1. Milliy xavfsizlik taraqqiyot garovi Qurolli Kuchlarning tuzilishi va Qurolli Kuchlami boshqarish
Download 47.11 Kb.
|
Milliy xafsizlikni taminlash borasida amalga oshirilgan ishlar
Milliy xafsizlikni taminlash borasida amalga oshirilgan ishlar Reja 1. Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi 2. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va Qurolli Kuchlami boshqarish 3. O‘zbekiston respublikasi milliy xavfsizlik xizmati to`g`risida 1. Milliy xavfsizlik - taraqqiyot garovi Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala bo ‘lib bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi. “O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash , mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir” 1, - deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz. Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi . Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy , iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi . Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq . Shuning uchun iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berildi. 1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik to‘g ‘risida”gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yil avgust oyida bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa, Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi . Milliy xavfsizlik endi faqat Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. Mudofaa va xavfsizlik kutubxonasi davlat xavfsizligini ko'zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarini; davlatning konstitutsiyaviy tuzumi , suveriniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko'zda tutadi. Prezidentimizning; “ Demokratik va ijtimoiy - iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ma’naviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar o'rtasida totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'iday asrashdir” 1 – degan so'zlari mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi . Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib boradigan tashqi siyosati ham muhim rol o'ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq davlatimizning tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari 2005-yildagi Oliy Majlis Palatalarining qo'shma majlisida Prezident tomonidan ko'rsatib o'tildi. M a’ruzada O'zbekiston tashqi siyosatining mazmuni, maqsadi bitta - u ham bo'lsa, O'zbekiston manfaatidir, deb alohida qayd qilindi. Hamda O'zbekistonning xavfsizligi Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikka, qo'shni davlatlardagi ahvolga bog'liqligi, O'zbekistonning xavfsizligini ta’minlash yo'lida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi e’tirof etildi. Xavfsizlik va uning ta’minlash usullaridan bo'lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi e’tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan. O'zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida XXVII bobni ajratgan. O'zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstit’utsiyaviy normada o'z Ifodasini topgan- (125-modda). Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash doimo ustuvor masalalardan bo'lib kelgan. 1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz. О`zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatar ekan: “ Ikkinchi ustuvor yo'nalish . Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat” - deb qayd qilgan edi. Bundan кo`rinib turibdiki, mudofaa va xavfsizlik Faqat davlat va mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun emas, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi, normal turmush kechirishini ta’minlash uchun ham zarur. “Mudofaa to‘g ‘risida” gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir tizim bo‘lib (Qonunning 2-moddasi), u aniq prinsiplar ashkil qilinadi. Mudofaa sohasidagi O'zbekiston siyosati prinsiplari quyidagilardan iborat: - boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi tajovuzlarning oldini olish; - xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimida Ishtirok etish; - harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar xususiyatiga mosligini ta’minlash; - yalpi qirg'in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, egallashni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish; - Qurolli Kuchlarning mamlakatga beriladigan har qanday tajovuzni daf etishga doimiy tayyor turishi ; - mudofaani yetarli darajada bo'lishi; - harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta’minlash. Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish, xavfsizlik, xavfsizlikni saqlashga e’tibor hech vaqt va hech qanday holda susaytirilmasligi kerak. Hozirgi davda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug'dirayotgan narsa — bu terrorizm bo'lib qolmoqda. Uning mudhish ishlaridan bir necha marta aziyat chekildi va qurbonlar berildi. O'zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari. Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo'llari haqida Prezident o'zining bir necha nutqlarida to'xtalgan. Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlatning ishi emas. Albatta, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi. U mamlakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar mudofaasi tashkil qilinadi. Bu ishga fuqarolar o'rgatiladi, ko'niktiriladi. O'zbekistonda “Fuqaro muhofazasi to'g'risida” maxsus qonun mavjud bo'lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan bog'liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan aniqlash, uni bartaraf etish choralarini oldindan ko'rib qo'yish juda katta foyda keltiradi. Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro masalalar, bo'lajak xavf - xatarlarni o'rganish , tadqiq qilish maqsadida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakat Prezidenti huzurida tuzilgan maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o'ynaydi. U milliy xavfsizlik bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, shunga mas’uldir. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakatning Milliy xavfsizlik xizmati alohida rol o'ynaydi. Bu xizmatni, Konstitutsiyaning 93-moddasi 24-bandiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalar xususida chiqarilgan Prezident farmonlari Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Konstitutsiyaning 126-moddasida: “O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta’minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlariga ega” , - deb belgilangan. “Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitligini saqlash , el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy qurol - aslaha va texnika bilan ta`minlangan, yaxshi tayyorlangan va bugungi kun talablariga to liq javob beradigan, son jihatidan ixcham va harakatchan Qurolli Kuchlarni vujudga keltirish - O'zbekistonimizning buyuk kelajagini barpo etish yo'lidagi eng muhim vazifalarimizdan biridir” , - deb bu masalaning mohiyatini ko'rsatib bergan edi Prezidentimiz. O'zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat’iy tizimi barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan darajaga mos keladi. Qurolli Kuchlar o ‘z ichiga Mudofaa vazirligi va Chegara qo'shinlari bo'linmalarining, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizli k xizmatining maxsus qismlarini, shuningdek boshqa idoralarning harbiy tuzilmalarini oladi. Ya’ni, yuqoridagi bo'linma va tuzilmalar birlashib, Qurolli Kuchlarni tashkil etadi. O'tgan yillar davomida davlatning mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi siyosatini amalga oshiruvchi Mudofaa vazirligi, Davlat chegaraiarini himoya qiluvchi qo'mita, Ichki Ishlar vazirligi va boshqa Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi davlat organlari, tashkilotlarning maqsad va vazifalari qaytadan ko'rib chiqilib, yanada aniqlashtirildi. Mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilishga tegishli qarorlar ishlab chiqadigan va ularni amalga oshiradigan yangi tuzilma - Qurolli Kuchlarning birlashgan shtabi tuzilishi mudofaa sohasida muhim voqea bo'ldi. Mamlakat xavfsizligini saqlashda faqat kuchli Qurolli Kuchlar bo'lishining o'zi kifoya emas . Qurolli Kuchlar samarali, vakolatli boshqarilgandagina , ular o'z oldiga qo'yilgan vazifani to'la bajara oladi. Shuning uchun mamlakatimizda Qurolli Kuchlarni boshqa - rishga alohida e’tibor beriladi. O'zbekistonda mudofaa va xavfsizlikning muhim ahamiyatidan kelib chiqib, Qurolli Kuchlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchilik qiladi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga asosan, Prezident O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh o'mondon sifatida Qurolli Kuchlarning Oliy qo'mondonlarini tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi, Oliy harbiy unvonlarni beradi. Prezidentning mudofaa sohasidagi vakolatlari (Oliy bosh qo`mondon) Mudofaa to'g'risida” gi Qonunning 8-moddasida belgilangan. Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o'z bo'ysunuvidagi qurolli kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalari bo`Igan vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning rahbarlari amalga oshiradi. Masalan, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo'mitasi raisi. O'zbekiston Mudofaa vazirligi tinchlik davrida faqat o'z tasarrufidagi qo'shinlarni boshqarishga rahbarlik qilsa, urush davrida Mudofaa vaziri bir paytning o'zida Oliy bosh qo'mondon o'rinbosari hisoblanadi. Qurolli Kuchlar oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor va kundalik rahbarlikni Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi boshlig'i amalga oshiradi. Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo'mondonlik organi hisoblanadi. Qurolli Kuchlarni boshqarishda harbiy okruglar alohida o'rin tutadi, harbiy okrug alohida yo'nalishlarda Respublika xavfsizigi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy - ma’muriy birlik hamda umum qo'shin tezkor strategic birlashmadir. Mudofaa sohasidagi O'zbekiston hukumatining, Mudofaa vazirligining, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari, mahalliy davlat okimiyati organlarining vakolatlar Mudofaa to`g`risidagi Qonunning 9, 10, 12, 13, 14- moddalarida belgilab qo`yilgan. Mudofaa sohasida, Qurolli Kuchlarni tashkil qilishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ham ishtirok etadi, ya`ni davlat organlariga o'z vazifalarini bajarishga ko`maklashadi (Qonunning 15-moddasi). Mudofaa va xavfsizlik masalasi о`ta muhim masala ekanligi sababli u O'zbekiston Prezidentining “O'zbekiston XXI.asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq qiyot kafolatlari” asarida barqarorlik hamda taraqqiyot kafolatlari va shartlaridan biri sifatida ko'rsatilgan. Unda ta’kidlanishicha , davlatning mudofaa qobiliyati uning siyosiy , iqtisodiy, harbiy, ilmiy va ma’naviy imkoniyatlaridan tarkib topadi. Davlat mudofaa qobiliyatining eng muhim qismi uning Qurolli Kuchlaridir. Harbiy qurilish sohasidagi maqsad professional armiyani, o'z tarkibida yaxshi tayyorlangan va ta’lim olgan. O'zbekiston xalqiga, ona zaminiga sadoqatli bo'lgan, O'zbekiston Vatanining sha’ni va qadr- qimmatini oxirigacha himoya qila oladigan jangchilarga ega bo'lgan armiyani bosqichma – bosqich vujudga keltirishdan iborat. Maqsad miqdor jihatdan uncha katta bo'lmagan, lekin yaxshi shaylangan, zamonaviy urollar va harbiy texnika bilan bekamu ko'zt qurollangan, O'zbekistonning xavfsizligini mustaqil ravishda va puxta ta’minlashga qodir bo'lgan Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir. O'zbekiston Prezidentining bu so'zlarida mudofaaning ahamiyati, unda Qurolli Kuchlarning ro`li va Qurolli Kuchlarni takomillashtirish hamda undan ko'zlangan maqsad aniq ko'rsatib berilgan. “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Oliy Kengashning “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonotiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilsin (respublika qo‘mitasi huquqida). 2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (1-ilova). 3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tizimi va xodimlari soni tasdiqlansin (2, 3, 4-ilovalar berilmaydi). Sobiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi qo‘mitasining tugatilgan alohida bo‘linmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yil uchun Respublika budjetining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini saqlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda har yili moddiy-texnika vositalarini ajratishni, shuningdek chet el valyutasi ajratishni ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va Avtomobil transporti vazirliklari, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqaning barcha turlarini , xonalar, texnik ish uchun transportda joylarni band qilishni amalga oshirsinlar. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, uning joylardagi organlari xodimlariga uy-joy, yakka tartibda uy-joy va dala hovli qurilishi uchun yer uchastkalarining birinchi navbatda ajratilishini ta’minlasinlar. Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubning bugun, 3 dekabr kuni o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusidagi davra suhbatida aytib o‘tdi Uning qayd etishicha, O‘zbekiston demokratik taraqqiyot masalalari bilan shug‘ullanadigan barcha xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, jumladan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari byurosi, BMTning konvensiyaviy organlari, YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va boshqalar bilan yaqindan, ochiq hamkorlik qiladi. “Inson huquqlari bo‘yicha muloqot O‘zbekistonning muhim sheriklari, xususan Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari bilan hamkorligi kun tartibiga kiritilgan. Keng xalqaro ko‘mak bilan O‘zbekiston birinchi marta keyingi uch yil muddatga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi”, deydi Abdulaziz Komilov. O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakat ko‘p yillar davomida go‘yo milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelinganini aytdi. “Bugun men sizning e’tiboringizni inson huquqlari sohasidagi xalqaro sheriklar bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro bog‘liqlik masalasidir. Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekison go‘yoki Milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas va demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir. O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi 3-4 yil ichida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ushbu mammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Albatta, inson huquq va erkinliklari har qanday sharoitda ham himoya ostida bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan davlat hokimiyatini demokratlashtirish xalq va ommaviy axborot vositalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fuqarolik va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida ortga qaytmaydigan yo‘lda bormoqda”, deydi Komilov. Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni milliy va global darajada ochiq muhokama qilyapti. U 2018 yil noyabr oyida Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi va joriy yil avgust oyida virtual formatda o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirni esladi. Komilovga ko‘ra, O‘zbekistonning inson huquqlari buzilishi va jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgargan. U bunga misol tariqasida o‘tgan yili Suriyadan 200 ga yaqin fuqaroning qaytarilgani va navbatdagi shunday missiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi. “O‘zbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir va bu tamoyil Prezident Shavkat Mirziyoyev aniq ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda ham qat’iy amal qiladi. Ammo bu muammoning, ya’ni xavfsizlik hamda inson huquqlari nisbati va bog‘liqliginining yana bir tomoni bor. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, shu jumladan so‘z erkinligini amalda ro‘yobga chiqarish uchun ken imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ushbu demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkazish, jamoat tartibini, amaldagi qonunlarni buzish bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima demoqchiman? Masalan, so‘nggi paytlarda ayrim, hatto, demokratik rivojlangan mamlakatlarda ham ommaviy kayfiyatlarning keskinlashuvi natijasida huquqiy tartibning buzilishiga, tartibsizliklarga, o‘t qo‘yishlarga va hatto odamlarning qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, ushbu qonunbuzarliklarning demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish orqali sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va konstruvtiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin. Ayni paytda yuqorida aytib o‘tganimdek, davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Buni anglab yetish, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan asosiy tub o‘zgarishlardan biridir”, deydi tashqi idora rahbari. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova). O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan: 125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi. 126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.» O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi. 1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi. 1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi. Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi. 1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi. Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi. 1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘ bilan ta’minlanadigan bo‘ldi. Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi. Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi: 1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi. Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi.Prezident I.Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadlari asoslab berilga Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonun qabul qilindi. Albatta, ana shu rasmiy hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi alohida ahamiyatga ega. Konstitutsiyamiz XII bobining 53—55-moddalarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negizlari huquqiy jihatdan asoslab berilgan (14-ilova). Bu borada «Xo‘jalik jamoalari va shirkatlari to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi (1998-yil) qonunlar qabul qilindi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi (1996-yil), «O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi (2000-yil), «Sug‘urta to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi (2000-yil), «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi (2000-yil) va boshqa qonunlar qabul qilindi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi (2000-yil), «O‘zbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi, «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi (1996-yil) qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlarning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. «Aholining bandligi to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Nogironlarning ijtimoiy muhofazasi to‘g‘risida»gi (1991-yil), Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Ta’lim to‘g‘risida»gi (1997-yil), «Yoshlarga doir davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi (1991-yil), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1998-yil) qonunlar shular jumlasidandir. Bu huquqiy hujjatlar bozor munosabatlariga o‘tishning murakkab sharoitida aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, kishilarning ijodiy qobiliyatlarini yanada jo‘sh urdirish imkoniyatini berdi. O‘zbekiston Respublikasi ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish maqsadlarini ko‘zlab davlat mulkini xususiylashtirish yo‘lini tutdi. Bu yo‘l jahon davlatlari tajribasida hayotda o‘zini oqlagan yo‘ldir. Bu yo‘ldan dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Filippin singari davlatlari ham bormoqdalar. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi.1992—1993-yillarda 28,8 ming yuridik shaxs 53,9 mingta xususiy obyekt egasi bo‘ldi. Shu yillarda 1 million kvartira xususiylashtirildi. Ular xususiy mulkka aylandi. 2002-yilga kelib O‘zbekiston aholisining asosiy qismi qaysidir shakldagi mulk egasi bo‘ldi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlardan tashqari, barcha mulkka fuqaroning o‘zi egalik qilmoqda.2003-yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda 698 korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Ushbu xususiylashtirishdan tushgan jami mablag‘ 22,5 milliard so‘mni tashkil qildi O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga aylandi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o‘tib ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi. 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.Dasturga asosan dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. Bu «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi.Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi. 1992—1994-yillarda 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Ularning 18,4 mingtasi xususiy mulk bo‘lib qoldi. 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. 1994-yilda mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo‘ldi.Mamlakat Oliy Majlisi mulkdorlar sinfini shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1996-yil 25-aprelda o‘zining beshinchi sessiyasida «Aksiyadorlar jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qildi. 1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan. «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi. Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarga muvofiq xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994-yil 29-martda tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq shu yilning o‘zida 5127 obyekt xususiylashtirildi. 1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. Yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshlandi. Shu yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg‘i energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta transport, 68 ta uy-joy kommunal xo‘jaligi, 229 ta qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq obyektlar xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi. Download 47.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling