Yosh aktyorlarni tayyorlashda E. B. Vaxtangov uslubidan foydalanishning ahamiyati


Download 15.01 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.01 Kb.
#1559145
Bog'liq
Tashqi taqriz


O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
“Yosh aktyorlarni tayyorlashda E.B.Vaxtangov uslubidan
foydalanishning ahamiyati” magistr akademik darajasini olish uchun
yozilgan tadqiqot ishiga ichki
TAQRIZ



Teatrda ma’no va mazmunni ifodalashning o‘ziga xos vosita, aktyorlar o‘yinida paydo bo‘ladigan sahna asaridir.Teatrlarimizda sahnalashtirilayotgan sahna asarlarining asosiy maqsadi ham kelajak yosh avlodni ma’naviy barkamol, yetuk insonlar qilib, ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Tadqiqot ishida E.B.Vaxtangov mahorat maktabi: yosh aktyorlarni tayyorlashdagi ahmiyati, obrazga yondashishdagi о‘ziga xos intilishlari tahlil qilinadi. Tabiiy ravishda, tahlil etilayotgan asosiy masala orqali teatr aktyorini kasbiy shakllanishida E.B.Vaxtangov mahorat maktabining asosiy xususiyatlari, repertuari va ijodiy jamoasi xususida ham sо‘z boradi. E.B.Vaxtangov mahorat maktabida sahnalashtirilgan spektakllarning badiiy ahamiyati muhokama qilinadi. Tomoshalarga tarbiyaviy va g‘oyaviy jihatdan qay yо‘sinda yondashilganligiga ahamiyat qaratiladi. Mazkur tadqiqot ishidan kelib chiqqan ilmiy-nazariy xulosa va fikrlar Respublikamizdagi san’at yо‘nalishidagi oliy va о‘rta-maxsus о‘quv yurti talabalari uchun musiqali teatrlarda aktyorlik mahorati mavzusi yuzasidan qо‘shimcha manba sifatida xizmat qiladi. “Aktyorlik sanʼati (dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati) mutaxassisligi bo`yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan …....................ning “Yosh aktyorlarni tayyorlashda E.B.Vaxtangov uslubidan foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrning tadqiqot ishida aynan aktyorlik mahorat maktabi, unda neytral usuli faoliyatiga chuqurroq yondashiladi va E.B.Vaxtangov mahorat maktabining nodir repertuari asosida tahlil qilinadi. Bu tahliliy masalalarga qо‘shimcha ravishda, teatrning umumiy faoliyati, xususiyatlari, о‘ziga xos jihatlari, aktyor va rejissor о‘rtasidagi ijodiy hamkorlik va teatr repertuarini shakllantirish masalasi ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi, tavsiflanadi va tadqiq qilinadi. Bu yondashuv orqali mazkur tadqiqot aktyorlik mahorati faoliyatiga bag‘ishlangan bir-biriga о‘xshash shakl va uslublardagi ishlardan biroz farq qiladi. Bu jihat tadqiqot ishning ilmiy yangiligini ifodalaydi.
Tadqiqot ishda E.B.Vaxtangov mahorat maktabi hamda uning asosiy xususiyatlari bugungi kundagi faoliyati va tahliliy materiallarga qо‘shimcha ravishda, yosh teatr aktyori zimmasida turgan vazifalariga ham e’tibor qaratiladi va takliflar bildiriladi. Ishda ayrim ju’ziy kamchiliklar uchraydi. Ammo bu ishning ilmiy ahamiyatiga ta’sir etmaydi. Ushbu magistrlik tadqioqt ishini himoyaga tavsiya etaman.
Download 15.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling