TEST SAVOLLARI
#Quyidagi iqtisodiy oqimlarni ular paydo bo‘lishini tarixiy ketma ketlikda joylashtiring: keynschilik, fiziokratlar, marjinalizm, klassik oqim, neoklassik oqim, merkantelizm.
-merkantelizm, fiziokratlar, klassik oqim, keynschilik, neoklassik oqim, marjinalizm,
-marjinalizm, klassik oqim, keynschilik, fiziokratlar, merkantelizm, neoklassik oqim;
-merkantelizm, keynschilik, marjinalizm, klassik oqim, fiziokratlar, neoklassik oqim;
-keynschilik, fiziokratlar, marjinalizm, klassik oqim, neoklassik oqim, merkantelizm.
# Iqtisodiyotning bosh masalasi va doimiy muammosi:
-nima, qanday, qancha va kim uchun ishlab chiqarish;
-ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qancha ishchi kuchi sarflash kerak;
- davlatning milliy daromadini qanday oshirish mumkin;
- to‘g‘ri javob yo‘q.
# Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?
- ijtimoiy munosabatlarni o‘rganish;
-iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganish;
- huquqiy munosabatlarni o‘rganish;
- tabiiy jarayon va hodisalarni o‘rganish.
4. Ehtiyoj - bu........
-talab;
- hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyat;
- iste’mol jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vosita;
- to‘g‘ri javob yo‘q.
#Ishlab chiqarishning asosiy omillari:
-xom-ashyo va ishlab chiqarish texnologiyasi;
-mehnat va ishlab chiqarish resurslari;
-ishchi kuchi, kapital, er va tadbirkorlik qobiliyati;
-hamma javoblar to‘g‘ri.
# Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?
-ishlab chiqarish natijalari kapital sarflari bilan taqqoslanadi;
-ishlab chiqarish natijalari umumiy sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi;
-ishlab chiqarish natijalari aylanma mablag‘lar bilan taqqoslanadi;
- barcha javoblar to‘g‘ri.
#Iqtisodiy qonun:
-doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha;
-iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi;
-ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi vaqtinchalik, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi;
-iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, beqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |