1 mavzu. O’rna


Download 0.69 Mb.
Sana09.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1449022
Bog'liq
1-maruza o\'rnatilgan tizim


1 - mavzu. O’rnatilgan tizimlarga kirish

1. O’rnatilgan tizimlar haqida asosiy tushuncha
2. O’rnatilgan tizimlarning turlari
3. O’rnatilgan tizimlarning joriy etilishi
Tayanch iboralar: o’rnatilgan tizimlar, Internet of Things, IOT,
avtomatlashtirish tizimlari, ob’ektlarni boshqarish tizimlari, telekommunikatsiya.
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish va xalq xo’jaligining barcha sohalarini avtomatlashtirish, kommunikatsiyalashtirish va intellektual boshqarishga alohida e’tibor berilmoqda. Yigirma birinchi asrning ikkinchi o’n yilligiga kelib telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog’langan va bevosita barcha yo’nalishlarga o’z ta’sirini o’tkaza olgan kontseptsiyalardan biri Internet of Things – narsalar interneti kontseptsiyasidir. Bu kontseptsiya mavjud ob’ektlarni inernet tarmog’i asosida o’rnatilgan boshqarish va nazorat qilishni ilgari suradi. Endi zamonaviy o’rnatilgan tizimlari bevosita internet asosida tashkillashtiriladi va internet atrofimizdagi ob’ektlar uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, dastlab boshqaruv tizimlarining bugungi holati va rivojalanish tendentsiyalarini ko’rib chiqamiz.
XXI asrning ikkinchi 10 yilligida telekommunikatsiya soxasida bir qator yangi texnologiyalar keng tarqalib va rivojlanib bormoqda. Ushbu texnologiyalardan biri IOT(Internet of Things) – narsalar interneti texnologiyasi hisoblanali. IOT(Internet of Things) – bu tabiatdagi mavjud ob’ektlarni, zaruriy narsalarni va aniq joylarni internetga ulash va boshqarish tamoyillarini tavsiflovchi telekommunikatsiya texnologiyasidir. IOT ning asosiy mavjud tizimlar, xizmatlar va qurilmalarning turli sanoat mashinalari o’rtasida o’zaro aloqani ta’minlash, xizmatlar ko’lamini takomillashtirish va o’z – o’zini boshqaruvchi intellektual tizimlar va tarmoqlarni shakllantirishdan iborat.
5


Narsalar interneti internet tarmog’idan foydalanishning yangi evolyutsion davrini ochib beradi. Bunda ob’ektlar bir biri bilan tarmoq orqali aloqa qiladi, bir birini intellektual tanish, tushunish va o’zaro to’plagan ma’lumotlarini almashish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bugungi kunda IOT ga ko’plab misollar keltirish mumkin: sensorli boshqariluvchi ob’ektlar, intellektual axborot tizimlari va boshqalar. Narsalar interneti tabiatda joylashgan ob’ektlar va joylarni real vaqt rejimida internet tarmog’i orqali identifikatsiyalash, nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Narsalar internetini tashkillashtirish uchun asosan bevosita tabiatdagi ob’ektlar bilan ishlay oladigan sensor qurilmalar, aktuatorlar, datchiklar va boshqa intellektual tizimlar qo’llaniladi. Shu sababli narsalar interneti kontsepsiyasi bevosita sensor tarmoqlar, intellektual tarmoqlar va keng qamrovli telekommunikatsiya tarmoqlari bilan o’zaro bog’langan.
Sensor qurilmalarining tarmog’ini yaratish g’oyasi 1982 – yilga borib taqaladi. Ushbu yilda Mellon universitetida birinchi sensorli mashina internetga ulangan. Shunga qaramasdan narsalar interneti tushunchasi 1999 – yillarga kelib ommalashdi. Bu vaqtda MIT Auto – ID markazida mahsulotlarni elektron identifikatsiyalash tizimi ishlab chiqildi. Bunda RFID asosida narsalarni identifikatsilash global tizimini ishlab chiqish bo’yicha dastlabki tadqiqotlar olib borildi. Ushbu tadqiqotlarda radio chastota asosida identifikatsiyalash IOT ning keyingi rivojlanishi uchun bugungi kunda zarur bo’lgan asosiy vosita ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
Bizga ma’lumki kndalik hayotimizdagi barcha ob’ektlar identifikatsiya vositalariga ega bo’lsa ularni nazorat qilish va boshqarish mumkin bo’ladi. Bunda bevosita ob’ektlarni tarmoqqa ulash va ularni internet orqali o’zaro bog’lash imkoniyati yaratiladi. Shuni hisobga olgan xolda XXI asrning o’tgin davri mobaynida narsalarga bevosita o’rnatiladigan va ularga ta’sir eta oladigan NFC, barcode, QR code kabi ko’plab texnologiyalar ishlab chiqildi.
2014 – yildan boshlab narsalar interneti kontseptsiyasi simsiz kommunikatsiyalardan mikro – elektronik tizimlargacha bo’lgan ko’plab texnologiyalarning konvergentsiyasi natijasi sifatida rivojlanib kelmoqda.
6

Narsalar internetiga nazar soladigan bo’lsak, ob’ektlar ko’plab kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib tarmoq hosil qiladi. IOT sohasidagi kommunikatsion texnologiyalarni tartibga solish uchun va standartlashtirish uchun IEEE 802.15.4 guruxi ishlab chiqilgan. Ushbu spestsifikatsiya asosida kanal pog’ona ma’lumot almashish texnologiyalari ishlab chiqiladi va IP asosidagi protokollar arxitekturasiga integratsiyalanadi. Shu sababli internet tarmog’ida ma’lum vazifa bajaruvchi tugun sifatida boshqa qurilmalar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.


Ob’ektlar va joylar radiochastota yoki boshqa identifikator qurilmalar bilan
jihozlanadi.
Narsalar intenrneti kontsepsiyasi bugungi kunda deyarli barcha sohada keng qo’llanilmoqda. Misol uchun bunday tizimlar tabiiy ekotizimlardan tortib shaharlar tabiiy xususiyatlari haqida ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash, tabiiy rivojlanishni nazorat qilish kabilarda keng qo’llanilmoqda. IOT kontsepsiyasiga bog’liq bo’lgan va bevosita atrof muhit, ob’ektlar va insonlarni ehtiyojini qondirishga qaratilgan ko’plab misollarni keltirish mumkin. Shuni xisobga olgan holda ushbu kontsepsiyasining tadbiq etilgan asosiy sohalar ro’yhati quyidagilar:
- Aqlli uy va uyni avtomatlashtirish tizimlari
- Robototexnika
- Aviatsiya
- Avtomobil sanoati
- Biomeditsina
- Telemeditsina va sog’liqni saqlash tizimlari
- Ishlab chiqarishni boshqaruv tizimlari
- Telemetriya
- Simsiz sensor tarmoqlar
- Intellektual nazorat tizimlari
- Favqulotda vaziyatlarni aniqlash va ularni bartaraf etishning intellektual
tizimlari
- Intellektual shahar 7

- O’rnatiladigan tizimlar


- Telematika
1.1 – rasmda IOT kontsepsiyasining qo’llanilish sohalari tasvirlangan.

1.1 – rasm. IOT ning qo’llanilish sohalari.


IOT kontseptsiyasi asosida rivojlanib borayotgan boshqaruv tizimlarini
yaqin kelajakda dunyo miqyosida katta o’zgarishlarga sabab bo’ladi. AKT bo’yicha etakchi ilmiy – tadqiqot va tahlil tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra 2020 yilda global tarmoqqa ulangan boshqariluvchi ob’ektlar soni 26 mlrd ga etadi. Ayrim tadqiqotchi tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra esa tarmoqqa ulangan qurilmalar 100 mlrd dan oshib ketishi bashorat qilinmoqda. Ekspertlarning fikriga ko’ra kelajakdagi 10 yil ichida IOT kontsepsiyasi insoniyat yashash tarzini tubdan o’zgartirib yuboradi.
Atrofimizni intellektual qurilmalar qamrab oladi, yashash tarzi to’liq avtomatlashadi va oddiy uylar aqlli uylarga(1.2-rasm), shaharlar esa intellektual shaharlarga aylanadi(1.3-rasm).



1.2 – rasm. IOT kontsepsiyasining uylarni avtomatlashtirishda qo’llanilishi.

1.3 – rasm. IOT kontsepsiyasining intellektual shaharlarni qurishda qo’llanilishi.


Intellektual ob’ektlarni va sensor qurilmalarni internetga ulashda IP
texnologiyasi yagona va asosiy texnologiya bo’lib hisoblanadi. Bugungi telekommunikatsiyada IPv4 texnologiyasi qo’llanilmoqda. Narsalar internetining jadal sur’atlarda rivojlanib va kengayib borayotgani sababli IPv4 texnologiyasining adreslar to’plami kamlik qiladi. Shu sababli, IOT qurilmalari ishlab chiqaruvchilari IPv6 standartiga ko’proq e’tibor qaratmoqdalar. IPv6 standarti IPv4 ga nisbatan bir necha yuz barobar ko’p ob’ektlarni internetga ulash imkoniyatini beradi.
Yuqori ta’kidlab o’tilganidek narsalar interneti kontsepsiyasi asosida milliardlab ob’ektlarni o’zaro bog’lagan murakkab telekommunikatsion tarmoq vujudga keladi. Tarmoq ob’ektlaridan to’plangan juda katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash uchun “Big Data”, “Cloud Computing” tamoyillariga asoslangan taqsimlangan hisoblash tizimlari tashkil qilinadi [2,3,4].
Nazorat savollar
1. O’rnatilgan tizim nima?
2. O’rnatilgan tizimning shaxsiy kompyuterlardan farqi?
3. Big-bang modeli nima?
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling