Test savollari #Quyidagi iqtisodiy oqimlarni ular paydo bo‘lishini tarixiy ketma ketlikda joylashtiring: keynschilik, fiziokratlar, marjinalizm, klassik oqim, neoklassik oqim, merkantelizm


# Quyidagilardan qaysi biri mulk obyektiga kirmaydi?


Download 245.28 Kb.
bet17/17
Sana31.01.2024
Hajmi245.28 Kb.
#1820208
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
test iqtisodiyot nazariyasi kalitsiz

# Quyidagilardan qaysi biri mulk obyektiga kirmaydi?
- tabiiy boylik
- ishlab chiqarish vositalari
- intellectual boylik
- davlat
# Quyidagilardan qaysi biri mulk subyektiga kirmaydi?
- Davlat
- Korxona
- Chet elliklar
- Insonning mehnat qilish qobiliyati
# Ayirboshlashning necha xil turi bor?
- 2xil
- 3xil
- 4 xil
- 5 xil
# Insonning aqliy va jismoniy qobiliyati nima deb ataladi?
- ishchi kuchi
- kapital
- intellect
- mehnat
# Ishchi kuchi bilan mehnat resurslarini bir-biridan nima farqi bor?
- ikkalasi bir xil tushuncha
- Ishchi kuchi bu mehnat qilish layoqati, mehnat resurslari esa ishchi kuchining qonunan yosh bilan chegaralangan qismi
- Mehnat resurslari bu mehnat qilish layoqati, ishchi kuchi esa mehnat resurslarining qonunan yosh bilan chegaralangan qismi
- to’g’ri javob yo’q
# Bozor iqtisodiyotini xarakatga soluvchi vosita xili?
- Raqobat
- Ish kuchi
- Tovarlarning xilma-xilligi
- Manfaatlarning ustunligi 
#Quyidagi ko’rsatilganlardan kaysi biri O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishda asosiy tamoyillariga xos emas?
- Revolyusion sakrashlar orqali tezlik bilan o’tishi
- Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi
- Qonunlarning barcha narsalardan ustun turishi
- Bosqichma-bosqich utishni ta'minlash 
#Bozor – bu …
- Ishlab chiqaruvchi va iste'molchilar o’rtasidagi aloqalarni tovar-pul orqali tashkil etilishidan iborat munosabatlar yig’indisi
- Davlat korxonalari va jamoa xo’jaliklari o’rtasidagi munosabatlar
- Fermer xujaliklari va jamoa xo’jaliklari o’rtasidagi munosabatlar
- Ijaraga beruvchilar va ijaraga oluvchilar o’rtasidagi munosabatlar 
#Bozor ob'ektining tarkibiga quyidagilardan nimani kiritish mumkin emas?
- yer, suv, tabiiy boyliklar
- Iste'mol tovarlari
- Ishlab chiqarish vositalar bo’lgan tovarlar
- Aqliy mexnat maxsuli bo’lgan tovarlar 
# Bozorning sub'ektlari – ishtirokchilari kimlar?
- Sotuvchilar va xaridorlar
- Dillerlar
- Tovar birjalari
- Savdo dukonlari 
# Bozorning vazifalariga quyidagilardan kaysi biri kirmaydi?
- Iste'molchilarga tovarlarni reklama kilish
- Ishlab chiqarish Bilan iste'molni boglash
- Tovarni qiymat shaklidan pul shakliga aylantirish
- Iqtisodiyotni tartibga solishda ishtirok etish 
# Bozorning yetuklik darajasiga qarab qanday darajalarga bo’lish mumkin?
- Xozirgi zamon rivojlangan bozori
- Tartiblanadigan bozor
- Rejalashtiriladigan bozor
- Kapitalistik bozor 
# Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun qoidalari asosida tashkil etiladigan iqtisodiy tizim bu?
- bozor iqtisodiyoti
- iqtisodiyot
- iqtisodiy munosabatlar
- hammasi to’g’ri
# Iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy tarkib birlik?
- uy xo’jaliklari
- tadbirkorlik sektori
- davlat sektori
- bank
# Iqtisodiyotning daromad olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo’gin?
- uy xo’jaliklari
- tadbirkorlik sektori
- davlat sektori
- bank
# O’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan. Iqtisodiyotni tartibga solish bilan shug’ullanuvchi sektor?
- uy xo’jaliklari
- tadbirkorlik sektori
- davlat sektori
- bank
# Iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi muassasa?
- uy xo’jaliklari
- tadbirkorlik sektori
- davlat sektori
- bank
# Bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari berilgan qatorni toping?
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish
-raqobatni kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va uni hatto rag’batlantiradi
- jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikni kuchayib borishi
- to’g’ri javob yo’q
# Bozor iqtisodiyotining ziddiyati berilgan qatorni toping?
- raqobatni kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va uni hatto rag’batlantiradi
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash
- turli tuman ehtiyojlarni qondirish
# Zamon va makonda amal qilinadigan iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik yuritish mehanizmi va iqtisodiy muassasalarning o’zaro uzviy bog’liqlik asosida tarkib topgan yaxlit tuzilma qanday nomalanadi?
- Iqtisodiy tizim
- Iqtisodiy jarayoni
- Ishlab chiqarish modeli
- To’g’ri javob yo’q
# Davlatning iqtisodiyot ustidan qattiq nazorat o‘rnatishga asoslangan, Ishlab chiqarish vositalari, barcha jamiyat a‘zolariniki deb, e‘lon qilingan iqtisodiy jamiyat qanday tizimdir?
- sotsialistik jamiyat
- ijtimoiy jamiyat
- industrial jamiyat
- barcha javoblar to’g’ri
# Bozor mexanizmi bilan tartibga solinadigan xususiy ishlab chiqarish, davlat tomonidan tartibga solish bilan to‘ldiriladigan iqtisodiyot ….
- buyruqli iqtisodiyot
- bozor iqtisodiyot
- Aralash iqtisodiyot
- barcha javoblar to’g’ri
# Mulkchilik jamiyatdagi qanday munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi?
- siyosiy, iqtisodiy
- Siyosiy, ma’naviy
- huquqiy, iqtisodiy
- barcha javoblar to’g’ri
# Qaysi xolatlarda mulk «huquqiy» kategoriya sifatida bo’ladi?
- ishlab chiqarishda qatnashib mulkdorga foyda keltirsa
- ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa
- foyda nomasini hisoblashda mulk sifatida qatnashmasa
- barcha javoblar to’g’ri
# Mulkchilik ob’ektlari deganda nimani tushunasiz?
- Mulkka aylangan barcha boylik turlari
- mulkiy munosabatlar ishtirokchilari
- Ishlab chiqarish vositalari
- barcha javoblar to’g’ri
# Qachon mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘ladi?
- Mulk davlatga tegishli bo‘lganda
- jamoa mulki bo’lganda
- mulkni tasarruf qilinganda
- barcha javoblar to’g’ri
# Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya‘ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa qanday mulk buladi?
- huquqiy mulk
- respublika mulki
- jamoa Mulki
- barcha javoblar to’g’ri
# Davlat mulkining xususiylashtirish ikkinchi bosqichi qaysi yillarni o’z ichiga oladi?
- 1995-1997 yillar
-1992-1993 yillar
- 1994-1995 yillar
- barcha javoblar to’g’ri
#Mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar qanday munosabatlarga kiradi?
- ijtimoiy munosabatlar
- iqtisodiy munosabatlar
- mulkchilik munosabatlari
- barcha javoblar to’g’ri
# Joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, qanday mulk hisoblanadi?
- shaxsiy mulk ob’ekti
- xususiy mulk sub’ekti
- davlat mulki ob’ekti
- barcha javoblar to’g’ri
# Aralash mulk qay tarzda paydo buladi?
- jamoa mulkini sotilishi natijasida
- turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida
- shaxsiy mulkning xususiylashtirish natijasida
- barcha javoblar to’g’ri
# Bozor qanday formula orqali ish yuritadi?
- T-P-T
- T-T-T
- P-T-P
- P-T
# Bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni taminlaydigan dastak nima deyiladi?
- Bozor mexanizmi
- bozor obyekti
- bozor subyekti
- to’g’ri javob yo’q
# Ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, Tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktiv nima deyiladi?
- Bozor mexanizmi
- bozor obyekti
- bozor subyekti
- to’g’ri javob yo’q
# Ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi nima deyiladi?
- Bozor mexanizmi
- bozor obyekti
- bozor subyekti
- to’g’ri javob yo’q
# Bozor yetuklik darajasiga qarab necha turga bo’linadi?
- 3
- 4
- 5
- 6
# Unda tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko’proq qo’llaniladi, qanday bozor haqida gap ketyapti?
- rivojlanmagan bozor
- erkin yoki klassik bozor
- rivojlangan bozor
- barcha javob to’g’ri
# Tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular o’rtasida erkin raqobat amal qiladi, qanday bozor haqida gap ketyapti?
- rivojlanmagan bozor
- erkin yoki klassik bozor
- rivojlangan bozor
- barcha javob to’g’ri
# Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi?
- rivojlanmagan bozor
- erkin yoki klassik bozor
- rivojlangan bozor
- barcha javob to’g’ri
# Iste’molchi va bozor o’rtasida vositachilik qiladigan makon nima deb ataladi?
- bozor
- kapital
- davlat
- korxona
# Ilgari bozorlarni ish tizimi ya’ni formulasi qanday bo’lgan?
- T-T
- T-P
- P-T
- P-P
# Bozor qaysi faktorlar orqali shakllandi?
- subyekt va obyekt
- obyekt
- subyekt
- ikkalasi ham emas
# Mahalliy bozorlarga misol keltirilgan qatorni toping.
- Toshkent bozori, Samarqand bozori
- O’zbekiston bozori, Rossiya bozori
- Markaziy Osiyo bozori, Yevropa bozori
- Jahon bozori
# Milliy bozorlarga misol keltirilgan qatorni toping.
- Toshkent bozori, Samarqand bozori
- O’zbekiston bozori, Rossiya bozori
- Markaziy Osiyo bozori, Yevropa bozori
- Jahon bozori
# Hududiy bozorlarga misol keltirilgan qatorni toping.
- Toshkent bozori, Samarqand bozori
- O’zbekiston bozori, Rossiya bozori
- Markaziy Osiyo bozori, Yevropa bozori
- Jahon bozori
# Intellektual tovarlar bozoriga nimalar kiradi?
- Ilmiy g’oyalar
- texnika yangiliklari
- san’at va adabiyot asarlari
- barcha javoblar to’g’ri
# Ulgurji savdo subyektlarini aniqlang.
- fermer xo’jaliklari, davlat
- korxonalar
- fuqarolar
- firmalar
# Chakana savdo subyektlarini aniqlang.
- davlat
- korxona va firmalar
- fermer xo’jaliklari
- barcha javoblar to’g’ri
# Moliya bozoriga nimalar kiradi?
- valyuta, investitsiya
- kapital bozori
- intellectual tovarlar
- a va b javoblar to’g’ri
# Namunalar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasi nima deb ataladi?
- birja
- veksel
- sindikat
- bank
# Tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki firma nima deb ataladi?
- auksion
- broker
- savdo uyi
- auditor
# Qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo’yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli nima deyiladi?
- Tovar birjasi
- fond birjasi
- valyuta birjasi
- mehnat birjasi
# Ishchilar va tadbirkorlar o’rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi birja nima deb ataladi?
- Tovar birjasi
- fond birjasi
- valyuta birjasi
- mehnat birjasi
# Korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o’tkazuvchi muassasa nima deyiladi?
- auditor firma
- supermarket
- savdo yarmarkasi
- savdo uyi
# Muayyan belgilangan vaqtda va joyda o’tkaziluvchi hamda o’tkazilishi jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko’rgazmasi nima deyiladi?
- auditor firma
- supermarket
- savdo yarmarkasi
- savdo uyi
Download 245.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling