1-modul. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari ta’lim vaqti : 2 soat Mashg’ulot shakli


Download 84 Kb.
Sana31.07.2020
Hajmi84 Kb.
#125220
Bog'liq
1-MODUL. BOLALAR JISMONIY TARBIYASI FANINING PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI


1-MODUL. BOLALAR JISMONIY TARBIYASI FANINING PREDMETI VA ASOSIY TUSHUNCHALARI

Ta’lim vaqti :2 soat

Mashg’ulot shakli: Ma’ruza

Ta’lim vazifasi: Talabalarning nazariy bilimlarini boyitish, nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog’liqligini ta’minlash.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarning kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish

Ta’lim vositasi: Maruza materiallari, ko’rgazmali qurollar, interfaol ta’lim resurslari.

Ta’lim shakli: Guruhlarda ishlash, yakka tartibda ko’rsatmalar berish.

Ta’lim sharti: Keng va shinam auditoriya. AKT jihozlari.
Reja.

1.O’zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya tizimi.



2.Bolalar jismoniy tarbiyasining pretmeti va asosiy tushunchalari

1.O’zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya tizimi.

O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar,
umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi o‘ringa ko‘tarilayotgani, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada
oshayotgani bugungi kunda sir emas. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko‘p qirrali muammosining muhim yo‘nalishi
har bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi qayg‘urish madaniyatini singdirishdir. Uni tarkib toptirish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi, mahalla, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va
sport tizimlarining xodimlari butun kuch-quvvatini, g‘ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo‘lgan muhabbatini singdirib borishlari darkor.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis
etdik va maxsus xalqaro jamg‘armani tuzdik. Bu bejiz emas, albatta. Sog‘lom avlod deganda, biz faqat jismoniy baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodga ega bo‘lgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hech qachon hech kim yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi
anglab olmog‘imiz shart”, - deb alohida ta’kidlagan.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli spotrchilarni tanlash
va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublari joriy etilgan bo’lib, bu sohada muhim vazifalar belgilangan. Ana shunday vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa sohalar qatori maxsus jismoniy tarbiya sohasida ham adabiyotlar yaratilishi yo’lga qo’yilgan.
2.Bolalar jismoniy tarbiyasining pretmeti va asosiy tushunchalari

Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini har tomonlama rivojlangan barkamol shaxslar etib, voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari bo‘lajak yosh avlodni turli nazariy bilimlarni, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixiy qonuniyatlari, metodlari, vositalarini o‘rgatish hamda jismoniy tarbiyaning xususiyatlari haqida atroflicha va chuqur bilimlar berish bilan birga ularni kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy a hamiyat kasb etuvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya bolalarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan


baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan ishlashga qodir, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko‘rsatmoqda. Jismoniy tarbiya ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.
Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, shuningdek, ijtimoiy madaniyat darajasi jismoniy tarbiyaning maqsadiga umumiy yo‘nalish beradi. L.Tolstoyning mashhur
so‘zi bilan aytganda: “Ma’nan sog‘lom bo‘lish uchun jisman bardam bo‘lmoq kerak”.
Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumdavlat ahamiyatiga molik masala hisoblanib, u ko‘p millatli vatanimizda tug‘ilib o‘sgan, tomir yoygan barcha qardosh xalqlar uchun birday
ezgu maqsaddir.

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi bu – bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofq

shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.

Jismoniy rivojlanish - bola organizmining individual hayoti davomida morfofunksional xususiyatlari va ularga asoslangan holda ruhiy-jismoniy sifatlarining shakllanishi hamda o‘zgarib borish jarayonidir. Tor ma’noda “jismoniy rivojlanish” organizmning antropometrik hamda biometrik o‘lchovlar orqali aniqlanadigan (o‘sish, vazn ko‘rsatkichlari, ko‘krak qafasi hajmi, qomat holati, umurtqa pog‘onasi egiluvchanligi, tovon o‘lc hami, dinamometriya va hk.) morfofunksional xususiyatlar jamlanmasini anglatadi. Keng ma’noda esa ruhiyjismoniy xususiyatlar (tezlik, kuch, egiluvchanlik, epchillik, chaqqonlik chidamlilik)ning rivojlanishini anglatadi.

Jismoniy barkamollik (kamolot) – jismoniy rivojlanganlikning o‘lchov ko‘rsatkichi. U hayot faoliyatining mehnat hamda turmush tarzi talabalariga to‘liq javob beradigan: mukammal jismoniy tayyorgarlik hamda o‘zaro uyg‘un holatdagi ruhiy-jismoniy rivojlanishni nazarda tutadi. Jismoniy barkamollik organizmning biologic ishonchliligi, yuqori tarzdagi individual jismoniy qobiliyat
asosida yetuklik hamda mustahkam sog‘lik negizida uzoq umr ko‘rish holatlarida namoyon bo‘ladi. Farzandlarimizning jismoniy barkamolligi mamlakatimiz
ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning asosiy negizini tashkil yetadigan har tomonlama yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash va voyaga yetkazish jarayonining
asosiy bo‘g‘ini sifatida muhim a hamiyat kasb yetadi.

Jismoniy madaniyat – jamiyat umumiy madaniyatining tarkibiy qismi, ijtimoiy faoliyatning bo‘g‘ini sifatida salomatlikni mustahkamlash hamda inson jismoniy
qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan, moddiy hamda ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradigan, insonning jamiyatda faol faoliyat olib borishi, sog‘lom turmush tarziga ega bo‘lishi, jismonan barkamol bo‘lib
voyaga yetishi uchun zarur bo‘ladigan madaniyat ko‘rinishi hisoblanadi. Istalgan madaniyatning o‘ziga xos xususiyati uning ijodiy asosga qurilganligidadir. Ishonch bilan aytish mumkinki, jismoniy madaniyat deganda jismoniy mashqlar
orqali inson tabiatini o‘zgartirish, takomillashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyat tushuniladi. Jismoniy madaniyat inson tanasini ”madaniyatlashtirish”ga qaratilganligi bilan diqqatga sazovordir. Shu sababli, tana “madaniyati”ni
shakllantirish bilan birga bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish muhim hisoblanadi. Insonning u yoki bu kasalligi-psixikasi va tanasidagi rivojlanishning oqsashi uchun to‘lovdir. Bola tug‘ilishidan boshlab uning sotsiumda
rivojlanish erkinligi chegaralangan bo‘ladi. Faoliyat erkinligining chegaralanishi turli kasalliklarga olib keladi. Salomatlikka erishish uchun bolani uni o‘rab turgan atrofmuhitga moslashtirish hamda uyg‘unlikda yashashga yordam berish kerak.Jismoniy madaniyat juda keng tushuncha bo‘lib, jismoniy tarbiya bilan

chambarchas bog‘langandir.



Jismoniy tayyorgarlik - sog‘liq, jismoniy rivojlanish hamda hayotga, maktabga va Vatan mudofaasiga jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasini o‘z ichiga oladi. Misol: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug'ullangan va shug‘ullanmaydiganlar bilan taqqoslash; albatta sport bilan shug'ullangan o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi nisbatan yuqori bo'ladi.

Jismoniy tarbiya - Jismoniy kamolotga erishish uchun yo'naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, harakat malaka va ko‘nikmalarda o‘rtacha va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, nafosat va mehnat tarbiyasi bir vaqtda amalga oshiriladi. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklardan mavjud.

Jismoniy tarbiya – jismoniy barkamolikka erishish maqsadida harakat ko‘nikmalari hamda ruhiy-jismoniy xususiyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatdir. Jismoniy tarbiya bolaning jismoniy madaniyatini shakllantirishda asosiy a hamiyat kasb etishi bilan bir qatorda unga umuminsoniy hamda milliy madaniy qadriyatlarni berish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya insonni har tomonlama rivojiga munosib hissa qo‘shib, uning ruhiy, ma’naviy, axloqiy taraqqiyotiga asos bo‘ladi. Shuningdek, insonlar orasidagi o‘zaro ijtimoiy munosobatlar, do‘stlik, mehribonlik, insonparvarlik, oqibat, saxovat kabi

xususiyatlarni mustahkamlaydi. Maqsadi har tomonlama yetuk, barkamol yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish. Buning uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:

-o‘quvchilarda yuqori axloqiy, irodaviy, jismoniy

fazilatlar tarbiyalanadi;

-o‘quvchilar sog‘ligini saqlash va mustahkamlash

amalga oshiriladi;

-o‘quvchilarning bo‘lajak kasbiy faoliyatini hisobga

olgan holda jismoniy tarbiya tashkil etiladi;

-o‘quvchilarga jismoniy tarbiya nazariyasi, metodikasi, amaliyoti bo‘yicha bilimlar bazasi shakllantiriladi;

Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish organizmning funksional imkoniyatlarini, aqliy va jismoniy ishlash qobiliyatini, o‘quv mehnatining unumini oshiradi. Jismoniy tarbiya vositalaridan mohirlik bilan foydalanish, amaliy va boshqa maxsus intellektual sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi.



Jismoniy tayyorgarlik- harakat ko‘nikma va malakalari darajasining dastur me’yoriy talablariga mos kelishi hisoblanadi.

Jismoniy ta’lim- maxsus bilimlar bilan qurollanish, harakat ko‘nikma va malakalarini o‘rganish, bolada tana reflektsiyasini takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladi.

Jismoniy mashqlar- maxsus harakatlar tizimi bo‘lib, jismoniy tarbiya vositasi sifatida qo‘llaniladigan bola faoliyatining murakkab shaklidir. Ular hayotiy zarur bo‘lgan harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun qo‘llanilib, bolaning ma’naviy o‘sishi va takomillashuviga yordam beradi.

Bolalarning individual yoki jamoa o‘zaro ta’sirida bajaradigan jismoniy mashqlari, ularni tegishli ma’naviy iroda sifatlarini shakllantirishning asosi bo‘lgan axloqiy munosabatlar tajribasi bilan qurollantiradi.

Mashq atamasi- harakat faoliyatini bir necha marotoba takrorlanishini anglatadi.

"Mashq" tushunchasi jismoniy mashqlarni bir necha marta takrorlash jarayoni sifatida ham qo’llaniladi.

Sport bu - sportchining shaxsiy faoliyati bo‘lib, musobaqalar jarayonida namoyon bo‘ladigan, jismoniy mashqlarning muayyan turida yuqori natijalarga erishish uchun yo'naltirilgan maxsus faoliyat hisoblanadi.

Sport jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, tarixiy shakllangan ijtimoiy faoliyat turi hisoblanib, turli jismoniy mashqlar kompleksi orqali musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazish tizimini tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Shuningdek, insonning ruhiy, ma’naviy, axloqiy xususiyatlarini shakllanishi hamda rivoj topishida beqiyos ta’sir ko‘rsatadi. Ommaviy hamda yuqori natijalarga erishish
shakllari mavjud. Sport nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kamolotga yetishishda ham muhim omildir. U irodani toblaydi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengishga o‘rgatadi. Inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘urur
va iftixor tuyg‘ularini tarbiyalaydi.


"Jismoniy madaniyat" atama, umumiy "madaniyat" atamalari kabi ko‘p ma’nolidir. Zamonaviy adabiyotda "madaniyat" deganda inson ("jamiyat") faoliyatining ayrim turlari, shuningdek, uning shaxs va jamiyat uchun qimmatbaho boMgan natijasiga aytiladi.

"Madaniyat"ning umumiy tushunchasini aniqlashda, odatda, "tabiat" tushunchasi bilan taqqoslaydilar. Ma’lumki, tabiatda tabiat qonunlari bo‘yicha insonga bog‘liq boMgan hamma narsa unga tegishlidir hamda uning faoliyati natijasi (inson tomonidan yaratilgan jonli va jonsiz mavjudot)dir. Madaniyat hodisalariga kishi (jamiyat) qayta ishlash faoliyatining usullari va natijalari, ya’ni tabiatni o‘zgartirishga yo'naltirilgan faoliyat tegishlidir.

Madaniyatning rivojlanish jarayonida bo’lib, insoniyatning takomillashuviga, o‘z xususiy tabiatini "o'zgartirishga" yo‘naltirilganlari faoliyatning asosiy turiga kiradi. Jismoniy tarbiya madaniyatning mana shu komponentlari sirasiga kiritiladi.

"Jismoniy madaniyat" tabiat in’omidan olingan insonning hayoti uchun zarur sifatlari, imkoniyatlar va qobiliyatlarga ta’sir etadiki, ular nasldan naslga o'tadi hamda hayot, faoliyat va tarbiya sharoitlari ta’sirida avlodlararo rivojlanadi.



Adabiyotlar ro’yxati

1. Ливицский А.Н Мактабгача ёшдаги болаларни жисмоний тарбия асослари ва методикаси. Ўқув қўлланма. Тошкент: 1995 йил - 500 б.

2. Сушко Г.К. Гимнастика и методика её преподавания. Учебное пособие ТДПУ, 2008 г

3. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Darslik Toshkent., “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b.

4. Xo‘jaev F, Raximqulov K.D, Nigmanov B.B. «Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanma “Cho‘lpon” nashriyoti Toshkent 2011 y.

5. Raximqulov K.D «Milliy harakatli o‘yinlar» o‘quv qo‘llanma “Tafakkur bo‘stoni” nashriyoti Toshkent 2012 y.



GLOSSARIY




Atamaning O‘zbek tilida nomlanishi

Atamaning Rus tilida nomlanishi

Atamaning Ingliz tilida nomlanishi

Atamaning ma’nosi



Jismoniy tarbiya

Физическая воспитания

Physical traihihg

Jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir.



Jismoniy tayyorgarlik

Физическая подготовка

Physical traihihg

U aniq kasb xususiyatiga ko‘ra o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o‘kazish metodikasining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi.



Jismoniy ta’lim

Физическая воспитания

Physical traihihg

Jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar,harakat ko‘nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.



Sport

спорт

sport

Bu musobaqa jarayonida namoyon bo‘ladigan,u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatdir.



jismoniy madaniyat

Физическая культура

Physical traihihg

Bu jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir.



Jismoniy rivojlanish

Физическая развития




Bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish jarayonidir.

TARQATMA MATERIALLAR

1-o’quv topshiriq «Yechim daraxti»
Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Yechim daraxti” texnologiyasi orqali muammo hal qilinadi.






Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling