1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari


Download 24.29 Kb.
Sana19.10.2023
Hajmi24.29 Kb.
#1709845
Bog'liq
953 03.08.2000




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.15.00 Boshqa operatsiyalar va bitimlar]

[TSZ:

1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Boshqaruvi tomonidan
2000-yil 15-iyulda
476-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Nizom
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 3-avgustda 953-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 313 — 323 va 749 — 758-moddalariga, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-837-son, 2000-yil 2-iyundagi “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-2612-son farmonlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Mazkur Nizom to‘lov katta qismini darhol kompensatsiyalash, qarzlar to‘liq so‘ndirilishini kafolatlash, hisobvaraqlarni yuritish xarajatlarini pasaytirish (faktoring) imkoniyati bilan uchinchi shaxslardan pul talab qilish huquqini bergan holda bank tomonidan o‘z mijozlarini moliyalashga doir operatsiyalarni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1.3. Faktoring — xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yetkazib beruvchilarni (matn davomida — mijoz) moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi bo‘lib, bunda ular bank — moliyaviy agentga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovchilar (matn davomida — to‘lovchi) tomonidan akseptlangan, lekin to‘lov talabnomalari bo‘yicha haqi to‘lanmagan to‘lovni, regress huquqisiz, olish huquqini beradilar.
1.4. Banklar faktoring operatsiyalarini ularning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlari joylashgan erdagi mijozlar bilan shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
1.5. Faktoring xizmatlarini ko‘rsatish asosida to‘lovchi tomonidan moliya agentiga pul talabini bajarish muddatlari 90 kundan oshmasligi kerak. Banklar to‘lovchilardan qarzni undirish bo‘yicha ushbu muddatda to‘lanmagan majburiyatlarga doir choralarni qonunlarda belgilangan tartibda ko‘rishlari kerak.
1.6. Faktoring operatsiyalari:
budjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar bo‘yicha;
jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo‘yicha;
to‘lovga noqobil deb e’lon qilingan korxonalarning majburiyatlari bo‘yicha;
zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalar bo‘yicha;
kapital qo‘yilmalarni moliyalash bo‘yicha;
eksportga oid konsignatsiya kontraktlari bo‘yicha;
kompensatsiya va barter bitimlari bo‘yicha;
ishga bosqichma-bosqich yoki bo‘nak bilan haq to‘lash bo‘yicha;
to‘lovchi shartnomada shartlangan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati ko‘rsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo‘lgan oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin emas.
1.7. Faktoring operatsiyasini o‘tkazish chog‘ida bank pul mablag‘larini ular haqini to‘lash huquqi faktoring shartnomasida ko‘rsatilgan summada bankka taqdim etilgan to‘lov talabnomalari bo‘yicha mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
1.8. Bank tomonidan o‘tkazilgan summa bilan shartnoma bo‘yicha to‘lov talabnomasi summasi o‘rtasidagi farq bank diskontini tashkil etadi.
1.9. To‘lovchida muddati o‘tgan kreditorlik qarzining yo‘qligi faktoring xizmatlarini ko‘rsatishning majburiy sharti hisoblanadi.
1.10. Agar shartnomada boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bank tomonidan pul talabi huquqining keyin berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. ShARTNOMA TUZISh TARTIBI
2.1. Mijoz shartnoma tuzilgunga qadar bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va to‘lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi;
moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilgani va xizmatlar ko‘rsatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar (tovar-transport yukxatlari, ishonchnomalarning ko‘chirma nusxalari, ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va hokazo);
to‘lovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro‘yxati;
to‘lovchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan, so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), shuningdek 90 kundan oshgan qarzdorlik bo‘yicha solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) — yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno.
2.2. Bankning mijoz bilan faktoring xizmati ko‘rsatishga doir shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
ularga nisbatan pul talabining berilishi amalga oshirilayotgan xaridorlar;
berilayotgan talablarning umumiy summasi;
diskont summasi;
shartnomaning amal qilish muddati;
taraflar tomonidan shartnoma shartlari buzilgani uchun da’volarni bayon etish muddatlari;
shartnoma shartlari buzilgani uchun taraflarning mas’uliyati;
shartnomani bekor qilish shartlari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlar.
2.3. Faktoring xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish chog‘ida mijoz va bank-moliyaviy agent to‘lovchini ushbu bitim to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
2.4. To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag‘ida mablag‘lar yetishmagan taqdirda to‘lovchining banki bank — moliyaviy agentga to‘lov talabnomasining 2-son kartotekaga qabul qilinganini ma’lum etadi.
2.5. Shartnoma:
taraflarning o‘zaro kelishuviga;
bank shartnoma shartlarini buzgan taqdirda yetkazib beruvchining tashabbusiga;
yetkazib beruvchi shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bankning tashabbusiga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlarga binoan bekor qilinishi mumkin.
Bunda taraflar shartnomaning amal qilishini shartnomada belgilangan muddatlarda bekor qilish to‘g‘risida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar.
2.6. Shartnoma bir taraf tomonidan bekor qilingan taqdirda o‘zaro da’volar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
3. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN EKSPORT OPERATSIYALARI BO‘YIChA XORIJIY VALYUTADA FAKTORING XIZMATLARI KO‘RSATILIShI
3.1. Eksport mahsulotlari bo‘yicha faktoring xizmatlarini tijorat banklari xorijiy valyutada talab qilib olingungacha depozit hisobvarag‘i bo‘lgan, faqat o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan korxona va tashkilotlarga ko‘rsatadilar.
3.2. Ular tomonidan faktoring xizmatlari ko‘rsatilishi chog‘ida bank daromadlari deganda xorijiy valyutada to‘lov hujjatining nominal qiymati bilan uning shartnomaga muvofiq bankka berilish summasi o‘rtasidagi farq bo‘lgan diskont tushuniladi.
3.3. Etkazib beruvchi tegishli xorijiy sherik bilan tuzgan, ilgari Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontraktlari bo‘yicha yetkazib beruvchi korxonada muddati o‘tgan debitorlik qarzining yo‘qligi eksport operatsiyalari bo‘yicha faktoring xizmatlari ko‘rsatilishining majburiy sharti hisoblanadi.
3.4. Tijorat banklari faqat belgilangan tartibda Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontraktlari bo‘yicha va xorijiy korrespondent banklarning bank kafolatlari olingan yoki mazkur kontraktlar bo‘yicha ochiq chaqirib olinmaydigan akkreditivlar summasidan oshmaydigan summada faktoring xizmatlarini ko‘rsatadi.
3.5. Tijorat banki eksport kontraktlari bo‘yicha faktoring operatsiyasini o‘tkazish chog‘ida mijozning talab qilib olinguncha tranzit depozit hisobvarag‘iga xorijiy valyutadagi mablag‘larni, shartnomada kelishilgan diskont summasini chegirgan holda, yetkazib beruvchi tomonidan boshqa shaxs foydasiga voz kechilayotgan summada o‘tkazadi.
3.6. Pul talabi huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganidan keyin mijoz bu xususda xorijiy kontragent va uning kafili (kafolatchisi) ni xabardor qilishi va ushbu to‘lov hujjatlari bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish uchun ularga bank — moliyaviy agentning bank rekvizitlarini ma’lum etishi shart.
Agar to‘lash shakli sifatida akkreditiv qabul qilinsa, bu holda mijoz bank — moliyaviy agent foydasiga akkreditivni qayta rasmiylashtirish amalini o‘z vaqtida amalga oshirishi, so‘ngra bankni qayta rasmiylashtirish holatidan xabardor qilishi shart.
3.7. Mazkur Nizomning 1.9, 1.10, 2.3, 2.4, 2.6 va 4.6-bandlari amal qilishi eksport operatsiyalariga doir faktoring xizmatlariga tatbiq etilmaydi.
4. BANKLARNING FAKTORING OPERATSIYALARI BO‘YIChA HISOBI VA KEYINGI NAZORATI
4.1. Faktoring operatsiyalari hisobi “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi xisobvaraqlar rejasi”ga (2004-yil 13-avgust, ro‘yxat raqami 773-17) muvofiq yuritiladi.
4.2. Faktoring operatsiyalari bo‘yicha to‘lov hujjatlari hisobini yuritish uchun bank tomonidan kutilmagan holatlar hisobvaraqlarida 90966 — “Xarid qilingan debitorlik qarzlari — Faktoring” shaxsiy hisobvarag‘i ochiladi. Ushbu hisobvaraq debeti bo‘yicha xarid qilingan debitorlik qarzlarining to‘liq summasi aks ettiriladi, kredit bo‘yicha esa to‘lovchilar to‘liq so‘ndirgan xarid qilingan debitorlik qarzlari hisobdan chiqariladi.
4.3. Taraflar tomonidan faktoring (pul talabini berish) to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganidan keyin bank-moliyaviy agent mablag‘larni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag‘iga, diskont summasini chegirgan holda, o‘tkazishni amalga oshiradi.
Mablag‘larni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazishni bank memorial-orderlar bilan amalga oshiradi, ular ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya operatsiyalari amalga oshirilganidan keyin bankning kun hujjatlariga joylashtiriladi, ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi.
4.4. Mijoz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan barcha talablarga rioya etilishi, shuningdek, u tomonidan bankka berilgan pul talablari bo‘yicha uning bank hisobvarag‘iga biror-bir sabablar bilan hisoblab yozilgan mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun (keyingi bank kunidan kechiktirmay) javobgardir.
4.5. Faktoring operatsiyalarida mijoz to‘lov talabnomasining yuqori qismida shtamp qo‘yishi yoki “Faktoring” deb yozib qo‘yishi va kredit bo‘yicha bank-moliyaviy agent faktoring hisobvarag‘ining raqamini ko‘rsatishi kerak.
4.6. Faktoring operatsiyalariga xos bo‘lgan yuqori darajadagi xatar munosabati bilan banklar har oyda Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2015-yil 14-iyul, ro‘yxat raqami 2696) muvofiq faktoring operatsiyalari sifatini tasniflashlari shart.
Mazkur Nizomning amalga kiritilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1999-yil 5-fevralda 621-son bilan tasdiqlagan “Tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom o‘z kuchini yo‘qotadi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Kelishilgan:
Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari T.G. GUSKOVA

Download 24.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling