1-mavzu insonga e’tibor va sifatli ta’lim – yangi o‘zbеkistonda ustuvor yo‘nalish davlatimiz rahbari Oliy Majlis va


Download 490.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.04.2023
Hajmi490.26 Kb.
#1342485
  1   2   3   4
Bog'liq
1 - мавзу



https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
1-mavzu 
 
INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM – YANGI O‘ZBЕKISTONDA 
USTUVOR YO‘NALISH 
Davlatimiz 
rahbari 
Oliy 
Majlis 
va 
O‘zbekiston 
xalqiga 
Murojaatnomasida yakuniga yetayotgan yilni sarhisob etdilar. Shuning 
barobarida kelgusi yilda mamlakatimizni taraqqiy ettirishning ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilab berdilar. 
Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun boshqaruv 
ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o‘zgarishi kerakligini, «Avval – inson, 
keyin 
– jamiyat va davlat» degan g‘oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga, 
kundalik hayotimizga sin
gdirishimiz kerakligini alohida ta’kidladilar. 
Avvalambor, 
ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif 
qildilar. Bu borada Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 
hukumatning ish uslubi tubdan takomillashtirilishi, vazirlik va idoralar soni 
hozirgi 61 tadan 28 taga kamaytirilishi ko‘zda tutilgan. Davlat xizmatchilari soni 
bosqichma-bosqich 30
–35 foizga qisqartirilib, iqtisod qilinadigan mablag‘lar 
ijtimoiy masalalarga yo‘naltiriladi. «Imom Moturidiy bobomizning: «El-u yurt 
bilan hamdard bo‘lib yashagin, toki xalq hamisha sen bilan birga bo‘lgay», 
degan hayotiy hikmati har bir vazir, har qaysi rahbarning ongi, qalbi va 
harakatida muhrlanishi lozim», – deya ta’kidladilar Yurtboshimiz. 
Ikkinchi yo‘nalish, Yangi O‘zbekistonni «ijtimoiy davlat» tamoyili asosida 
qurish maqsadini o‘z ichiga oladi. Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda 


https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 
kelgusi yilda eng asosiy vazifalardan biriga aylanadi. Jumladan, 
boshlang‘ich 
sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish 
yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchilarning maktabdan o‘zbek tili va chet tillarini puxta 
o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishiga, ularda erkin va kreativ 
f
ikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida 
e’tibor qaratiladi. 

Download 490.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling