1. Modulni o`qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari


Download 213.87 Kb.
bet1/13
Sana05.01.2022
Hajmi213.87 Kb.
#218451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi


Reja

I.Kirish


II.Asosiy qism

1. Modulni o`qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari.

2. Mavzu bo’yicha interfaol usullar

3. Tarqatma materiallar va testlardan namunalar


III. Xulosa.

IV. Adabiyotlar ro’yxati.

Kirish

«Ta’lim to`g`risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo`ljallangan “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi”, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risidagi”gi PF5712-sonli Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2019 yil 23-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan 34-sonli yig`ilishda belgilangan ustuvor vazifalar hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 28-dekabrdagi “Umumiy o`rta ta’lim maktablarida variativ o`quv rejalarni tajriba-sinovdan o`tkazish to`g`risida”gi 405-sonli buyrug`i mazmunidan kelib chiqqan holda, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.



Xususan, shu kunlarda yuqoridagi ehtiyojlardan va ular oldida ko`ndalang turgan muammolardan kelib chiqqan holda, matematika fani o`qituvchilarining malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo`ldi. “Matematika fanini o`qitish metodikasi” modulining ishchi o`quv dasturi matematika fani o`qituvchilari malakasini oshirish kursining o`quv dasturi asosida tuzilgan bo`lib, u matematika fani o`qituvchilariga o`qitishning zamonaviy metodlari mazmuni va mohiyatini ochib beradi.

Modulning maqsadi: umumiy o`rta ta’lim maktablari matematika fani o`qituvchilarining zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalari va maqbul metodlardan foydalanish kompetentsiyalarini rivojlantirishdan iborat. Modulning vazifalari: - matematika fani o`qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlar haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish; - matematika fani o`qituvchilarida dars jarayonida samarali metodlarni qo`llash ko`nikmalarini shakllantirish. Modul bo`yicha tinglovchilarning bilim, ko`nikma, malaka va kompetentsiyalariga qo`yiladigan talablar: Matematika o`qituvchilari:

1. Mazkur kursni muvafaqqiyatli tugatgan tinglovchi quyidagilarni bilishi zarur: - matematika fanini o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari va o`qitish metodlarini; - matematika fanidan o`quvchilar bilim, ko`nikma, malaka va kompetentsiyalarini baholash va nazorat turlarini; - matematika fanidan dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qo`yilgan zamonaviy talablarni; - matematika fanini o`qitishda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash metodlarini.

2. Quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim: - matematika fanini o`qitishning zamonaviy metodlarini qo`llay olish; - zamonaviy talablar asosida matematika fanidan dars ishlanmasini ishlab chiqish; - matematika fanidan o`quvchilar bilim, ko`nikma, malaka va kompetentsiyalarini baholash va nazorat topshiriqlarini tuzish; - matematika darslarini kuzatish, tahlil qilish va baholash.

3. Quyidagi malakalarni egallagan bo`lishi shart: - matematika fanidan ochiq darslarni o`tkazish va ularni tahlil qilish; - matematika fanidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish; - matematika fanini o`qitishda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash; - matematika darslarida buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosidan foydalanish.

4. Quyidagi kompetentsiyalarni egallagan bo`lishi shart: O`zini-o`zi rivojlantirish, o`z ustida ishlash kompetentligi ko`rsatkichlari:

- ilg`or pedagogik texnologiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish;

- zamonaviy talablar darajasida matematika darslarini tashkil qilish va o`tkazish. Mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetentsiyasi

- turli xil yangi vazifalar va mas’uliyatlarni qabul qila olish; - o`ziga, jamoada va hamjamiyat miqyosida mas’uliyatli bo`lish;

- o`ziga va ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishish;

- matematika fanidan o`quvchilarning muvaffaqiyatli o`zlashtirishini nazorat qilish mas’uliyatini o`z zimmasiga olish. Modulni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar Matematika fanini o`qitish metodikasi modulidan mashg`ulotlar nazariy va amaliy shaklda olib boriladi. Nazariy mashg`ulotlarda matematika fanidan yaratilgan o`quv-uslubiy majmualar tarkibi, dars ishlanmalariga qo`yilgan talablar, matematikaning o`ziga xos xususiyatlari va uni o`qitish metodikasi haqida ma’lumotlar beriladi. Amaliy mashg`ulotlarda dars ishlanmalarini tuzish, o`quvchilar bilimini baholash, sinfdan tashqari ishlar, darslarni kuzatish va tahlil qilish o`rgatiladi. Mashg`ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so`rovlar, test so`rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interaktiv ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi. Modulning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog`liqligi va uzviyligi Modul mazmuni o`quv rejadagi “Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llash”, “Matematika fanini o`qitishda innovatsion yondashuvlar” o`quv modullari bilan uzviy bog`langan holda pedagoglarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi. Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Mazkur modul “Ijtimoiy modullar”, “Umumkasbiy fanlar” dan keyin yoki birgalikda o`rganiladi. Unda yuqoridagi bloklarda o`rganilgan mazmun yo`nalishlari va uslubiy jihatlarini matematika faniga tatbiq etish imkoniyatlari ochib beriladi. Modulning ta’limdagi o`rni Tinglovchilarni matematika fanini o`qitishning zamonaviy texnologiya va metodlari bilan tanishtirish hamda amalda qo`llash ko`nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan iborat.


Download 213.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling