1-mavzu. Iqtisodiyotga kirish. Iqtisodiy tizim turlari
Download 19.67 Kb.
|
1-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH. IQTISODIY TIZIM TURLARI.
1-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH. IQTISODIY TIZIM TURLARI 1. Quyidagi iqtisodiy oqimlarni ular paydo bo‘lishini tarixiy ketma ketlikda joylashtiring: keynschilik, fiziokratlar, marjinalizm, klassik oqim, neoklassik oqim, merkantilizm. 2. Quyidagi bog‘liqliklarni ko‘rib chiqing: A) daromad va ta’lim olish; B) past daromad va ko‘p bolalik; V) ish haqining o‘sishi va mamlakatda narx umumiy darajasining o‘sishi; G) bozorda tovar taklifining o‘zgarishi va shu tovar narxining o‘zgarishi. Bu yerda sabab nima va oqibat nima? Sabab va oqibatning o‘rni almashsa bo‘ladimi? 3. Markazlashgan rejali, an’anaviy va bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatlar uchun umumiy bo‘lgan muammolar mavjudmi? 4. a) «Nima ishlab chiqarish?» degan savol resurslarning cheklanganligi sharoitida paydo bo‘lib, xususiy biznesga taaluqlidir. b) «Qanday ishlab chiqarish kerak» degan savol ko‘p sonli mehnatga layoqatli aholisi bor jamiyat uchun taaluqli emas. v) «Kim uchun ishlab chiqarish kerak?» degan savol markazlashgan rejali iqtisodiyot uchun aktual emas. Savolning bu tarzda qo‘yilishiga qo‘shilasizmi? Har bir punktga bergan javobingizni asoslang. 5. Insonlarning cheksiz ehtiyojlari resurslar kamyobligini belgilaydi. Siz bu ko‘rsatmaga qo‘shilasizmi? Javobingizni asoslang. 6. «Vaqt – bu pul» degan fikr Bendjamin Franklinga tegishlidir. O‘z sharxingizni bering. 7.«Iqtisodiy tizim» - .... Ta’rifni davom ettiring. 8. Iqtisodiy tizim turlarini davriy ketma-ketlikda yozing: -bozor iqtisodiyoti; -buyruqli iqtisodiyot; -aralash iqtisodiyot; -an’anaviy iqtisodiyot. 9. Formatsiyalarni to‘ldiring: -Quldorlik, kapitalizm. 10. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga yoki bir xil ishni bajaruvchilar mehnati qaysi texnologik shaklga tegishli? 11. Turli iqtisodiy tizimlar iqtisodiyotning asosiy muammolarini qanday yechadilar? 12. Har bir tizim avvalgisiga qaraganda samaraliroqdir. Izoh bering. Monostrukturali va polistrukturali tizimlar ma’nosini tushuntirib bering. Download 19.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling