1-mavzu. Lirik asarlarni sharhlash tamoyillari. Reja: Sharh, tahlil, talqin, tafsir, ta’vil
Download 22.5 Kb.
|
1-Mavzu Lirik asarlarni sharhlash
1-mavzu. Lirik asarlarni sharhlash tamoyillari. Reja: Sharh, tahlil, talqin, tafsir, ta’vil. Navoiy asarlariga sharh va izoh yozish an’anasi (lug‘atlar, nasriy “Xamsa”lar, vazn ko‘rsatkichlari). Navoiy lirik merosiga oid tahlilar. Ularning navoiyshunslikdagi ahamiyati. 1. Sharhnavislik Sharqda keng tarqalgan hodisa: qadim ul-ayyomdan ma’no-mazmuni teran va serqirra, uslubi murakkab, tili og‘ir, ayniqsa, ramzu timsollarga boy asarlarga turli darajadagi sharhlar yozib kelingan. Mumtoz she’riyatda burilish yasagan, alohida maktab yaratgan lison ul-g‘ayb Xo‘ja Hofiz, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy, Abdulmaoniy Mirzo Bedil asarlariga yozilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlar asrlarni bo‘ylab keladi. Qur’oin karimning 70 foiz ma’nosi o‘z aksini topgani, 690 ta hadisga rumiyona sharh berilgani, 270 ta turli mavzudagi hikoyat o‘rin olgani jihatidan Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asari ham ko‘plab sharhlar uchun manba bo‘lib xizmat qilgan. So‘fi Olloyorning diniy-tasavvufiy mazmundagi asarlari ham keng sharhlangan. Hind uslubida ijod qilgani, she’rlari bir necha ma’no qirralariga egaligi, mazmuni teran, uslubi murakkabligi uchun Mirzo G‘olib asarlariga ham qator-qator sharhlar yaratilgan. Sharhlarni oddiy (izoh) va murakkab sharhlar sifatida ikki guruhga ajratish mumkin, deb yozgan edi Srarq adabiyoti va falsafasining bilimdoni Najmiddin Komilov1. Darhaqiqat, she’riy asarlarning ma’nosi shunchaki izohlangan oddiy sharhlarga ham, shu bilan birga, bir she’r yoki bayt butun boshli risola va kitoblarda har tomonlama keng va chuqur talqin qilingan murakkab sharhlarga ham ko‘p duch kelamiz. Chunonchi, oriflar sultoni sifatida musulmon Sharqida dong taratgan Srayx Abusaid Abulxayr Mehnaviyning bir ruboiysi ilmu adab va tasavvuf ahli o‘rtasida shunchalik shuhrat tutganki, birgina Sayyid Ne’matullo Valiy uning sharhiga 3 ta risola bag‘ishlangan. Qosim Anvor, Shayx Ozariy, Ya’qub Crarxiy va Xoja Ahror Valiylar ham uni sharhlab risolalar bitganlar2. Yoki Ubaydiy taxallusi bilan qalam tebratgan Buxoro xoni Ubaydulloxonning bir kuni peshindan keyin badiha tarzida aytgan arab tilidagi so‘fiyona ruboiysi sharhiga bag‘ishlab esa arab tili va falsafasi bilimdoni Mavlono Ansoriddin Ibrohim namozshomga qadar bir risola tasnif etib, uning “har bir misrasi bobida olti yuz ellik ma’no aytgan”3 ekan. O‘z-o‘zidan, durdona asarlarning sharhu talqinlari ko‘p bo‘ladi. Ularning aksariyati muallifning hatto etti uxlab tushiga kirmagan bo‘lishi mumkin. Holbuki, matn o‘shanday talqinlarga ham imkon berishi bilan betakror. Ayni jihatdan Sharqda Abulmaoniy – Ma’nolar otasi sifatida dong taratgan Mirzo Abdulqodir Bedil bilan bog‘liq bir rivoyat diqqatga sazovor. Ma’lumki, bizda bedilxonlik davralari mashhur bo‘lgan – ularda shoir she’rlari o‘qilib, keng sharhlangan, turli ma’no qirralari ochib berilgan. Shoir she’rlaridagi qavat-qavat ma’no qatlamlarini tushuntirib beradigan qilni qirq yoradigan bedilxonlar etishib chiqqan. Ana shunday bedilxonlik davralaridan birida zukko bedilxonlardan biri shoir bir she’rining to‘qson to‘qqizta ma’nosini aytib, hammani qoyil qoldirgan. Lekin kechasi tushiga Bedil kirib, o‘sha she’rning yuzinchi ma’nosini aytib bergan ekan. Ko‘pincha muallif ko‘zda tutgan asosiy ma’no ana shu yuzinchi ma’no bo‘ladi. Qolgan to‘qson to‘qqiztasi shoir muxlislari va tadqiqotchilarining tasavvuru taxayyul asosidagi turli sharhu talqinlari hisoblanadi. Rivoyatdan kelib chiqadigan yana bir ibratli jihat shundaki, olimlarimiz ko‘pincha u yoki bu asarning to‘qson to‘qqiztalab ma’nosini izlab topadilaru asl ma’noga – yuzinchi ma’noga etib borolmaydilar. Holbuki, asl maqsad o‘sha – yuzinchi ma’no TAHLIL (ar. – tekshirish, hal qilish) – adabiy asarning mazmun-mohiyatini idrok etish, uning yaxlit estetik hodisa sifatidagi mavjudligini turli aspektlarda o‘rganib, o‘ziga xosligini ochib berish va qimmatini belgilashga qaratilgan hissiy-intellektual faoliyat. Tahlil atamasi ilmda keng qo‘llanuvchi analiz (yun. analysis – qismlarga ajratish) terminining sinonimi sifatida ishlatiladi. Har ikki atama ham butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o‘rnini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, “uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas”, degan qarashga tayanib, tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, birinchidan, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham – o‘qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish tushuniladi. Ya’ni tadqiqotchining asarni qismlarga ajratishi maqsad emas, bir vosita – asarning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o‘quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo‘layotgan omillarni o‘rganish vositasidir. Ikkinchidan, B.t. jarayonida har vaqt talqin amali ham majud (bu o‘rinda talqin “interpretatsiya”ning sinonimi). Keng ma’noda “talqin” so‘zi o‘zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o‘zigina emas, tushuntirish hamdir) ma’nolarini anglatadi. Boshqacha aytganda, talqin badiiy asardagi “obrazlar tili”ni “mantiq tili”ga o‘girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir. Shunday ekan, chinakam ilmiy bo‘lishi uchun talqinning tahlilga tayanishi shart qilinadi. Zero, agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni chuqur bilmasa, asar qismlarini, ularning o‘zaro aloqalarini etarli tasavvur qilolmasa, uning talqini ilmiylikdan yiroq sub’ektivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obraz esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligi e’tiborga olinsa, talqin sub’ektsiz mavjud emasligi ham ayon. Chunki ijodkorning assotsiativ fikrlashi mahsuli o‘laroq yaratilgan va asarda aks etgan obrazning mazmun qirralari faqat sub’ekt ongidagina (ya’ni uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo‘ladi. Bular badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt hozirligiga yorqin dalildir. Oddiy o‘quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilishda tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma’noda tahlil talqinning ilmiy asosi, badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish va uqish demakdir. Ilmiy va badiiy tahlil o‘rtasidagi munosabat. Ilmiy tahlil filologik ta’lim tizimida lisoniy, lingvopoetik, struktural, semiotik tarzda tasniflanishi mumkin. Download 22.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling