydi. Bu ishonch unda ma’naviy boy, ruhan pok bo'lish ehtiyojini tug'diradi. Falsafani o'rganish kishilarda faqat nazariy fikr yuritish qobiliyatinigina shakllantirib qolmay, balki ularning keng fikr doirasiga ega bo‘lishi, axloqiy jihatdan kamol topib, yuksak saviyali bo‘Iishga ham olib kelgan. Falsafaning bu tarbiyaviy funksiyasi mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi sharoitida yanada ravshanroq o'z ifodasini topmoqda. Islom Karimov O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirining savollariga (1999-yil iyun oyida) bergan javoblarida quyidagi fikrlarni aytgan edi: „Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz — jamiyatimiz a ’zolarini, avvalambor voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g ‘oya, milliy mafkura, o ‘z Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat Falsafa kishilarni yuksak g‘oyaviylik, mustahkam e’tiqodlilik ruhida tarbiyalashda, ularda ilmiy dunyoqarashni qaror toptirishda muhim rol o'ynaydi. Falsafani о‘rganish va uni egallash kishilarga jamiyatda sodir bo'ladigan real jarayonlarni, voqea-hodisalarni chuqur bilish, ularni ilmiy tahlil qilish, xolis baholash, to'g'ri
umumlashtirib, hayotiy xulosalar chiqarish uchun juda kata ahamiyatga ega.
Download 29.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling