1-mavzu: kirish. Mexanika bo’limlari. I-mashg’ulotning maqsadi


Download 493.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.12.2020
Hajmi493.77 Kb.
#164577
  1   2   3
Bog'liq
Lekciya - 1


1-MAVZU: KIRISH. MEXANIKA BO’LIMLARI. 

 

I-MASHG’ULOTNING MAQSADI: 

Talabalarga  fizika  fanining  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi  fizikaning  xozirgi 

zamon  taraqqiyotidagi  o’rni  va  inson  hayotidagi  amaliy  ahamiyati,  fizikaning 

mexanika bo’limi haqida asosiy tushunchalar va bilimlarni berishdan iborat.  



 

 

II.  Mavzu  mazmunining  yoritilishidagi  asosiy  tushunchalari  va 

yoritilish tartibi: 

1.  Kirish: Fizika fanining predmeti.Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi: 

     jamiyat va hayotidagi o’rni va ahamiyati: 

2.  Fizikaning mexanika bo’limi haqida: 



3.  Moddiy nuqtaning harakati.  

 

III. Mashg’ulot uchun zaruriy jihoizlar va namoyishlar: 

a.jihozlar:spidometr,bolalarning  burama  mashina  o’yinchog’i,  zaruriy  jihozlari 

bo’lgan aylanuvchi doira, plakatlar va hakozolar. 

b.namoyishlar:  to’g’ri  chiziqli  va  egri  chiziqli  harakat,  tekis  va  notekis  harakat, 

to’g’ri chiziqi tekis o’zgaruvchan harakat. 

 

IV.Mavzuning qisqacha mazmuni (ma’ruza matni) 

Tabiatni hech kim yaratmagan, tabiat har doim mavjud bo’lgan  va har doim 

mavjud  bo’ladi.  Tabiat  uzluksiz  o’zgarib  turadi  yoki  harakatda  bo’ladi:  planetalar 

va  yulduzlar  harakatlanadi,  daryolar o’zanlarini  o’zgartiradi,  bahorda  qor eriydi , 

o’simliklar va hayvonlar o’sadi va rivojlanadi. 

Inson o’z aqli va mehnati tufayli tabiatga o’zgarish kiritadi. Inson shahar va 

qishloqlar  yaratdi,  fabrika  va  zavodlar  qurdi,  yerni  ekinzorlarga  aylantirdi,  turli 

mashinalar ixtiro qildi. Inson tabiatni bilishi natijasida fanlar bo’ldi. 

Fizika predmeti deb, tabiat hodisalarini,  modda va  maydon xossalari hamda 

qonuniyatlarini  o’rgatuvchi  fanga  aytiladi.Boshqacha  qilib  aytganda  “Fizika”  fani 

deb materiya harakatning mexanika va fizik shakllarini o’rgatuvchi fanga aytiladi. 

 

Materiya  harakatning  quyidagi  fizik  turlari  mavjud:  mexanik,  malekulyar, 



issiqlik, elektr, elektromagnit, atom va yadrolar ichidagi materiyalar harakatlari. 

 

Shunday qilib, zamonaviy  fizik  materiya  harakatining  turli  fizik shakllarini, 



ularning  o’zaro  bir-biriga  aylanishi  shuningdek,  modda  va  maydon  xossalarini 

o’rgatadi. 

 

Fizika 


yunoncha 

“phusis”-tabiat 

degan 

so’zdan 


olingan 

bo’lib,tabiatshunoslik  degan  ma’noni  bildiradi.Fizika  fanini  (kitobini)  birinchi 

bo’lib  qadimda  yunon  mutafakkiri  Aristotil  (eramizdan  avvalgi  384-322  yil) 

o’zining 8 tomli kitobida bayon etgan. 

    

Texnika va tabiatdagi yangi-yangi hodisalarning  kashf qilinishi va ularning 



amalda  qo’llanilishi  natijasida  fizikadan  fizik-ximya,  astrofizika,  geofizika, 

biofizika va hakozalar shu kabi mustaqil fanlar ajralib chiqadi. 

 

Asrimiz  fizikasining  katta  yutuqlaridan  biri-kosmosni  o’rganish  natijasida 



yuzaga kelgan kosmofizika fanidir. 

Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo’lib, u jonsiz tabiatning qonunlarini 

o’rganadi. Tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar ma’lum qonunlar asosida 

ro’y  beradi.  Bu  qodisalar  va  ularning  qonuniyatlari  orasidagi  bog’lanishni 

o’rganish  qar  bir  fanning  asosiy  vazifasidir.  Fizika  sohasiga  asosan  jismlarning 

o’zaro ta’siri va ularning harakat qonunlari qamda elektromagnit va yorug’lik bilan 

bog’langan  hodisalar,  atom  va  uning  yadrosini  o’rganish  kiradi.  Ammo  fizika 

fanining  aniq  chegarasini  hozirgi  vaqtda  ko’rsatish  qiyin.  CHunki  har  bir  yangi 

ochilgan va ochilayotgan kashfiyotlar – fizikaning qo’llanish chegaralarini yanada 

kengaytirmokda deb aytish mumkin. Fizikaning asosiy qonunlarini bayon etishdan 

avval ba’zi fizik tushunchalar bilan tanishamiz. 



Fizik  hodisa:  Fizik  hodisa  yoki  fizik  jarayon  deb  berilgan  jismlarda  vaqt 

o’tishi  bilan  ma’lum qonuniyatlar asosida  sodir bo’ladigan o’zgarishlarga aytiladi. 

Bu o’zgarishlar o’lchov vositasida miqdoriy baholanadilar. 

Fizik  tajriba:  Jismlar  bilan  bog’liq  bo’lgan  o’zgarishlar  kuzatish  yoki 

laboratoriyalarda  amalga  oshiriladigan  maxsus  tajribalar  orqali  o’rganiladi. 

Tajribalarda  olingan  xulosalar  u  yoki  bu  fizik  hodisaning,    jarayonning 

honuniyatlarini ochishga yordam beradi. 



Fizik  o’lchashlar,  fizik  kattaliklar:  Fizikada  aniq  o’lchashlar  asosiy  rol 

o’ynaydi.  Bu o’lchashlarda  fizik kattaliklar aniqlanadi.  Fizik  kattaliklarga misollar 

sifatida  kuch,  tezlik,  tezlanish  va  boshqa  kattaliklarni  keltirish  mumkin.  Fizik 

kattaliklar  jismning  xossasini  yoki  fizik  jarayonning  xarakteristikasini  ifoda 

etadilar  va  ularni  aniq  miqdoriy  tomonidan  o’lchash  mumkin.  Fizik  kattaliklarni 

o’lchaganda ularni birlik deb qabul qilingan kattalikka nisbatan solishtirib, miqdoriy 

belgilanadi.  Fizikadagi  barcha  ilmiy  ishlarda  fizik  kattaliklarni  aniq  o’lchash 

tajribaning asosiy qismi hisoblanadi. 



Fizik  qonunlar:  Barcha  hodisalar  va  jarayonlar  o’zaro  bir-biri  bilan 

bog’langan  holda  sodir  bo’ladi.  Kuzatish  va  tajriba  yo’li  bilan  bu  bog’lanishlar 

qonuniyatlari  aniqlanadi  va  ulardan  umumiy  xarakterga  ega  bo’lgan  qonuniyatlar 

fizik qonunlarni tashqil etadi. Har bir fizik hodisa tekshirilganda bu fizik qonunlar 

asos qilib olinadi. 

 MODDIY NUQTANING HARAKATI 

Jismlarning  yoki  bir  jism  qismlarining  fazoda  bir-biriga  nisbatan  siljishiga 



mexanik harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini o’rganganda ko’pincha 

ularning shakllari va o’lchamlarini hisobga olmasa ham bo’ladigan hollar uchraydi. 

Bunday  sharoitlarda  jismni  moddiy  nuqta  deb  qarash  mumkin.  Masalan,  bir  bola 

uyidan  maktabgacha  ma’lum  masofa bosib o’tsa, bolaning  harakatini o’rganganda 

uni  moddiy  nuqta  deb  qarash  masalani  osonlashtiradi.  Lekin  shu  bola  qo’l  va 

oyoqlarini  qimirlatib  gimnastika  bilan  shug’ullansa,  uni  endi  moddiy  nuqta  deb 

qarash  mumkin  bo’lmaydi.  Xuddi  shunday  yerning  Quyosh  atrofida  aylanishini 

o’rganganda yerni moddiy 



 

nuqta deb qarash  mumkin, lekin yerni o’z o’qi atrofida 

sutkalik  aylanishini  ko’rganda  yerni  moddiy  nuqta  deb  qarash  mumkin  emas. 

Demak, moddiy nuqta deb ko’rilayotgan masalada shakli va o’lchamlarini hisobga 

olmaslik mumkin bo’lgan jismga aytiladi.  

Jismning  vaziyatini  yoki  harakatini  har  doim  boshqa  jismga  nisbatan 

ko’riladi,  shu  sababli  oxirgi  jismni  sanoq  jismi  deyiladi.  Fizikada  sanoq  sistemasi 


sifatida koorditanatalar sistemasi ishlatiladi. Masalan, o’zaro tug’ri burchak ostida 

bo’lgan  uch  o’qli  koordinata  sistemasi  olinadi,  bu  o’qlarni  x,  y,  z  harflari  bilan 

belgilanadi.  Bunday  koordinata  sistemasini  fransuz  olimi  Dekart  kiritgan.  YAna 

boshqa koordinatalar sistemalari ham mavjud. 



 

 

1.2-MAVZU: KINEMATIKA ASOSLARI. 

 

I-MASHG’ULOTNING MAQSADI: 

Talabalarga  fizika  fanining  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi  fizikaning  xozirgi 

zamon  taraqqiyotidagi  o’rni  va  inson  hayotidagi  amaliy  ahamiyati,  fizikaning 

mexanika bo’limi haqida asosiy tushunchalar va bilimlarni berishdan iborat.  



 

 

II.  Mavzu  mazmunining  yoritilishidagi  asosiy  tushunchalari  va 

yoritilish tartibi: 

1.  Kinematika asoslari:moddiy nuqta, sanoq sistemasi,ko’chish, 

2.  To’g’ri chiziqli tekis harakat, tezlik. 

3.  To’g;ri chiziqli o’zgaruvchan harakat, tezlanish, 

4.  Tekis aylana harakat, burchak va tezlik,  

5.  Markazga intilma tezlanish. 



 

III. Mashg’ulot uchun zaruriy jihoizlar va namoyishlar: 

a.jihozlar:spidometr,bolalarning  burama  mashina  o’yinchog’i,  zaruriy  jihozlari 

bo’lgan aylanuvchi doira, plakatlar va hakozolar. 

b.namoyishlar:  to’g’ri  chiziqli  va  egri  chiziqli  harakat,  tekis  va  notekis  harakat, 

to’g’ri chiziqi tekis o’zgaruvchan harakat. 

 

IV.Mavzuning qisqacha mazmuni (ma’ruza matni) 

 

Moddiy  nuqta  harakatini  shu  harakatni  vujudga  keltirgan  sababisiz 



o’rganadigan  mexanikaning  bo’limiga  kinematika  deyiladi.  Kinematikada 

mexanik  harakatlarni  karab  chikish  uchun  traektoriya,  yo’l,  ko’chish  kabi 

tushunchalardan  foydalaniladi. Moddiy  nuqta harakati davomida chizgan chiziqqa 

traektoriya deyiladi. Agar traektoriya tug’ri chiziqdan iborat bo’lsa, harakat to’g’ri 

chiziqli harakat deb ataladi. Traektoriya egri chiziqdan iborat bo’lsa, bunday harakat 

egri  chiziqli  harakat  bo’ladi.  Traektoriya  aylanadan  ham  iborat  bo’lishi  mumkin. 

Bunday holda moddiy nuqta aylana bo’ylab harakat sodir etyapti deyish mumkin.  

 

Moddiy  nuqtaning  traektoriya  bo’ylab  harakati  davomida  bosib  o’tgan 



masofaga  yo’l  deyiladi.  Yo’l  yo’nalishi  bilan  xarakterlanmaydi.  Fizikada  bunday 

kattaliklarni  skalyar  kattaliklar  deyiladi.  Yo’l—skalyar  kattalik.  Agar  moddiy 

nuqta  bir  nuqtadan  ikkinchi  nuqtaga  qarab  harakat  qilsa,  shu  nuqtalarni 

birlashtiruvchi  va  1-nuqtadan  2-nuqtaga  yo’nalgan  to’g’ri  chiziqqa  ko’chish 

deyiladi. 

Fizikada  yo’nalish  bilan  xarakterlanadigan  fizik  kattaliklarga  vektor 



kattaliklar deyiladi. Ko’chish - vektor kattalikdir.  

Endi  kinematikada  ko’riladigan  ikki  asosiy  fizik  kattaliklar—tezlik  va 



tezlanishni ko’rib chiqamiz. 

 Biz  hayotda  tezlik  deganda,  vaqt  birligida  bosib  o’tgan  yo’lni  tushunamiz. 

Agar  teng  vaqtlar  oraliqlarida  moddiy  nuqta  teng  yo’l  yursa,  bunday  harakatga 


tekis harakat deyiladi va harakat to’g’ri chiziqli bo’lsa, tekis harakat tezligi uchun 

quyidagi formulaga ega bo’lamiz. 

  

t

S



 ,            (1.1) 

bunda, S - bosib o’tilgan yo’l, t – vaqt. 

                                       

Definition of velocity 

The velocity of an object at any given moment is the slope of the tangent 

line through the relevant point on its x-graph.One interpretation of this definition 

is that the velocity tells us how many meters the object would have traveled in one 

second, if it had continued moving at the same speed for at least one second. To 

some people the 

graphical nature of this definition seems “inaccurate” or “not mathematical.” The 

equation v=x/by itself, however, is only valid if the velocity is constant, and so 

cannot serve as a general definition. 

1

[1] 



Odatda,  fizikada  tezlik  deganda  moddiy  nuqtaning  traektoriya  bo’ylab 

ko’chish  tezligini  va  har  bir  momentdagi  nuqtaning  harakat  yo’nalishini 

xarakterlovchi fizik kattalik tushuniladi. SHu sababli traektoriyaning har bir nuqtasi 

uchun oniy tezlik tushunchasi kiritilgan. Oniy tezlikni topish uchun x, u koordinata 

o’qlari  tekisligida  biror  harakatning  traektoriyasini  quramiz  va  bu  traektoriyaning 

cheksiz kichik biror dl qismiga mos bo’lgan ds ko’chishni ajratib, unga koordinata 

boshidan  r

1

  va  r





  radius-vektorlarni  o’tkazamiz.  Endi  ds  ko’chishni  shu  ko’chish 

sodir  bo’lgan  dt  vaqt  oralig’iga  bo’lib,  traektoriyaning  shu  nuqtasi  uchun  oniy 

tezlikni topamiz. 

dt

dS

t

S

V

t





0

lim



.            

 

(1.2) 



Bu  yerda  ,     V  —  oniy  tezlik,    ds  —  cheksiz  kichik  ko’chish,    dt  —  vaqt  oralig’i. 

Demak,  tezlik  moddiy  nuqtaning  radius-  vektoridan  vaqt  bo’yicha  olingan 

hosilasiga  teng  ekan.  Tezlik  V  traektoriyaga  urinma  bo’ylab  yo’nalgan  bo’ladi. 

Xalqaro Birliklar Sistemasi da tezlik birligi m/sSGS sistemada sm/s.  YAna tezlik 

amaliyotda km/soat birlikda ham o’lchanadi. 

 

 

                                                        



1

 Benjamin  Crowell.Newtonian  physics.  p-21 





α 







(1.1) 


(1.2) 

 

 

To’g’ri chiziqli tekis harakatda yo’llarni qo’shish quyidagicha (1.3 rasm) 



 

 

n



S

S

S

S



...



2

1

            



1



2

S

S

2

2



S

 

To’g’ri chiziqli harakatda tezliklarni qo’shish quyidagicha (1.4-rasm) 



 

 

n



V

V

V

V



...



2

1

 



2

1

V



V

V



 



сos

V

V

V

V

V

2

1



2

2

1



2

2

2





 

2



2

2

1



v

v

V



 

 

 



 

 

 



 

      To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan  harakat deb, traektpriyasi to’g’ri chiziqdan 

iborat  bo’lgan  va  teng  vaqtlar  oralig’ida  har  xil  masofalar  o’tiladigan  harakatga 

aytiladi.  

Under conditions of constant  acceleration, we can relate velocity   and time, 

                                                        

 

or, as in the example 1, position and time, 



 

                                               

2

 [2]


 

Moddiy  nuqtaning  tezligi  vaqtning  funksiyasidir.  Shu  sababli  tezlikdan  vaqt 

bo’yicha olingan hosila tezlanish ni beradi: 

2

2



dt

S

d

dt

dV

W



 .

 

       (1.3) 

Tezlanish ham vektor kattalikdir. Tezlanishning XBS dagi birligi  m/s



2

.  

                                                        

2

 Benjamin  Crowell.Newtonian  physics.  p-25 



(1.4) 

1

V

 

V



 

2



V

2



V

 



α 



2

S

 



S

 



1

S

 



(1.3) 


Endi  egri  chiziqli  harakatda  tezlik  va  tezlanishni  ko’ramiz.  Egri  chiziqli  harakatda 

tezlik  vektori  ham  qiymat  bo’yicha,  ham  yo’nalish  bo’yicha  o’zgarib  turadi.  SHu 

sababli tezlanish harakat yo’nalishi bilan bir xil bo’lmaydi. Tezlanish W vektorini 

egri c                                   



Newton's First Law 

If the total force on an object is zero, its center of mass continues in the same state 

of motion. 

3

 



hiziqli  harakatda  ikki  o’zaro  perpendikulyar  tashqil  etuvchilarga  ajratish 

mumkin:   



tangensial  tashqil  etuvchi  W

t

    va  normal  tashqil  etuvchi  W

n

  .  Tangensial 

tashqil etuvchi egri chiziqqa  urinma bo’ylab yo’nalgan bo’ladi  va quyidagiga teng 

bo’ladi: 

W

t

 =

dt

dV

 ,             (1.4) 

 bu yerda, V— chiziqli tezlik,  t— vaqt. 

Tezlanishning  normal  tashqil  etuvchisi  W

n

  egrilik  markaziga  yo’nalgan 

bo’ladi va matematik ravishda shunday ifodalanadi: 



W

n

 =

R

V

2

,                 (1.5) 

bunda,  — egrilik radiusi. 

Agar  moddiy  nuqta aylana bo’ylab tekis  harakat qilayotgan bo’lsa, burchak 

tezlik 

  bilan  xarakterlanadi,  Burchak  tezlik 



  matematik  ravishda  shunday 

ifodalanadi: 





t



 ,              (1.6) 

bunda, 


- radius-vektorning burilish burchagi t - vaqt. CHiziqli tezlik va burchak 

tezlik 

 shunday bog’langan: 



V=

R



    .              (1.7) 

Moddiy  nuqtaning  bir  marta  aylanishi  uchun  ketgan  vaqtga  aylanish  davri 

deyiladi  va  T  bilan  belgilanadi.  Vaqt  birligidagi  aylanishlar  soni  aylanish 

chastotasi  deb  ataladi  va  p  bilan  belgilanadi.  Aylanish  davri  T  va  aylanish 

chastotasi p quyidagicha bog’langan: 



T=

n

1

    .     (1.8) 

 

Burchak tezlik 



 va aylanish davri T  o’zaro quyidagicha ifodalanadi: 

                         

 

 





T

2

   .        



 

    (1.9) 

Moddiy nuqta aylana bo’ylab notekis harakatlansa, chiziqli tezlik bilan birga 

burchak  tezlik 

  ham  o’zgaradi.  SHu  sababli  burchak  tezlanish 



  tushunchasi 

kiritiladi. U shunday ifodalanadi: 



=

dt

d



    .                     (1.10) 

                                                        

3

 Benjamin  Crowell.Newtonian  physics.  p-32 



 

 

Burchak    tezlik   



  va      burchak    tezlanish     



  vektor      kattaliklardir. 

Burchak  tezlik   

    ning  yo’nalishi  parma  qoidasi  bilan  topiladi.  Agar  burchak 

tezlik 

 vaqt o’tishi bilan oshsa, 



 va 


  yo’nalishi bir xil, 



  vaqt o’tishi  bilan  

kamaysa,  

   va 


 yo’nalishi  qarama-qarshi bo’ladi. 



 

NAZORAT SAVOLLARI: 

1.Fizika fanining predmeti nimadan iborat? 

2.Mexanika nimani o’rgatadi? Uning  asosiy qismlari nimalardan iborat? 

3.Moddiy nuqta deb nimaga aytiladi? 

4.Mexanika harakat va harakterlovchi kattaliklar. 

5. Mexanik  harak  traektoriyasining shakliga, yo’liga  va ko’chishiga qarab qanday 

turlarga bo’linadi? 

6.To’g’ri  chiziqli  tekis  harakat  deb  nimaga  aytiladi  va  uni  harakat  tenglamasi 

qanday bo’ladi? 

ADABIYOT 

1.  S.M. Strelkov. «Mexanika». «O’qituvchi», T. 1975y 

2.  S.E. Frish., A.V. Tmoreva. «Fizika olamiga kirish kursi». I tom.  

 «O’qituvchi», T. 1971y 

3.  O. Axmedjonov. «Fizika olamiga kirish kursi». I tom.  

4.  N.A. Sultonov. «Fizika kursi», «Texnika», T. 2002y 

5.  G. Abdullayev. «Fizika». «O’qituvchi», T. 1989y 

 


1.3-MAVZU. DINAMIKANING ASOSIY QONUNLARI 

I. MASHG’ULOTNING MAQSADI: 

 

Talabalarga  fizikaning–tabiatning  asosiy  qonuniyatlari  hisoblanish-Nyuton  



qonunlari,  massa  va  kuch,  kuch  momenti,  impul’s  va  uning  saqlanish  qonunlari 

haqida tushunchalar va bilimlar berishdan iborat. 



II. 

MAVZU 

MAZMUNING 

YORITILISHIDAGI 

ASOSIY 

TUSHUNCHALAR VA YORITILISH TARTIBI. 

 1.Nyutonning birinchi qonuni –inertsiya qonuni, inertsial sanoq sistemasi: 

 2.Massa va kuchlar.Nyutonniong II qonuni: 

 3.Gravitatsion doimiy. Kosmik tezliklar  

 4.Harakatning nisbiyligi, nisbiylik prin sipi, (Galileyning nisbiylik prinsipi). 

 5.Noinersial cahoq sistemalarda harakat qonunlari.  Inersiya kuchlari 

 6.Dinomika qonunlarining amalda qo’llanilishi. 


Download 493.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling