Test
1. Mikroelement so‘zi tarkibida qanday til undoshlari mavjud?
A) 1 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari B) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari
C) 2 ta til orqa, 3 ta til oldi undoshlari D) 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
2. Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari jarangli lab tovushlaridan iborat?
A) ibo, bambuk, bevafo B) ivi, bibi, vafo C) beibo, beva, vabo D) bob, bobo, betob
3. O‘zbek tilida lab undoshlarining nechtasi jarangli sirg‘aluvchi undosh sanaladi?
A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to‘rttasi
4. Ko‘nikma so‘zida ishtirok etgan undoshlar haqidagi qaysi fikr ( lar ) noto‘g‘ri?
1) so‘zda faqat jarangli undoshlar ishtirok etgan;
2) so‘zdagi barcha undoshlar til tovushlari;
3) so‘zdagi barcha undoshlar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra portlovchi.
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 2 D) 1, 2, 3
5. Undoshlar qaysi xususiyatiga ko‘ra til, lab va bo‘g‘iz undoshiga bo‘linadi?
A) un paychalarining ishtirokiga ko‘ra B) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
C) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra D) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
6. Quyidagi javoblarning qaysi birida jarangli til oldi undoshlaridan tashkil topgan so‘z
berilgan?
A) dunyo, nazar, bunyod B) qiyg‘os, dalda, dalalar
C) mehnat, ziyo, shovqin D) dard, zarda, jondan
7. Jarangli til oldi undoshlari soni nechta?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
8. Vatanparvar so‘zi tarkibida qanday tovushlar mavjud emas?
A) portlovchi tovush B) jarangli tovush C) til orqa tovushi D) lab-tish tovushi
9. Qaysi qatorda sirg‘aluvchi undoshlar va quyi keng unlidan iborat so‘z berilgan
A) so‘rov B) vafo C) shamol D) shifo
10. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan?
A) abadiy, telpak, qadriyat B) odob, botiq, qichitqi
C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir D) tekintomoq, qanoat, vazifa
Do'stlaringiz bilan baham: |