1-mavzu. Takrorlash uchun savollar Statistik hisob nima? Statistik hisob
Download 17.87 Kb.
|
1 мавзу амалий 93к 2 гурухидан Эркинов Б
1-MAVZU. Takrorlash uchun savollar Statistik hisob nima? Statistik hisob- ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun xo‘jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo‘jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o‘rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi o‘sishi va hokazo ko‘rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman Respublika xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi. Statistik hisob statistika fani - statistika usullaridan foydalanadi. Mustaqil ijtimoiy fan sifatida statistika faqat xo‘jalik hodisalarinigina o‘z ichiga olmay, jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning yordamida aholi soni, tarkibi va harakati, xalq xayotining moddiy va madaniy darajasi, uning ijtimoiy hayoti haqidagi ko‘rsatkichlar olinadi. Xo‘jalik xodisalari haqidagi ma’lumotlar statistik hisob tomonidan operativ va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba’zi ma’lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari - qayta ro‘yxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib bo‘lmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi. Statistik hisobning ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o‘lchovlar - natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan, o‘rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo‘yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi. Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan. Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash uchun, yer egalarida qancha yeri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yhatga olish emas, balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi. 1 Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan. Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Ahenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857- 1936), V.Gosset va R.Fisherlardir. Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686- 1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar. Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin. O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma iqtisodiy institut va fakultetlarda statistika kafedralari mavjud. Ularda o’zbek statistikasini yaratgan va yaratayotgan ajoyib olimlar faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, bu fanni O’zbekistonda rivojlantirishda professorlar N.Soatov, E.Akramov, I.Ermatov, X.Nabiyev, S.Sirojiddinov, Yo.Abdullaev, R.Alimov, M.Hamroyev, X.Shodiyev, A.Ayubjanov, B.Usmonov, A.Nabixo’jayev, X.Xujaqulov kabi olimlarning ham xizmatlari katta bo’ldi. Download 17.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling