1 mavzu: Kirish. O‘qituvchi nutq madaniyati fanining maqsadi va vazifasi


Download 32.31 Kb.
bet1/5
Sana21.06.2023
Hajmi32.31 Kb.
#1644790
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu


1 - mavzu: Kirish. O‘qituvchi nutq madaniyati fanining
maqsadi va vazifasi.
Nutq madaniyati millat ma`naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma`nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasini muhim unsurlaridan biridir. Bugungi kunda nutq madaniyati masalalari o‘qituvchining nutqiy madaniyat mahorati farzandlarimizning madaniy nutq ko‘nikmalari va malakalarini oshirish, ta`lim jarayoninning barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan dolzarbdir.
Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq ya’ni talaffuz urg`u, so`z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tolning tasviriy vositalardan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o`qish va so`zlay olish madaniyatini egallash demakdir. Nutq madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo mavjud til faktlari, ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko`rinishlari va talablari bilan aloqadordir.
Nutq madaniyati amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan bo`lib, chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo`lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko`rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. Nutq madaniyati asoslari ham fan sifatida o`z tekshirish ob`yekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti til qurilishi, adabiy til normativlari va nutqning kommunikativ fazilatlaridir. Nutq madaniyati asoslari fani adabiy til normalarini, uning tarixiyligini, taraqqiy etib borishi, undagi ba’zi elementlarning eskirishi, yangilarining paydo bo`lishini kuzatib qayd etib boradi. 6 Odam nutq yordamida o`zining fikrlari, his-tuyg`ulari, istaklarini bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg`ulari, istaklarini anglab oladi. Nutq ichki va tashqi ko`rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o`z ichida gapiradigan passiv nutqi bo`lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. Shuning uchun ham bu nutq o`z-o`ziga qaratilgan nutq sanaladi. Ichki nutq og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo`lgan faol nutq bo`lib, u og`zaki va yozma ko`rinishlarga ega. Og`zaki nutq odatdagi tovushli so`zlashuv nutqi bo`lib, bu nutq ko`proq ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Unda murakkab Grammatik qurilmalardan foydalanilmaydi. Bu nutqda fikrni ixcham ifodali maqsadida to`liqsiz gaplar keng qo`llaniladi. Nutqning bu turi bir va bir necha kishi tomonidan amalgam oshiriladi. (monologik, diologik nutq). Yozma nutq esa harf va so`zlarning ma’lum qonuniyatlari asosida o`zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar, abzatslar, paragraflar va gaplarni grammatik jihatdan aniq va tushunarli bayon etish orqali ro`yobga chiqadi. Ma’lum bir til tarixida amal qilgan, hozir mavjud bo`lgan va paydo bo`lishi ko`zda tutilgan hodisalarning jami o`sha til tizimini tashkil etadi.
Dunyoda turli-tuman kasblar, bir-biridan turfa hunarlar bor. Ularning har biri o‘ziga xos ish qurollaridan foydalaniladi. Masalan: dehqonlarning asosiy ish quroli ketmon. Duradgorlarniki-tesha (arra, randa) Jarrohniki-tig‟, tikuvchiniki-igna. Dehqon ketmoni bilan taqir yerda betakror bog‟ barpo qiladi, go`zallik yaratadi yoki tajriba- mahorati yetarli bo‘lmasa yerning umriga zomin bo‘ladi. Ketmon o‘tkir bo‘lmasa, dehqonning o‘zi ketmon urish hadisini olmagan bo‘lsa, oltin tuproqning ham, xomtama dehqonning ham holiga voy bo‘ladi. Faoliyatining asosiy quroli til bo‘lgan kasblar ham borki, ularning boshida o‘qituvchilik turadi. Qaysi fan mutaxasisi bo‘lishidan qat`iy nazar, o‘qituvchi tildan mohirona foydalanish hadisini olmagan bo‘lsa, demakki chinakam madaniy nutq malakasini egallamagan bo‘lsa, darsdagi nutqi nochor va rangsiz bo‘lsa, uning bilimi qanchalik chuqur va tugal bo‘lmasin 45 daqiqalik fursat uning o‘zi uchun ham o‘quvchi sho‘rlik uchun ham og‟ir azob.
Ona tilida puxta, lo‘nda va shirador nutq tuza olish malakasi va mahorati matematik o‘qituvchisi uchun ham, ona tili o‘qituvchisi uhun ham birdek zaruriy fazilatdir. Nutqiy madaniyat haqida gap ketar ekan nutqning madaniyligi demakki ta`sir doirasi quvvatini ta`sir etadigan to‘g‟rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‘yalik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu sifatlarning barchasini o‘zida mujassam etgan nutq madaniy hisoblanadi. Nutq madaniyatidagi asosiy masala tildan maqsadga muvofiq foydalanishdir. Demak tilni qo‘llashning real ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bu sohaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. O‘qituvchi nutqi adabiy talaffuz me‟yorlariga amal qilishda o‘quvchiga namuna bo‘la olishi lozim. Adabiy talaffuz me‟yorlarining buzilishi eng avvalo shevaning natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘zi va o‘quvchilari nutqini shevaga oid artikulyatsion baza va shevaning fonetik qonuniyatlaridan batamon qutilish oson kechmaydi. Buning oqibatida aytaylik buxorolik o‘ tovushini faqat til oldi tarzida, xorazmlik o tovushini asosan a tarzida yoki unga yaqin tarzda talaffuz qilishi, toshkentlik oshni – oshshi , yuzni-yuzzi,qorni-qorri tarzida aytilishi kabi ko‘plab xatolar kelib chiqaveradi. Ba‟zan boshqa tilni mukammal biladiganlar nutqida muayyan so‘zni boshqa til talaffuz tamoyiliga ko‘ra moslab aytish nuqsoni ko‘zga tashlanadi. Yanvar-yinvar, Yaponiya-yiponiya, dekan-de‟kan, fakultetfakulitet. Yozma nutqni aynan harflab o‘qish ham adabiy talaffuz me‟yorlarining buzilishiga olib keladi. Masalan; o‘qidingiz so‘z shaklini yozganida 9 ta emas 8 ta.
Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda aytilmoqchi bo`lgan maqsadning tinglovchi va kitobxonga to`liq yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko`ra nutq oldiga ma’lum talablar qo`yiladi. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan to`g`ri, aniq, chiroyli, erkin, maqsadga muvofiq bo`lishidir. Bu belgilar nutqning asosiy sifatlari, xususiyatlari deb qaraladi.

Download 32.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling