1. Metallmaslar mavzusini o’quvchilarga qanday usullar yordamida oson va tushunarli qilish mumkin?


Download 228.84 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi228.84 Kb.
#1578116
  1   2
Bog'liq
24.05.2023 dars o\'tish tartibi (xomaki)


1. Metallmaslar mavzusini o’quvchilarga qanday usullar yordamida oson va tushunarli qilish mumkin?
Bu mavzuni o’quvchilarga oson tushuntirish uchun metallmaslardan namunalar yoki rasm holatidan foydalanish mumkin bo’ladi. Bu ularni metallmaslarning agregat holatini yanada yaxshiroq tushunishiga imkon yaratadi.
Demak, metallmaslarga oid rasmlar doskaga ilinadi!
Metallmaslarga oid klaster ham doskaga ilinadi. Bu metallmaslarning bir nechta fizik xossalarini o’rganishga yordam beradi.
Metallmaslarni o‘rganishda ularni guruhlarga ajratib olib o’rganish juda ham oson bo’ladi. Shuning uchun Davriy sistemadagi metallmaslarni guruhlarga ajratib alohida-alohida o’rganiladi!
Bu mavzuni o’zlashtirish davomida qaysi guruhga ko’proq e’tibor qaratish avvaldan tuzil olinadi. Eng ko’p metallmas VIII (inert gazlar) guruhida joylashgan, lekin ular nofaol elementlar bo’lgani uchun undan oldingi, ya’ni VII (galogenlar) guruhi o’rganilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Demak, metallmaslarni galogenlar misolida tushuntirish o’quvchiga bu mavzuni o’rganish osonroq bo’lishini ko’rsatib beradi.
Dars, asosan, ma’ruza shaklida tushuntirib beriladi. O’quvchilarni yozishi uchun ortiqcha vaqt sarflamaslik uchun oldindan qo’llanma tayyorlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Sababi maktab darsligi bilan cheklanish o’quvchini fikrlash dunyoqarashini cheklaydi.
Mavzu bayon etilgan vaqtda mavzuni iloji boricha barchani e’tiborini torta oladigan nostandart usulda bayon etish kerak.
Maktab darslarini 45 daqiqadan ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, yangi mavzuning bayoni uchun maktabda 25-30 daqiqa ajratish mumkin xolos.
Mavzuni bayon etish davomida o’quvchilarni darsga yana ham jalb qilish uchun turli metodlar (aqliy hujum, muhokamali vaziyat) dan foydalanish kerak. Shunda o’quvchini yangi mavzuni eslab qolishi osonlashadi.
O’quvchilar bu mavzuni o’zlashtirganliklarini tekshirish uchun turli xil metodlar qo’llash mumkin. Masalan, tezkor savol-javob, Fanlar bloki – to’ldirilmagan toifalash jadvali, krossvordlardan foydalanish, test kartochkalari, Svetafor o’yini, mavzuga oid shaxmat o’yini, ortiqchasini top va h.k.
Yuqorida keltirilgan tashkiliy ishlar uchun sinf (guruh) ni 2 yoki 3 guruhga ajratish kerak bo’ladi va 1-o’rin va eng yaxshi o’quvchi uchun mukofot qo’yish kerak bo’ladi. Bunda o’quvchilarning qiziqishi yanada ortadi.
Galogenlar mavzusida har bir element uchun jumboqli she’r elementlarning ba’zi fizik va kimyoviy xossalarini esda saqlab qolishini yana ham osonlashtirib tezlashtiradi.
MAVZUNI TUSHUNTIRISH DAVOMIDA O’QUVCHILARNING YOSHGA DOIR XUSUSIYATLARINI HAM UNUTMASLIK KERAK!



1-TOPSHIRIQ (TEZKOR SAVOL-JAVOB)
Bu topshiriqda har bir guruh a’zosiga bir donadan savol berilib o’z guruhi uchun ochko yig’iladi.
1. Hozirgi kunda davriy sistemada qancha metallmaslar mavjud? J: 23 ta
2. Metallmaslar qanday agregat holatlarda bo’ladi? J: 3 ta; Q,S,G
3. Metallmaslar elektr toki va issiqlikni qanday o’tkazadi? J: Yomon
4. Yer sharida eng ko’p tarqalgan metallmas? J: O (kislorod)
5. Kislorod guruhchasi elementlari nima deb ataladi? J: Xalkogenlar
6. Azot guruhchasi elementlari nima deb ataladi? J: Pniktogenlar
7. Ftor guruhchasi elementlari nima deb ataladi? J: Galogenlar
8. Qaysi metallemas n.sh.da suyuq agragat holatda bo’ladi? J: Br (Brom)
9. Qaysi metallmas sublimatsiyalana oladi? J: I2 (Yod)
10. VIII guruh elementlari nima deb ataladi? J: Inert (nodir) gazlar
11. Metallmaslar, asosan, qaysi oila elementi hisoblanadi? J: p-oila elementi
12. Eng kuchli oksidlovchi element qaysi? J. F2 (Ftor)
13. “Galogen” tushunchasi fanga kim tomonidan kiritilgan? J: I.Shveyger
14. “Galogen” so’zining ma’nosi nima? J: tuz hosil qiluvchi
15. Galogenlarni sanab bering? J: F2, Cl2, Br2, I2, At
16. 1 hajm suvda qancha hajm xlor eriydi? J: 2 hajm
17. Yodning eruvchanligi nechaga teng? J: 0,02 g
18. Ftor qanday rangli modda? J: och-sariq
19. Xlor qanday rangli modda? J: sarg’ish-yashil
20. Brom qanday rangli modda? J: Qoramtiq-qo’ng’ir
BU SAVOLLAR QISQA HOLATDA TUZILGAN. HAR BIR MAVZU YUZASIDAN BU SAVOLLARNI YANA HAM KENGAYTIRISH MUMKIN. BU O’QUVCHILARNING HAR BIR DARSNI MUSTAHKAM O’ZLASHTIRILISHINI TA’MINLAYDI!

2-TOPSHIRIQ (FANLAR BLOKI – TO’LDIRILMAGAN TOIFALASH JADVALI)



Download 228.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling