1-Mavzu: Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari. Reja


Download 20.73 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi20.73 Kb.
#1778026
Bog'liq
1-mavzu Пед. конф. максади...


1-Mavzu: Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari.


Reja:
1. Konfliktologiya ilmiy bilimlarning sohasi sifatida
2. Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida.
3. Pedagogik konfliktologiya o’quv fani sifatida.
4. Pedagogik konflikt tushunchasi.


Tavanch so`zlar va iboralar:
Pedagogik konfliktologiya bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlar;murakkab xolatlarda ularga ularga yordam berishini bilasizmi; o’quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olmaslik va o’zaro munosabatlarda ularni e’tiborga olmaslik; avtoritar boshqaruv; mavjud vaziyatga baxo bera olmaslik; pedagogik madaniyatini rivojlantirish.
Savol va topshiriqlar
1. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati va xususiyatlarini ko’rsating
2. Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslab bering
3. Pedagogik konflikt tushunchasi aytib bering
4. Pedagogik hamkorlikni tashkil yetish qiyinchiliklari aytib bering


Adabiyotlar

  1. 1. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy taxlil qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatini kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi// Xalq so’zi gazetasi 2017 yil 16 yanvar № 11

  2. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. “O’zbekiston” 2016.

  3. Mirziyoev SH.M. buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga ko’ramiz. “O’zbekiston”2017

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev SH.M.2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakat strategiyasi. 7 yanvar 2017 yil

5.Voronin G.L. Konfliktы v shkole. Sosiologicheskiye issledovaniya №3, 1994 g.
6..Liseskiy K.S. Preduprejdeniye mejlichnostnыx konfliktov v sisteme otnosheniy starsheklassnikov A/R dissertasii M., 1994.
7.Rыbakova M.M. Konflikt i vzaimodeystviye v pedagogicheskom prosesse. – M.: Prosveщyeniye, 1991.
8.Podlasiy I.P. Pedagogika. – M.: Vlados, 2003.
Pedagogik konfliktologiya fani hozirgi kunda barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida olib borilmoqda. Konfliktologiya fani o’quv fani sifatida yetakchi o’rinni egallaydi.
Pedagogik konfliktologiya bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarini o’rganuvchi fandir. Zamonaviy sharoitda pedagogik konfliktologiyaning o’qitilishi o’qituvchining pedagogik madaniyatini rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlar deganda biz o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ta’lim jarayonida kuzatiladigan ziddiyatlar, tortishuvlar kelishmoqchmiliklar, qarama-qarshiliklarni tushunamiz. Pedagog har tomonlama o’quvchilarga bilimlarini berishi uchun avvolo o’zi tarbiyalanishi lozimdir. O’qituvchi tarbiyani aqliy, axloqiy ma’naviy yestetik, jismoniy, ruhiy mehnasevarlik, tejamkorlik turlari bilan birga bilimni o’quvchilarga yetkazishi berishi uchun chiroyli nutqda ega bo’lishi o’rinlidir. Pedagog o’z mutaxassisligini puxta egallashi keng bilim doirasiga ega bo’lishi ta’lim jarayonini olib borayotgan paitdata’limni hayot bilan bog’lashi lozimdir. O’qituvchining pedagogik mahorati, qobiliyati asosan sinf auditoriya mashg’ulotlari, konferensiyalar jonli ma’ruzalarni tushuntirishida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’qituvchi ta’lim tarbiya jarayonini o’rgatish bilan birgalikda, talabalarni ham jonli muloqotga chorlay olishi, talabalarni mustaqil fikrlarini tinglay olishi, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi samimiy munosabtni ochiq ko’ngillilikni, mehr-oqibatni, hurmat-izzat asosiy maqsadga yerishish uchun hamkorlik lozim. Pedagog guruh bilan ishlashda guruhdagi har bir o’quvchini temperamenti, xarakter qobiliyati, ruhiyati, oilaviy muhiti, hulq-atvorini, bilim saviyasini o’rganib, shunga qarab har bir o’quvchiga qanday yondashishni o’rganishi lozimdir. Bir guruhda 32 ta talaba o’qiydigan bo’lsa har bir bolani xarakteri jihatidan farqli tomonlarini ko’rishimiz mumkin. Jamiyatda yashovchi shaxslarimiz tashqi ko’rinishlaridan gavdasini tuzilishi, ozg’in semizligi yoki boshqa belgilari yuz tuzilishlari bilan o’xshishi mumkin, lekin xarakterlari jihatdan keskin farqlanadi. Olimlarimiz o’z tajribalarida shuni aniqladiki bitta tuxumda rivojlangan yegizaklarimiz ham tashqi ko’rinishdan bir-birlariga juda o’xshasalarda lekin xarakter xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Masalan, biri qiziqqon ko’p narsalarni o’zlashtirishga harakat qilishi kirishuvchanligi bilan farqlansa ikkinchisi tabiatan og’ir suragan savolaga javob beruvchi bo’lishi mumkin. Yendi guruh misolida to’xtalar yekanmiz, har bir guruhda iqtidorli, talantli qiziquvchan yoshlar bilan bir qatorda layoqasiz qobiliyati jihatidan sust, yoki tabiatan og’ir kamgap va serjahl qiziqquvchan o’quvchilar ham buladi. Guruh rahbarining asosiy vazifasi har tomonlama yetuk barkamol shaxslarni tarbiyalashda yangi kadrlarni tarbiyalab berishdir. Pedagog o’quvchilar bilan ishlash jarayonida ularga yakka individual yoki kompleks holatlarida yondashmog’i lozimdir. Sinf yoki aiditoriyalardagi dars jarayoniga ye’tiborimizni qarasa, ayrim talabalar berilayotgan ma’lumotni birdaniga o’zlashtira olmaydilar, bunday hollarda albatta pedagog ta’lim jarayonida individuallikka tayanishi mumkin.
Sinf rahbarining kompleks yondashishi pedagog o’z navbatida ota-onalari bilan hamkorlikda bo’lishi, ko’proq ota-onalar bilan muloqotda bo’lib, sinf majlislarida yechilayotgan masalalarni ota-onalarni ham fikrlarini inobatga olishi lozimdi. Agar o’qituvchi tomonidan yuqoridagi fikrlarga ye’tibor qaratilsa, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi konflikt paydo bo’lishibartarf yetiladi. O’quvchi ham o’qituvchiga nisbatan samimiy munosabatda bo’lishi, hurmatini joyiga qo’yishi kerak. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ma’lum bir masofa kontakt bo’lishi lozimdir. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida kontakt masofani yo’qolib ketayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Konfliktologiya fani pedagogika, psixoloya, valelogiya, umumiy pedagogika, ma’naviyat va sosiologiya fanlari bilan bevosita bog’liq va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi va o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonida o’rganadi. Shunday yekan bevosita biz konfliktologiya fani orqali ta’lim tarbiya jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarini ziddiyatlarni o’rganamiz. Konfliktologiya pedagogika fanlari bir-birini to’ldirib boradi. Psixologiya kursida biz psixik jarayonlar psixologik holatlar shaxsning individual xususiyatlarini o’rganadi. Pedagog psixoloiya kursini mukammal darajada o’zlashtirgan bo’lsa, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi konfliktlar mutloqa bartaraf yetilar yedi. Xulosa qilib aytganda konfliktlogiya shu fanlar bilan birgalikda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarini muloqot jarayonida bir-birlarini tushunishlari idrok qilishlarini o’rganadi. Dars jarayonini samarali olib borilishi o’quvchilar o’qituvchini mavzu yuzasidan talabalarni yerkin fikrlarni o’qituvchi tinchlay olishidir.
Konfliktologiya fan sifatida avvalo o’qituvchining kasbiy axloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo’lishidir degan fikrlar asosida ish ko’radi. O’qituvchi o’z navbatida o’z ustida ishlashi talabchan bo’lsagina talabalardan ham ma’suliyatlilikni vazifalarni o’z vaqtida bajarishini talab qila oladi. Pedagog talabchanlik bilan bir qatorda adolatli ham bo’lmog’i o’rinlidir. Pedagog bola bilimini adolatli ravishda holisona baholashni agar guruhda iqtidorli talantlilar bo’lsa ko’proq bunday o’quvchilarni rag’batlantirish ularni yanada o’z ustida ishlashga unday olishi ta’limni samarali tomonlarini ko’rsatadi. Pedagog ma’suliyatli bo’lishi o’quvchilarga mashg’ulot topshirildimi ularni tekshirib o’z vaqtida baholashi lozimdir. Yuqoridagi fikrlar konfliktlarni paydo bo’lishicha yo’l qo’ymaydi.
Pedagogik konflikt bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarni, kelishmovchiliklar tortishuvlar mojorolar, muloqot jarayonida bir-birlarini tushunishlari, bir-birini idrok qilishlarini o’rganadi albatta o’qituvchi bu muammolarni oldini olishi va yechimini topishi uchun o’z mutaxassisligini puxta o’rgangan, muloqot sirlaridan habardor bo’lishi, darsni tashkil yetish bilan birgalikda talabalarni jalb qila olishi kerakdir. Bundan tashqari talabalarni bilim saviyasini va xulq-atvoriga xolisona baho berishi lozim
Mahmud Qoshg’ariy o’z asarida qo’yidagi fikrlarni bildiradiyu men kishilarni tana a’zolari kasalliklari kasallanganida yuzlarcha minglarcha kishi halok bo’lishini, ruhiy bilimsizlik o’quvsizlik yuzminglarcha, o’nminglarcha shaxslar halok bo’lishini aytadi va bu kasallikni oldini olishda men o’qituvchilik kasbi orqali yerishdim degan fikrlarni bildirib o’tgan.
Alisher Navoiy o’qituvchilarni mehnatini xolisona baholab gohida, bola tarbiyasini tarbiyalashda bir kishi bitta bolaga tarbiya berishda ojizlik qiladi. O’qituvchi bir guruh o’quvchilarga o’zida o’zlashtirgan bilim malaka ko’nikmalarini ilmu-odobni o’rgatadi. Bu jarayonni tashkil yetishda o’qtuvchi ko’p aziyat chekadi va mashaqqatlarni boshidan o’tkazadi. Shuning uchun shogirdlar ustozlari oldida umrbod qarzdor yekanligini his yetishlari darkordir. Agar shogird podsholikka yerishganda ham ustoziga quluq qilsa arziydi.alisher Navoiy ta’lim-tarbiya maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli yeng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir. Pedagogik birgalikdagi ta’sir bu ta’lim va tarbiyani hamkorligida amalga oshiriladi. Masalan O’qituvchi o’quvchilarga biror bir yertak hikoyat, roman asarni aytib beradi. O’qitish ya’ni ta’lim bilan birgalikda tarbiyani shakllaninini ko’ramiz. Ye’tab unsakkiz bolalar juda taqlidchan bo’lishadi. Asardagi yoki yertaklardagi ijobiy sifatlarini o’zlarida mujassamlashtirishga harakat qiladilar, ular harakatlarida ijobiy tomonlar ko’rinadi. Demak xulosa qilib shu aytish mumkinli, ta’lim tarbiya jarayonlaribirgalikda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda talaba va o’quvchilarimiz faqat o’qituvchilarni bilim saviyasini kuzatibgina qolmay, o’qituvchini ma’suliyatliligi, qobiliyatliligi, ishonchliligi, pedagogik mahorati qobiliyati, samimiyligi ta’lim tizimiga qay tarzda yondashishiga ham ye’tiborlarini qaratadilar. Ta’lim-tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvolo o’qituvchiga, uning bilim saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga, pedagogik shunga qiziqish va mahoratiga bog’liqdir. O’qituvchi ijodiy fikrlovchi: umum insoniy va milliy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallag bo’lishi o’z kasbi va bolalarni yaxshi ko’radigan insonparvar adolatli, talabchan pedagogik odobli har bir o’quvchisi ulg’ayib kelajakda yaxshi inson bo’lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ish bilarmon kishi bo’lib yetishishiga ko’maklashadigan mutaxassis bo’lmog’i lozim. Pedagogik birgalikdagi ta’sirda o’quvchilar ham ta’limga ijodiy yondashishlari shartdir.
Pedagogik konflikt psixologik nuqtai-nazardan olib qaraganda va psixologiya fanlari bir-biriga uzviy bog’liq va bu fanlar bir-birini to’ldirib turadi. Yaxshi tarbiyasi bu avvolo yuqori ma’naviyatli inson. U o’zining barcha o’ylari va harakatlari bilan saf, odil va halokdir. Xuddi shunday murabbiygina o’zining tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosini tushunadi, ularning shodlik va qayg’ulari bilan yashaydi, ularning ishonchini qadrlaydi, ular bilan muomolada xushmuomola va odobli,shafqatli, chidamli kechirimli bo’ladi. U o’z tarbiyalanuvchilarining har birini yaxshi ko’radiva chuqur xurmat qiladi.
Pedagogik konfliktni yuzaga keltirmasligi uchun tarbiyachi nozik psixolog va mohir pedagog bo’lishi lozim. Tarbiyasi nazariy bilimlari va pedagogik sezgirligi vositasida o’qituvchilar va o’quvchilar bilan oson alohida kirishadi,maktabda va undan tashqaririda birgalikdagi faoliyatni mohirlik bilan uyushtiradi, tarbiyalanuvchining fikri, tuyg’usi va irodasini bevosita va bilvosita boshqarish san’atini egallagan bo’ladi. Tarbiyachi tadqiqotchi tashkilotchi, jamoatchi, fan sport texnika yoki san’atga shaxsiy bo’lgan inson. U o’z qalbining butun boyligini tarbiyalanuvchilariga hadya yetadi. Pedagogk muloqot tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabat fikrlar almashuvi, bir-birlarini tushunishlari va tinglashlari pedagogik muloqotda amalga oshiriladi. Pedagogik muloqotning samarali bo’lishi pedagog va o’quvchilarga bog’liqdir. Pedagog tinglash qobiliyatiga ega bo’lsa, u konfliktni o’quvchilar o’rtasida yuzaga keltirmaydi. Tarbiyalanuvchilarni ruhlantiradi, yangi fikr g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ham ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruza agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham tarbiyasi va tarbiyalanuvchi ham teng yutadi. Tarbiyachi hayotga yendigina kirib kelayotgan, bolani barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlarga yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. Tarbiyalanuvchi muomala odabini asosan tarbiyachi timsolida anglab oladi. Sevimli tarbiyachi bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qolishi uchun konfliktlarni yo’qotish uchun harakatda bo’lishi kerak.
Download 20.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling