1-mavzu. “Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari


Download 74.99 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi74.99 Kb.
#1413067
  1   2   3
Bog'liq
1-мавзу. Маъруза матни (1)


1-mavzu. “Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari


1. “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi
Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. Bunday sharoitda “Iqtisodiy xavfsizlik” fanini o’rganishning ahamiyati yanada oshadi.
Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti - bir tomondan iqtisodiy tizimning obyektiv himoyalanish hususiyatlari, unga xavf soladigan kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini, ikkinchi tomondan, davlatning himoyachi sifatidagi funksiyalari, shu maqsadda tashkil etiladigan institutlarni.
Iqtisodiy xavfsizlik” fanining obyekti - mamlakat iqtisodiyoti va unda amalga oshadigan jarayonlar. Iqtisodiy xavfsizlik o‘rganadigan obyektlarga quyidagilar kiradi: tabiiy boyliklar; inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi; ishlab chiqarish fondlari; ko‘chmas mulk; moliyaviy resurslar; xo‘jalik tizimlari; mintaqalar; oila; inson.
Iqtisodiy xavfsizlik” fanining maqsadi - davlat, jamiyat va shaxsning muhim xayotiy manfaatlarini tan olgan xolda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Iqtisodiy xavfsizlik” fanining vazifalari:

    • milliy xavfsizlik asoslari va ustuvorliklarini tushuntirish;

    • iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va yo‘llarini ko‘rsatib berish;

O‘zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga bo‘ladigan tahdidlarni hisoblash va taxlil qilish imkonini beradigan bilimlarni shakllantirish va h.k.

  1. Xavfsizlik” va “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchalarining mohiyati

XX asr oxirlariga kelib, “xavfsizlik” va “milliy xafsizlik” tushunchalari tez-tez qo’llanila boshlandi. Bu insoniyat rivojlanishining murakkablashuvi, yadro, atom va boshqa ommaviy qirg’in qurollarining keng tarqalishi, ekologik vaziyatning og’irligi, yangi xavfli kasalliklarning vujudga kelishi, terrorizm xavfining kuchayishi, totalitar tuzum yemirilgandan keyin dunyoning qarama-qarshi qutblarga bo’linishi barham topgandan keyingi davlatlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, ularda bozor islohotlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Dunyodagi bunday o’zagarishlar xavfsizlik, umumiy va milliy xavfsizlik muammolariga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.
Xavfsizlik tushunchasi o’zining obyektlari va subyektlari nuqtai nazaridan turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ammo hozirgi davrda bu tushunchaning umumlashgan shakli milliy xavfsizlik deb ataladi.




Ijtimoiy-madaniy soha



Download 74.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling