1. Maydalash va yanchish darajalari
Download 22.3 Kb.
|
1 2
Bog'liq16 variant must 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydalash va yanchish darajalari
Maydalash darajasi. Maydalagichning rudani qamrash burchagi. Maydalash bosqichlari.Maydalash qonunlari. Reja; 1.Maydalash va yanchish 2. Maydalash va yanchish darajalari 3. Maydalash va yanchishning bosqichliligi va sxemalari Maydalash va yanchish – qattiq moddalar zarralarini o‘zaro bog’lab turadigan ulanishning ichki kuchlarini yengadigan tashqi kuchlar ta’sirida foydali qazilmalarni yemirish yo‘li bilan ularning bo‘laklari (zarralari) o‘lchamlarini kichraytirish jarayonlari. Umuman olganda, maydalash va yanchish jarayonlari o‘zaro farq qilmaydi. Shartli ravishda hisoblash mumkinki, maydalashda ko‘proq yirikroq, yanchishda esa 5 mm dan mayda mahsulotlar olinadi. Maydalash uchun maydalagichlardan, yanchish uchun esa tegirmonlardan foydalaniladi. Boyitish fabrikalarida maydalash va yanchish boyitishdan oldingi tayyorlov opera iyalari hisoblanadi va foydali qazilmada mavjud bo‘lgan, chambarchas chatishgan va o‘zaro birga rivojlangan turli minerallar zarralarini ajratish (ochish) vazifasiga ega. Maydalash va yanchishda minerallar qanchalik to‘liqroq ochilsa (bir-biridan ayrilsa), foydali qazilmaning keyingi boyitilishi shuncha muvaffaqiyatli bo‘ladi. Foydali qazilma bo‘laklaridan tuzilgan minerallar ba’zan turli fizikkimyoviy xossalarga ega bo‘ladi. Bunday qazilmalar maydalash va yanchishdan so‘ng bir xillari, juda qattiq va mustahkam minerallar yirik bo‘laklarda ifodalanadi, boshqalari esa mo‘rt va uncha qattiq bo‘lmaganlari ancha kichik o‘lchamli bo‘laklarda ifodalanadi. Maydalangan mahsulotni keyingi elash bir xillarini boshqalaridan ajratish, ya’ni, foydali qazilmani ko‘proq yoki kamroq mukammal boyitishni amalga oshirish imkonini beradi. Maydalash va yanchish bu holatda boyitish opera iyasi ahamiyatiga ega va tanlab maydalash deyiladi Maydalash va yanchish darajalari Dastlabki materialning maydalashdan va yanchishdan oldingi o‘lchamlarining maydalangan va yanchilgan mahsulot o‘lchamiga nisbati maydalash darajasi yoki yanchish darajasi1 deyiladi. Maydalash darajasi – maydalashda yoki yanchishda materialning bo‘laklari yoki zarralari o‘lchami qancha martaga kichrayganini ko‘rsatuvchi jarayonning miqdoriy tavsifi. Energiya sarfi va maydalagichlar va tegirmonlar unumdorligi maydalash darajasi bilan bog’liq. Maydalash darajasini aniqlash uchun bir nechta hisoblash formulalari tavsiya etilgan. Ko‘pincha maydalash darajasi maydalashgacha va undan so‘ng material bo‘laklarini yirikligi bo‘yicha eng katta o‘lchamlari nisbati sifatida aniqlanadi. i = Dmax/dmax, bunda, Dmax va dmax - mos ravishda maydalashgacha va undan so‘ng materialning eng katta bo‘lagi diametric Boyitish amaliyotida g’alvirlashda elak teshiklarining bo‘laklar yana o‘tadigan eng kichik o‘lchami sochilma materiallar bo‘laklarining diametri hisoblanadi. Shuning uchun (28) formula bo‘yicha maydalash darajasi maydalanadigan materialni va maydalangan mahsulotni g’alvirlash elaklari teshigining chegaraviy diametrlari nisbati sifatida hisoblanadi. Elak teshiklari shakli bunda bir xil bo‘lishi lozim, chunki u g’alvirlash natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. Mashinasozlik zavodlari maydalagichlarini tavsiflash uchun quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadigan maydalashning tuzilmaviy darajasi qo‘llaniladi i=B/b yoki i=0,85B/b bunda, V- maydalagichning yuklash teshiklari kengligi, mm; b- chiqarish teshigi kengligi, mm; yirik maydalash maydalagichlari uchun maydalanadigan elementlarning biridan boshqasiga o‘tishida, o‘rtacha va juda yupqa maydalash uchun- ularning yaqinlashishida u eng katta. formula maydalash darajasining eng yuqori erishilganini hisoblash imkonini beradi, qachonki maydalagich mahsulotida tushirish teshigidan katta o‘lchamli bo‘laklar bo‘lmaganida, maydalagichga kiradigan bo‘lak esa yuklash teshigidan 15% kichik bo‘lganda Ko‘rib chiqilgan formulalar bo‘yicha hisoblangan maydalash darajasi maydalash va yanchish jarayonlarini uncha to‘liq tavsiflamaydi. Uni dastlabki material yirikligi tavsiflarini va maydalash mahsulotini hisobga olishdagi o‘rtacha diametrlar nisbati sifatida hisoblash to‘g’riroqdir: i = Do‘rt /do‘rt bunda, Do‘rt, do‘rt - mos ravishda dastlabki material va maydalangan mahsulot bo‘laklarining o‘rtacha diametri. Maydalash uchun t=80%, yanchish uchun esa t=95% qabul qilinadi. 80% yoki 95% material o‘tadigan elak teshiklari o‘lchamlari bejiz qabul qilinmagan. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, materialning ozroq qismini tashkil qilgan eng yirik bo‘laklar o‘lchamlari (maydalash mahsulotlari uchun 20% dan ortiq va yanchish mahsulotlari uchun 5%) uning yirikligini tavsiflamaydi. Dt va dt miqdorlar maydalash yoki yanchishgacha va undan so‘nggi material yirikligining jamlanma tavsiflari turiga bog’liq va tegishli egri chiziqlar bo‘yicha aniqlanadi. formula bo‘yicha, xuddi (30) formuladagi kabi maydalash darajasi yiriklikning tegishli tavsiflarini hisobga olib hisoblanadi, shuning uchun ham u maydalash yoki yanchish jarayonlarini yetarlicha to‘liq tavsiflaydi. Download 22.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling