Yangi O`zbekiston mening taqdirimda


Download 25.77 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi25.77 Kb.
#1143633
Bog'liq
Konsepsiya


“Yangi O`zbekiston mening taqdirimda”
Konsepsiyasi


Konsepsiyaning huquqiy shakli:

  1. Prezidentimizning 19.01.2022-yildagi ”MAHALLALARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PQ-92-son qarori

  2. Vazirlar mahkamasining 07.06.2022-yildagi “YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi VM-312-son qarori

  3. Prezidentimizning 20.01.2022-yidagi ““ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININI AHOLI O‘RTASIDA OMMAVIY-MA’RIFIY HARAKATGA AYLANTIRISH VA BOSHQA INTELLEKTUAL O‘YINLARNI RIVOJLANTIRISHGA OID CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”gi PQ-96-son qarori

Joriy yilning 19-yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan ”MAHALLALARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” qarori bilan respublikamiz bo`ylab mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Ushbu qaror bilan mahalla yoshlar yetakchisining vazifa va imkoniyatlari belgilab berildi. Shu bilan bir qatorda Surxondaryo viloyati Denov tumani Oxtom mahallasida ham ushbu qaror ijrosi bo`yicha yoshlar yetakchisi tomonidan kerakli ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan:



  1. “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish maqsadida Mahallada xonadonlari xatlovdan o`tkazildi va Oxtom mahallasida 888 ta xonadon, 5136 nafar fuqaro shundan: 0-30 yoshdagilar 2560 nafar, 14-30 yoshdagilar 1206 nafarni tashkil etdi. Mahallada yashovchi 14-30 yoshdagilar ro`yxati olinib yoshlar balansi shakllantirildi va elektron platformaga joylashtirildi. Xatlov jarayonida aniqlangan muammosi bor yoshlar ro`yxati alohida shakllantirilib Yoshlar daftari electron platfomasiga muntazam ravishda kiritib borilmoqda.

  2. Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Mahallada turli xil madaniy va marifiy tadbirlar va besh tashabbus olimpiadasi muntazam ravishda o`tkazilib kelinmoqda. Joriy yilda o`tkazilgan ko`plab tadbirlarda mahalla yoshlari tuman va viloyat miqyosida faxrli o`rilarni egallab kelmoqda. Jumladan: yaqinda o`tkazilgan “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasida Tosh ko`tarish turi bo`yicha Xasanov Yashnar tumanda faxrli 1-o`rinni, viloyatda esa faxrli 3-o`rinni egalladi. Besh tashabbus olimpiadasida esa sport shashka turi bo`yicha 16-21 yosh toifasida qiz bolalardan Salohiddinova Taxmina va o`g`il bolalardan esa Sulaymonov Suxrob tumanda faxrli 1-o`rinni egallab vilayet bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishdi. Umuman olgan Oxtom mahallasida sport va madaniy tadbirlar muntazam ravishda o`tkazilib kelimnoqda.

  3. Mahallada yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda samara;I ishlar olib borilmoqda. Jumladan Mahalla hududida joylashgan 19-sonli maktab bilan hamkorlikda har oyda maktab o`quvchilari o`rtasida ichki fan olimpiadalari o`tkazilmoqda.

  4. Mahalladagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi va tuman mudofaa bo`limi bilan hamkorlikda yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko`plab uchrashuv va seminarlar o`tkazilmoqda. Jumladan Denov tumanida joylashgan harbiy qismga yoshlarning tashriflarini muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Yoshlarni intellectual jihatdan kamol toptirish maqsadida mahallada muntazam ravishda Zakovat va Shaxmat musobaqalari o`tkazilib kelinmoqda.

  5. Mahallada huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish maqsadida mahallada faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektori bilan birgalikda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan mahallada jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan muntazam ravishda suhbat olib borilmoqda va ularga kerakli tushunchalar berib borilmoqda. Umumiy qilib aytganda mahalla yoshlarining xohish istaklaridan kelib chiqib ularg aimkoniyatlar berilmoqda.

Har bir mahallada “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” loyihalarini amalga oshirish maqsadida mahallada faoliyat yuritayotgan mahalla nuroniysi G`aniyev Vali bobo bilan birgalikda “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh” loyihasi doirasida yoshlarni nuroniylarga biriktirish orqali ularga bugungi hayotda o`z o`rnini topishda muhim rol o`ynamoqda. Bugunga qadar mahalla nuroniysiga 20 nafar yoshlar biriktildi va yoshlarni hayotda o`z o`rnini topishiga nuroniy orqali ko`maklashildi.

Vazirlar mahkamasining 07.06.2022-yildagi “YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi VM-312-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Oxtom mahallasida Yoshlar daftari electron paltformasiga kiritilgan yoshlarga har hil turdagi yordamlar ko`rsatish uchun kerakli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:



  1. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida” gi nizomning

3-bob “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 1-xatboshisi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish tartibiga muvofiq mahallaning Nvruz ko`chasida yashovchi XUSANOVA BIBISORAga mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida bir martalik moddiy yordam 1 million 200 ming so`m pul mablag`i yoshlar daftari jamg`armasidan berildi.

  1. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida” gi nizomning

3-bob “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 6-xatboshisi  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish tartibiga muvofiq mahallaning Do`stlik ko`chasi 35-uyda yashovchi AZIMOVA NASIBAga mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida yashlar daftari jamg`armasi hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinkasi berildi va fuqaro bugungi kunda ushbu tikuv mashinkasidan foydalanib kelmoqda.

  1. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida” gi nizomning

3-bob “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 7-xatboshisi  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining ta’lim to‘lov-kontrakt summasining bir qismini to‘lab berish tartibiga muvofiq mahallaning Do`stlik ko`chasida yashovchi Raximova Nozimaga, Mahallaning Arg`un ko`chasida yashovchi Sharofiddinova Dildoraga va Raximov Baxromga Yoshlar daftari jamg`armasidan tegishli tartibda to`lov kantrakt pullari to`lab berildi.

  1. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida” gi nizomning

3-bob “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 12-xatboshisi  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibiga muvofiq mahallaning Do`stlik ko`chasida yashovchi TO`RAYEVA MUHAYYOga davolanish harajatlari uchun mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi bilan yoshlar daftari jamg`armasidan 2 million so`m pul mablag`i ajratildi va ko`z kasalligida nuqsoni bo`lgan yoshimizda dardiga shifo ulashildi.

  1. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida” gi nizomning

3-bob “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 14-xatboshisi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish tartibiga muvofiq mahallaning Navruz ko`chasida yashovchi RAJABOV MA`MURga, Istiqlol ko`chasida yashovchi MAHMUDOV HUVAYDOga, Arg`un ko`chasida yashovchi MENGTOSHOV MAQSUDga mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida SCHR to`lovlari tegishli tartibda to`lab berildi.

  1. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida” gi nizomning

3-bob “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 18-xatboshisi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash bo`yicha mahallaning Navruz ko`chasida yashovchi Mingnorov Sunnatullo va Mingnorov Abdullolar mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida mahalla hududida joylashgan “Lutfullo” fermer xo`jaligiga texnolog vazifasiga doimiy ishga joylshtirildi va ular bugungi kunda doimiy ishlab daromad qilib kelmoqdalar.

  1. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida” gi nizomning

3-bob “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 19-xatboshisi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish bo`yicha mahallaning Oxtom ko`chasida yashovchi BEKMURODOV ANVARga mahalla yoshlar yetakchisining tavsiya va hokim yordamchisining yordami bilan 33 million so`m miqdorida tadbirkorlik qilish maqsadida imtiyozli kredit mablag`i ajratildi va fuqaro bugungi kunda ushbu pul mablag`i bilan zamonaviy issiqxona qurib daromad olib kelmoqda.
Shuningdek mahallada istiqomat qilib bugungi kunda hunar o`rganish istagi bo`lgan HAZRATOVA DILRABO mahallada faoliyat yuritadigan tikuvchi hunarmandga biriltirilgan va u bugungi kunda tikuvchilik sir-asrorlarini o`rganib kelmoqda.
Mahalla hududida yashab, bugungi kunda dehqonchilik qilish istagi bor bo`lgan 11 nafar, jumladan:
1. Abdujalilov Javohir
2. Ergashov Ashraf
3.Nematova Munisa
4. Abdujalilova Zarina
5. Bobojonova Bonu
6. Mirzayev Shohboz
7. Xaydarov Azamat
8. Ergashov Xusrav
9. Mirzaliyev Jahongir
10. Suyunov Ravshan
11.Boboqulova Dilshodalar mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida Yoshlar daftariga kiritilib, Auksion orqali yer yutib oldilar va ular bugungi kunda yerdab unumli foydalanib daromad olib kelmoqda.
Umuman olganda VM-312-son qaroriga muvofiq OXTOM mahallasida yoshlar daftariga 27 nafar yoshlar kiritilgan bo`lib bugungi kunda ulardan 26 nafariga yordam ko`rsatilib yoshlar daftaridan chiqarilgan.



Download 25.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling