1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]


Download 475.81 Kb.
bet1/8
Sana19.08.2023
Hajmi475.81 Kb.
#1668398
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3272 30.06.2020




[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi]

[TSZ:

1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3272]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-iyun,
390-son
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 6-iyundagi 390-son buyrug‘iga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va uni yuritish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxirasi va rezervida turuvchi fuqarolar — “harbiy xizmatga majburlar” deb, harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan fuqarolar — “chaqiriluvchilar” deb ataladi.
2. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish va tahlil qilishning umumdavlat tizimi hisoblanadi.
Harbiy ro‘yxatga olish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mudofaa ishlari bo‘limlari, idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilotlar, shu jumladan, ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarning yashash, ishlash va o‘qish joylari bo‘yicha yuritiladi.
3. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq tashkil etiladi va yuritiladi.
4. Harbiy xizmatga majburlar o‘z navbatida rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar tarkibiga bo‘linadi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar tarkibiga muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarni) ofitserlar tayyorlash dasturi asosida ta’limning to‘liq kursini tugatgan fuqarolar kiradi.
Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar tarkibiga muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan (salomatligiga ko‘ra harbiy ro‘yxatdan chiqarilganlardan tashqari) va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatdan ozod etilganlar, harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlar, harbiy hisobdagi ixtisosligi bo‘lgan ayollar, shuningdek, muqobil xizmatni o‘tagan fuqarolar kiradi.
5. Tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan fuqarolar qayd etilgan kundan boshlab, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgunga yoki belgilangan tartibda zaxiraga o‘tkazilgunga qadar chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatida turadi.
Chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turishining belgilangan yoshi yigirma yetti yosh hisoblanadi.
2-bob. Tashkilot va muassasalarda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmachilari hamda muqobil xizmat xizmatchilarini ro‘yxatga olishni tashkil etish
6. Tashkilotlarda ishchilar, xizmatchilar va o‘quvchilardan iborat harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni ro‘yxatga olish ishlari mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilgan shaxsiy varaqa (T-2 namunaviy shakl) (bundan buyon matnda shaxsiy varaqa deb yuritiladi) bo‘yicha olib boriladi.
7. Tashkilotlarda ishlaydigan va o‘qiydigan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar shaxsiy varaqalarining II bo‘limi quyidagi harbiy-hisob hujjatlariga asosan to‘ldiriladi:
harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi;
muqobil xizmat xizmatchilari uchun — muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasi;
safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari uchun — harbiy guvohnoma yoki mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan berilgan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tayotganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
chaqiriluvchilar uchun — chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
8. Rezervdagi va zaxiradagi oddiy askar, matros, serjantlar shaxsiy varaqalarining II bo‘limi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
a) “Hisob guruhi” satrida “A” yoki “BQ”, “DXX”, “IIV”, “DXX ChQ” (harbiy guvohnomaning 21-bandi) ko‘rsatiladi;
b) “Hisob toifasi” satrida — rezerv yoki zaxira deb (harbiy guvohnomaning 20-bandi) ko‘rsatiladi;
v) “Tarkibi” satrida — oddiy askar, matros, serjantlar (harbiy guvohnomaning 22-bandi) ko‘rsatiladi;
g) “Harbiy unvoni” satrida — oddiy askar, matros, kichik serjant, starshina, III darajali serjant, III darajali starshina, II darajali serjant, II darajali starshina, I darajali serjant, I darajali starshina, katta serjant, bosh starshina (harbiy guvohnomaning 16-bandi) ko‘rsatiladi;
d) “Harbiy hisob mutaxassisligi ____ -son” satrining sur’atida uchta raqamdan iborat harbiy hisob mutaxassisligining soni yoziladi (HHM), maxrajida esa harbiy hisob mutaxassisligining to‘liq raqamli belgisi (harbiy guvohnomaning 25-bandi) ko‘rsatiladi;
e) “Harbiy xizmatga yaroqliligi” satrida quyidagilar ko‘rsatiladi:
agar harbiy guvohnomaning II bo‘lim 7-bandida va V bo‘limida harbiy xizmatga yaroqliligi ko‘rsatilgan yozuv bo‘lsa, “harbiy xizmatga yaroqli” deb yoziladi;
agar harbiy guvohnomaning V bo‘limida “vaqtincha harbiy xizmatga yaroqsiz (cheklanish darajasi — 5)”, “tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz”, “urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 6)”, “harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz (cheklanish darajasi — 7)” kabi yozuvlar bo‘lsa, “yaroqsiz” deb yoziladi;
agar harbiy guvohnomaning 28-bandida “harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz (cheklanish darajasi — 7)” degan yozuv bo‘lsa, u holda “yaroqsiz” deb yoziladi;
j) “Turar joyidagi mudofaa ishlari bo‘limining nomi” satrida harbiy xizmatga majburlarning harbiy ro‘yxatda turadigan mudofaa ishlari bo‘limining nomi ko‘rsatiladi;
z) “Maxsus harbiy ro‘yxatda turadimi” satrida qalam bilan chaqiruv muddati kechiktirilganligi haqidagi guvohnomaning seriyasi va soni, harbiy xizmatga majburlarning bronlashtirilgan ro‘yxatining soni, bo‘limi, bandi hamda mudofaa ishlari bo‘limining chaqiruv muddatini kechiktirish kunining sanasi yoziladi.
9. Rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarning shaxsiy varaqalarida harbiy ro‘yxat to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi alohida xususiyatlarini inobatga olgan holda mazkur Yo‘riqnomaning 7-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘ldiriladi:
a) “Hisob guruhi” satri to‘ldirilmaydi;
b) “Hisob toifasi” satrida “rezerv” yoki “zaxira” deb ko‘rsatiladi;
v) “Tarkib” satrida zaxiradagi ofitser harbiy guvohnomasining 7-bandida ko‘rsatilgan ixtisoslik (qo‘mondonlik, muhandislik va texnik, shaxsiy tarkib bilan ishlash, yuridik, tibbiy, veterinariya va hokazolar) ko‘rsatiladi;
g) “Harbiy hisob mutaxassisligi” satrida mutaxassisligi olti xonali raqam bilan belgilanadi (zaxiradagi ofitser guvohnomasining 9-bandi);
d) “Harbiy xizmatga yaroqliligi” satri harbiy ro‘yxatda turgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar uchun to‘ldirilmaydi. Harbiy ro‘yxatdan umuman o‘chirilgan ofitserlar uchun bu satr zaxiradagi ofitser guvohnomasining 22-bandidagi yozuvga asoslanib to‘ldiriladi.
10. Chaqiriluvchilarning shaxsiy varaqalarini to‘ldirishda “Hisob guruhi” satriga “chaqiriluvchi” deb, “Turar joyidagi MIB nomi” satrida harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limining nomi, “Maxsus ro‘yxatda turadimi” satrida chaqiriluvchi chaqiruv muddatini kechiktirish huquqidan va qancha muddatga foydalanishi ko‘rsatiladi.
11. Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining shaxsiy varaqalarini to‘ldirishda “Hisob guruhi” satrida “SChR xizmatchisi” deb, “Turar joyidagi mudofaa ishlari bo‘limining nomi” satrida u harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limining nomi ko‘rsatiladi.
12. Rezervda va zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan shaxslarning shaxsiy varaqalarida mudofaa ishlari bo‘limlarining ko‘rsatmasiga asosan joriy yilning 1-yanvaridan keyin harbiy ro‘yxat haqidagi ma’lumotlar ustiga chiziq tortib o‘chiriladi va “yoshi bo‘yicha harbiy ro‘yxatdan chiqarildi” deb belgi qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning shaxsiy varaqalari quyidagi sakkiz guruhga bo‘linadigan alohida kartotekada qat’iy alfavit tartibida saqlanadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 30-avgustdagi 701-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-1, 18.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 10/21/3272-1/0887-son)
birinchi — rezervdagi general va ofitserlarning shaxsiy varaqalari;
ikkinchi — zaxiradagi general va ofitserlarning shaxsiy varaqalari;
uchinchi — rezervdagi oddiy askar va serjantlarning shaxsiy varaqalari;
to‘rtinchi — zaxiradagi oddiy askar va serjantlarning shaxsiy varaqalari;
beshinchi — harbiy xizmatga majbur ayollarning shaxsiy varaqalari;
oltinchi — chaqiriluvchilarning shaxsiy varaqalari;
yettinchi — safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining shaxsiy varaqalari;
sakkizinchi — muqobil xizmat xizmatchilarining shaxsiy varaqalari.
Urush davrida chaqiruv muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlarning shaxsiy varaqalari har bir guruhda alohida ajratilib qo‘yiladi.
Yoshi bo‘yicha yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan fuqarolarning shaxsiy varaqalari tashkilotlarning umumiy kartotekasida saqlanadi.
Ayrim tashkilotlarda shaxsiy varaqalardan tuzilgan kartoteka yuqorida keltirilgan sakkiz guruhga bo‘lingan holda yuritilishi mumkin.
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning shaxsiy varaqalaridan iborat kartoteka “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi bilan rasmiylashtiriladigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar asosida saqlanadi.
14. Harbiy ro‘yxat masalalari bo‘yicha tadbirlarni bajarish jarayonida tashkilotlarning ma’muriyati quyidagilarga majburdir:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda va tartibda tashkilot va muassasalarning barcha harbiy xizmatga majburlari va chaqiriluvchilarini to‘liq va sifatli ro‘yxatga olinishini ta’minlashga;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2023-yil 6-maydagi 384-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-2, 19.05..2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2023-y., 10/23/3272-2/0285-son)
zaxiradagi ofitserlar guvohnomalari, harbiy guvohnomalar, chaqiriluvchilarni qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalari va muqobil xizmat xizmatchilarining guvohnomalaridagi yozuvlarni ularning shaxsiy varaqalaridagi yozuvlar bilan doimiy ravishda aniqlashtirib borish hamda ushbu shaxsiy varaqalarni solishtirish uchun har yili kamida bir marta mudofaa ishlari bo‘limlariga taqdim etishga;
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning oilaviy ahvoli, yashash manzili, xizmat mavqeyi, ta’lim turi, texnik tayyorgarligidagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda hisobga olib borish hamda besh kun muddatda ushbu o‘zgarishlarni ularning shaxsiy kartochkalariga kiritish, bu to‘g‘rida tegishli harbiy ro‘yxatga olish organlariga ular tomonidan belgilanadigan muddatlarda, lekin har oyda kamida bir marta ma’lum qilishga;
rahbarlar, muhandis-texnik xodimlar va malakali ishchilar tarkibidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga muvofiq safarbarlik va urush davri uchun O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlariga bronlashtirib qo‘yilishini o‘z vaqtida rasmiylashtirishga;
har yili fevral oyida tegishli mudofaa ishlari bo‘limlariga mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi harbiy xizmatga tayyorlash lozim bo‘lgan chaqiriqqacha yoshdagi o‘smirlar ro‘yxatini va mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan o‘smirlar ro‘yxatini taqdim qilishga;
mudofaa ishlari bo‘limlarining talabiga asosan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limlariga kelishlari haqida xabardor qilish hamda o‘z vaqtida yetib kelishlarida ko‘maklashishga;
ishga (o‘qishga) yangi qabul qilingan yoki ishdan bo‘shatilgan (o‘quv yurtidan chetlashtirilgan) barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risida yetti kunlik muddatda mudofaa ishlari bo‘limlariga xabar qilishga;
fuqarolarni ishga (o‘qishga) qabul qilishda ularda harbiy-hisob hujjatlari (harbiy xizmatga majburlar uchun — zaxiradagi ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma, chaqiriluvchilar uchun — chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma) mavjudligini tekshirish hamda ularning harbiy hisobda turishini aniqlashga;
mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim qilish uchun harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilardan harbiy-hisob hujjatlarini mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi tilxat bilan qabul qilib olishga;
tashkilotlarda harbiy xizmatga majburlarni bronlashtirib qo‘yish holatini mudofaa ishlari bo‘limlari va yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan tekshirish jurnalini mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda yuritishga.
Qonunchilikka muvofiq ishga (o‘qishga) qabul qilinayotgan fuqarolar turar joyi bo‘yicha harbiy hisobga kiritilishi lozim.
3-bob. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi va muqobil xizmat xizmatchilarini harbiy ro‘yxatga olish ishlarini tashkil qilish
1-§. Umumiy qoidalar
15. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi va muqobil xizmat xizmatchilarining mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi boshlang‘ich hisob varaqasi quyidagi sakkiz guruhga bo‘linadigan kartotekada alfavit tartibida saqlanadi:
birinchi guruh — rezervdagi general va ofitserlarning boshlang‘ich hisob varaqalari;
ikkinchi guruh — zaxiradagi general va ofitserlarning boshlang‘ich hisob varaqalari;
uchinchi guruh — rezervdagi oddiy askar va serjantlarning boshlang‘ich hisob varaqalari;
to‘rtinchi guruh — zaxiradagi oddiy askar va serjantlarning boshlang‘ich hisob varaqalari;
beshinchi guruh — harbiy xizmatga majbur ayollarning boshlang‘ich hisob varaqalari;
oltinchi guruh — chaqiriluvchilarning boshlang‘ich hisob varaqalari;
yettinchi guruh — safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining boshlang‘ich hisob varaqalari;
sakkizinchi guruh — muqobil xizmat xizmatchilarining boshlang‘ich hisob varaqalari.
Safarbarlik ko‘rsatmasiga ega bo‘lgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning boshlang‘ich hisob varaqalari alohida ajratilib komandalar bo‘yicha taxlanadi. Kartotekalarning harbiy hisob xususiyatlari va harbiy xizmatga majburlarning mo‘ljallanganligi bo‘yicha taxlanishi mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari tomonidan va ishlash uchun qulayligiga qarab boshqacha tartibda belgilanishi ham mumkin.
16. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni boshlang‘ich harbiy ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha tadbirlarni bajarish jarayonida quyidagilarga majbur:
faoliyat yuritayotgan hududda yashovchi barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ro‘yxatining to‘la qamrab olinganligini va sifatliligini ta’minlash;
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni boshlang‘ich ro‘yxatga olish kartochkalarini zaxiradagi ofitser guvohnomasi va harbiy guvohnoma, chaqiruv uchastkasida qayd etilganlik haqidagi guvohnoma va muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasidagi yozuvlar bilan muntazam ravishda solishtirishga hamda ushbu kartochkalarni har yili kamida bir marta solishtirish uchun mudofaa ishlari bo‘limlariga taqdim etishga;
harbiy ro‘yxatga qo‘yilgan va ro‘yxatdan chiqarilgan barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar haqida o‘n kun muddat ichida mudofaa ishlari bo‘limlariga ma’lumot taqdim etishga;
doimiy yoki bir yarim oydan ortiq muddatga vaqtincha yashash uchun kelgan harbiy xizmatga majburlarni uch kun muddat ichida harbiy ro‘yxatga qo‘yish, chaqiriluvchilarni esa ro‘yxatga olish hamda boshqa joyga doimiy yoki vaqtincha (bir yarim oydan ortiq muddatga) yashash uchun, uch oydan ortiq muddatga xizmat safariga, ta’tilga yoki davolanishga ketayotgan harbiy xizmatga majburlarni harbiy ro‘yxatdan, chaqiriluvchilarni esa chaqiriluvchilar ro‘yxatidan chiqarishga;
doimiy yoki vaqtincha yashash uchun kelib harbiy ro‘yxatda turmagan harbiy xizmatga majburlarni va chaqiruv uchastkalarida qayd etilmagan chaqiriluvchilarni aniqlash hamda ularni harbiy ro‘yxatga qo‘yish va qayd etish uchun mudofaa ishlari bo‘limlariga yuborishga;
mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlarining so‘roviga asosan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limiga kelishlari haqida xabardor qilish hamda ularning o‘z vaqtida yetib kelishlariga yordam ko‘rsatishga;
harbiy xizmatga majburlarning mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi boshlang‘ich hisob varaqasi va chaqiriluvchilarning mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi nomma-nom ro‘yxatiga ma’lumoti, ish joyi, lavozimi, oilaviy ahvoli va turar joyi bo‘yicha o‘zgarishlarni kiritib borish hamda bu haqda har oyda mudofaa ishlari bo‘limlariga ma’lumot taqdim etishga;
har yili kamida bir marta harbiy xizmatga majburlarning hisob varaqasi va chaqiriluvchilar ro‘yxatidagi ma’lumotlarni qayd qilish varaqalari bilan solishtirish hamda uyma-uy yurib harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning haqiqiy sonini aniqlashga va aniqlik kiritilgan boshlang‘ich hisob varaqalarini mudofaa ishlari bo‘limlaridagi hisob ma’lumotlari bilan solishtirishga;
hisobda turuvchi chaqiriluvchilar ro‘yxatini mudofaa ishlari bo‘limlaridagi hisob ma’lumotlari bilan chaqiriqqacha yoshdagi o‘smirlar chaqiruv hududlarida qayd qilingach, fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi oldidan hamda mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlarining ko‘rsatmasiga asosan boshqa muddatlarda taqqoslab chiqishga;
har yili fevral oyida harbiy xizmatga tayyorlanishi lozim bo‘lgan o‘smirlarning ro‘yxatini va chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan o‘smirlarning ro‘yxatini tuzib mudofaa ishlari bo‘limlariga taqdim qilishga;
sog‘ligida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida arz qilgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni hisobga olish va har oyda bir marta bu haqda mudofaa ishlari bo‘limlariga ma’lumot berishga;
fuqarolarga amaldagi harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya qilishlari va bu borada qonun bilan zimmasiga yuklatilgan burchlarini bajarishlari lozimligini tushuntirishga;
faoliyat yuritayotgan hududdagi harbiy ro‘yxat holati hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar tomonidan harbiy ro‘yxat qoidalarining buzilish holatlari haqida tuman (shahar) hokimliklariga ma’lumotlar taqdim etishga.
17. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini mazkur Yo‘riqnomaning 1 — 12-ilovalarida ko‘rsatilgan hujjatlar blankalari bilan mudofaa ishlari bo‘limlari, muhr (shtamp) va kanselyariya mollari bilan tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda ta’minlanadi.
18. Harbiy ro‘yxatga taalluqli bo‘lgan nomma-nom ro‘yxatlar, hisob va alfavit varaqalari, muhrlar (shtamplar), kitoblar, hisob jurnali qulflanadigan seyflarda yoki temir qoplamali shkaflarda saqlanishi kerak.
Qulflanadigan seyflar va temir qoplamali shkaflarni ochishga faqat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi va bevosita harbiy hisob ishlarini yurituvchi shaxslarga ruxsat etiladi.
2-§. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish
19. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni hisobga oladi va quyidagilarni hisobini yuritadi:
boshqa mudofaa ishlari bo‘limlaridan doimiy yoki bir yarim oydan ortiq muddatga vaqtincha yashash uchun kelganlarni;
muddatli harbiy xizmatni o‘tagandan so‘ng rezervga bo‘shatilganlarni;
turli sabablarga ko‘ra zaxiraga o‘tkazilgan va mudofaa ishlari bo‘limlaridan harbiy guvohnoma olgan chaqiruv yoshidagi erkak fuqarolarni.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Mudofaa ishlari bo‘limi mavjud bo‘lmagan, lekin ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi bo‘lgan tuman (shahar)ga doimiy yoki bir yarim oydan ortiq muddatga vaqtincha yashash uchun kelgan harbiy xizmatga majburlar harbiy ro‘yxatga turishni rasmiylashtirish uchun uy-joy mulkdorlari shirkatiga biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan birga harbiy guvohnomalarini ham topshiradilar. Qishloq joylariga borgan yoki u erdan jo‘nab ketayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy-hisob hujjatlarini tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga topshirishlari kerak.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 30-avgustdagi 701-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-1, 18.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 10/21/3272-1/0887-son)
Ba’zi joylarda ish faoliyati doimo ko‘chib yurish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatga majburlarni tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ruxsati bilan harbiy ro‘yxatga olish va chiqarish ularni mudofaa ishlari bo‘limiga keltirmasdan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitserlar guvohnomasi, chaqiruv uchastkasida qayd etilganlik guvohnomasi mudofaa ishlari bo‘limiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan yetkazib boriladi.
Chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish uchun tuman mudofaa ishlari bo‘limiga shaxsan kelishlari va yangi turar joyiga borgach uch kunlik muddat ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Chaqiriluvchilarni uy daftarlari (qayd etish varaqalari) bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish faqat chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olinganligi haqidagi yozuvlar bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Faoliyat yuritilayotgan hududga bir yarim oygacha xizmat safari, o‘qish, ta’til yoki davolanishga esa uch oygacha muddatga kelgan chaqiriluvchilar chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ilgari yashagan hududdagi mudofaa ishlari bo‘limining ro‘yxatdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi belgisi bo‘lsa, vaqtincha ro‘yxatga qo‘yiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ushbu chaqiriluvchilar haqida tuman mudofaa ishlari bo‘limlariga ma’lum qilishlari lozim.
21. Harbiy xizmatga majburlarni harbiy ro‘yxatga olish va chaqiriluvchilarni hisobga kiritish bo‘yicha quyidagi ishlar bajariladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) harbiy guvohnomalar, zaxiradagi ofitserlar guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiyligini sinchiklab tekshiriladi. Harbiy-hisob hujjatlarini o‘z egasiga tegishli ekanligini harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomadagi fotosurat biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasidagi fotosurat hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchining tashqi qiyofasi bilan solishtirib ko‘rish orqali aniqlanadi. Bundan tashqari, harbiy-hisob hujjatlarida barcha varaqlarning mavjudligi, ularni qalbakilashtirish, izohlanmagan to‘g‘rilashlardan xolisligi hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchini avvalgi turar joyidagi harbiy hisob organidan ro‘yxatdan chiqarilganligi, chaqiriluvchining shu joydagi mudofaa ishlari bo‘limida ro‘yxatga olinganligi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘z muddatida kelganligi tekshiriladi. Harbiy-hisob hujjatlarida turli xil tafovutlar, noaniqliklar va qalbakilashtirishlar hamda alohida varaqlarning yo‘qolganligi aniqlansa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bu haqda tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘iga ma’lum qiladi va uning ko‘rsatmasiga binoan tegishli choralarni qo‘llaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida harbiy-hisob hujjatlarini qoldirish zarurati tug‘ilganda harbiy xizmatga majburlarga (chaqiriluvchilarga) mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda tilxat beriladi;
(21-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 30-avgustdagi 701-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-1, 18.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 10/21/3272-1/0887-son)
b) barcha harbiy xizmatga majburlarga mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda boshlang‘ich hisob varaqasi to‘ldiriladi, chaqiriluvchilar esa mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi chaqiriluvchilar ro‘yxatiga kiritiladi va ularga mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shaklda alfavit varaqalari to‘ldiriladi. Rezervdagi serjant, starshina, askar va matroslarga, bundan tashqari mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob varaqalarni mazkur Yo‘riqnomaning 21-bandida ko‘rsatilgan tartibda harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitserlar guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomadagi yozuvlarga to‘la mos ravishda to‘ldiriladi. Bunda ma’lumoti, ish joyi, lavozimi, turar joyi va oilaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar ular aniqlangandan so‘ng yoziladi. Ba’zi hisob belgilarida noto‘g‘ri yozuvlar bo‘lsa, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatga olib rasmiylashtirilgandan so‘ng ularning hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi;
v) mudofaa ishlari bo‘limiga uchragandan so‘ng fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga kelgan, tuman ichida turar joyini o‘zgartirgan harbiy xizmatga majburlarga familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi, ish joyi, lavozimi ko‘rsatilgan mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi nomma-nom ro‘yxat to‘ldiriladi va mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi. Tuman ichida turar joyini o‘zgartirgan shaxslarga esa bundan tashqari, avval harbiy ro‘yxatda turgan harbiy hisob tashkilotlarining nomi ko‘rsatiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bunday harbiy xizmatga majburlarga mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob varaqalari to‘ldirilmaydi;
g) harbiy ro‘yxatga olingan harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalaridagi VIII bo‘limida va mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob varaqasida (uy daftarida) muhr bilan ularni ro‘yxatga olinganligi haqidagi belgi qo‘yiladi;
d) boshqa tumanlardan safarbarlik guvohnomasi bilan kelgan harbiy xizmatga majburlar haqida mudofaa ishlari bo‘limiga ma’lumot beriladi. Safarbarlik guvohnomasini olish mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan amalga oshiriladi va bu haqda harbiy guvohnomaning VI bo‘limiga mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq maxsus muhr bilan belgi qo‘yiladi;
e) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yangi kelgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar haqidagi ma’lumotlar o‘n kunda bir marta belgilangan tartibda mudofaa ishlari bo‘limlariga yuboradi;
j) ro‘yxatga olingan harbiy xizmatga majburlarning boshlang‘ich hisob varaqalarini kartotekaga joylashtiriladi.
3-§. Harbiy xizmatga majburlarning hisob varaqalarini to‘ldirish tartibi
22. Oddiy askar va serjantlar tarkibining mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob varaqasi fuqarolar yig‘inlarida harbiy guvohnomadagi ma’lumotlar bilan bir xil tartibda va mos ravishda to‘ldiriladi. Etishmayotgan ma’lumotlarni hisob varaqasiga harbiy xizmatga majburlar bilan shaxsiy suhbat jarayonida to‘ldiriladi.
Hisob varaqalari faqat qora va binafsha rangli siyohda chiroyli yozuv bilan to‘ldiriladi.
Mazkur Yo‘riqnoma 9-ilovasining 5 — 7-bandlari (ish joyi, lavozimi, turar joyi, oilaviy ahvoli va oilasining turar joyi haqidagi ma’lumotlar) faqat oddiy yumshoq qalam bilan to‘ldiriladi.
23. Mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasida ko‘rsatilgan hisob varaqasi quyidagi tartibga amal qilgan holda to‘ldiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Harbiy guvohnoma seriyasi va raqami” katagi harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomasidagi seriyasi va raqamiga mos ravishda yoziladi, VII bo‘limining oxirida esa hisob varaqasi qachon va qaysi mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan berilganligi ko‘rsatiladi; yuqoridagi chap katakdagi “tug‘ilgan yili”, “familiyasi, ismi, otasining ismi”, “tug‘ilgan joyi va yili, oyi, kuni”, “millati” (1 va 2-bandlar) satrlari biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi va guvohnomadagi ma’lumotlar bo‘yicha to‘ldiriladi. Tug‘ilgan joyi quyidagi tartibda to‘ldiriladi: viloyat, tuman (shahar), qishloq;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 30-avgustdagi 701-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-1, 18.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 10/21/3272-1/0887-son)
“Harbiy xizmatga yaroqliligi” katagi harbiy xizmatga majburlarning harbiy xizmatga yaroqliligi (yaroqsizligi) haqidagi tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq to‘ldiriladi:
agar harbiy guvohnomaning II bo‘lim, 7-bandida va V bo‘limida harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 1, 2), ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 3), cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 4), deb yozilgan bo‘lsa, “yaroqli” deb;
agar harbiy guvohnomaning V bo‘limida vaqtincha harbiy xizmatga yaroqsiz (cheklanish darajasi — 5), tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 6), harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz (cheklanish darajasi — 7) kabi yozuvlar bo‘lsa, “yaroqsiz” deb;
agar harbiy guvohnomaning harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz (cheklanish darajasi — 7), degan yozuvi bo‘lsa, u holda “yaroqsiz” deb yoziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2-bandda millatiga oid ma’lumot biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasidagi yozuvga asoslanib yoziladi;
(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 30-avgustdagi 701-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-1, 18.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 10/21/3272-1/0887-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bandda oliy yoki boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional yoxud o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun ta’lim muassasasining to‘liq nomi, qaysi yili va qanday mutaxassislik bilan tamomlaganligi ko‘rsatiladi. Agar oliy yoki boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional yoxud o‘rta maxsus ta’lim muassasasini tamomlamagan bo‘lsa, qaysi bosqichni (kurs, sinf) tugallaganligi ko‘rsatiladi. Agar harbiy xizmatga majburlar bir nechta ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lsa, u holda eng yuqori ma’lumot beradigan ta’lim muassasasi ko‘rsatiladi. Boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan shaxslar uchun hisob varaqasini to‘ldirishda ta’lim muassasasining nomi, qachon va qanday mutaxassislik bo‘yicha tamomlaganligi ko‘rsatiladi, o‘quvchilarga esa umumta’lim maktabining qaysi sinfida, oliy yoki boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional yoxud o‘rta maxsus ta’lim muassasasining qaysi bosqichida (kursida) tahsil olayotganligi ko‘rsatiladi. Masalan: “umumta’lim maktabining 11-sinfida o‘qiydi” yoki “Toshkent davlat universitetining amaliy matematika fakultetida 3-bosqichda o‘qiydi”, “Turizm kollejining 2-bosqichida o‘qiydi”. Faqat umumta’lim ma’lumotiga ega bo‘lganlar uchun “umumta’lim maktabining 11-sinfini tamomlagan”;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 30-avgustdagi 701-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-1, 18.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 10/21/3272-1/0887-son)
4-bandda asosiy fuqarolik mutaxassisligi, malakasi bo‘yicha darajasi va toifasi ko‘rsatiladi. Harbiy xizmatga majburlar bir nechta fuqarolik mutaxassisligiga ega bo‘lsa, u holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun ustuvor bo‘lgan mutaxassislik turi yoziladi. Avtomototransport vositalari (yengil avtotransport, traktor, mototsikl va boshqalar) haydovchilari uchun ushbu avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi yoziladi;
5-bandda ish joyi va mansabi uy-joylardan foydalanish tashkiloti, tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki harbiy xizmatga majburlarning so‘zidan tashkilotning to‘liq nomi, manzili va xodimlar bo‘limining telefon raqami ko‘rsatilgan holda yoziladi;
6-bandda haqiqatda yashab turgan joyning to‘liq manzili va uy telefoni raqami, qishloq joylarida esa aholi yashash punktining nomi va qaysi fuqarolar yig‘iniga qarashli ekanligi ko‘rsatiladi (yoziladi). Turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan harbiy ro‘yxatga olingan harbiy xizmatga majburlarning hisob varaqalarida ichki ishlar organi tomonidan ular ro‘yxatdan o‘tmasdan yashayotgan yashash joylarining to‘liq manzili yoziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlariga asoslangan holda 7-bandda “uylanmagan” (turmushga chiqmagan), agar uylangan (turmushga chiqqan) bo‘lsa, oilasining tarkibi (turmush o‘rtog‘ining ismi, familiyasi va otasining ismi, farzandlarining tug‘ilgan sanasi) ko‘rsatiladi. Harbiy xizmatga majburlarning so‘zi bo‘yicha oilasining turar joyi yoki uy-joydan foydalanish tashkilotining aniq ma’lumotlari bo‘yicha yoziladi;
(23-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 30-avgustdagi 701-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-1, 18.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 10/21/3272-1/0887-son)
8-band harbiy guvohnomadagi yozuvlar (8, 9-bandlar) asosida to‘ldiriladi;
20-bandda harbiy xizmatga majburlarga muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoki zaxirada bo‘lgan vaqtida berilgan oxirgi harbiy unvoni ko‘rsatiladi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan va harbiy unvonga ega bo‘lmagan harbiy xizmatga majburlarga “oddiy askar” deb yoziladi;
23-bandda hisob toifasi “R” yoki “Z” (harbiy guvohnomaning 21-bandi) harflari bilan ko‘rsatiladi;
24-bandda hisob guruhi “A”, “BQ”, “HDF”, “DXX”, “IIV”, “DChQQ” (harbiy guvohnomaning 22-bandi);
25-bandda “tarkibi” harbiy xizmatga majburlarga berilgan harbiy unvonga muvofiq to‘ldiriladi (harbiy guvohnomaning 23-bandi);
26-bandda “HHM raqami”ni to‘ldirishda uch raqamdan iborat harbiy hisob mutaxassisligining raqami ko‘rsatiladi, “HHM raqami”ni to‘ldirishda esa harbiy hisob mutaxassisligining oltita raqam va harf belgisidan iborat raqamli ifodalanish ko‘rsatiladi (harbiy guvohnomaning 24-bandi);
27-bandda harbiy xizmatga majburlarning olti xonali raqam bilan belgilangan HHMga mos keladigan lavozimi bo‘yicha malakasi yoziladi (harbiy guvohnomaning 26-bandi);
hisob varaqasining 15-bandi harbiy guvohnomaning 10-bandidagi yozuvlar asosida to‘ldiriladi. Harbiy qism ro‘yxatiga kiritilganligi va chiqarilganligi haqidagi buyruqning soni hisob varaqasining 15-bandida ko‘rsatilmaydi. Oylarning nomlanishi arab raqamlari bilan yoziladi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan harbiy xizmatga majburlar uchun “xizmat qilmagan” deb yoziladi;
12-bandda harbiy guvohnomaning 9-bandidagi yozuvlar asosida to‘ldiriladi;
16-bandda harbiy xizmatga majburlar harbiy guvohnomasining 11-bandida harbiy qism komandiri tomonidan uni urush davrida ishlatish bo‘yicha berilgan xulosasi yoziladi. Agar harbiy guvohnomada mazkur yozuv bo‘lmasa, u holda hisob varaqasining ushbu yozuvi nazarda tutilgan 16-bandi to‘ldirilmaydi.
Hisob varaqasining orqa tomonida harbiy xizmatga majburlarning bo‘yi, bosh aylanasi, gazniqob o‘lchovi, poyabzal va kiyim-kechak o‘lchamlari haqidagi yozuvlar harbiy xizmatga majburlarning so‘zidan to‘ldiriladi;
18-19-bandlar harbiy guvohnomaning tegishli bandlaridagi yozuvlar asosida to‘ldiriladi. Vatanga qasamyod qabul qilmagan va jangovar harakatlarda ishtirok etmagan shaxslarning hisob varaqasida mazkur bandlar to‘ldirilmaydi;
21-band harbiy xizmatga majburlarning davlat mukofotlari, ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanganligini tasdiqlovchi orden daftarchasi, guvohnomasi va boshqa hujjatlari asosida to‘ldiriladi. Bu bandda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida va zaxirasida xizmatni o‘tagan davrida olgan barcha orden, medal, ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar sanab o‘taladi va ular olingan sana ko‘rsatiladi. Mukofotlar olmagan, sovg‘alar bilan taqdirlanmaganga mazkur bandning bu ustuni to‘ldirilmaydi;
22-bandda harbiy xizmatga majburlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarga asosan, olingan jarohatlar (kontuziyalar)ning xususiyati va aniq sanasi yoziladi, agar jarohatlar (kontuziyalar) olmagan bo‘lsa “olmagan” deb yozib qo‘yiladi;
28-bandda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi xizmat davomida o‘quv yig‘inlari va qayta tayyorgarlikdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotlar yoziladi. Mazkur band harbiy guvohnomaning 27-bandidagi yozuvlar asosida to‘ldiriladi;
V bo‘limda “Tibbiy tekshiruv haqidagi ma’lumotlar” tibbiy komissiyalar quyidagi toifa va cheklanish darajasi (sog‘ligi va jismoniy rivojlanishi holatining ko‘rsatkichlari) bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida xulosa qabul qiladi va tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli (cheklanish darajasi — 6) hamda uchish xizmatlariga va havo-desant qo‘shinlarida “xizmatga yaroqsiz” deb topilgan shaxslarga nisbatan chiqargan qarorlari yoziladi. Yozuvlar harbiy guvohnomaning 15-betida yozilgan tibbiy tekshirishlar haqidagi ma’lumotlar asosida yoziladi;
harbiy guvohnomaning tegishli bo‘limlaridagi yozuvlar VII bo‘limdagi “alohida belgilar” asosida to‘ldiriladi;
VIII bo‘limdagi “harbiy ro‘yxatga qo‘yish va chiqarish belgilari”dagi yozuvlar harbiy guvohnomaning sakkizinchi bo‘limida ko‘rsatilgan harbiy ro‘yxatga qo‘yish sanasi ko‘rsatilgan belgiga mos kelishi lozim. Mazkur bo‘limda harbiy xizmatga majburlarning chegara yoshiga yetganligi sababli harbiy ro‘yxatdan chiqarilganligi haqidagi yozuv ham yoziladi.
4-§. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan chiqarish va ro‘yxatdan o‘chirish
24. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagilarni harbiy ro‘yxatdan chiqaradilar:
a) tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan fuqarolarni;
b) rezervda va zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetganlarni;
v) doimiy yashash uchun chet elga jo‘nab ketayotgan fuqarolarni;
g) vafot etgan yoki qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqarolarni.
Boshqa barcha holatlarda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni ro‘yxatdan chiqarish va ro‘yxatdan o‘chirish faqat mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Mudofaa ishlari bo‘limi bo‘lmagan, biroq ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi mavjud bo‘lgan tuman (shahar)dan boshqa joylarga doimiy yoki vaqtincha (bir yarim oydan ortiq muddatga) yashashga, xizmat safariga, o‘qishga, ta’tilga yoki davolanishga — uch oydan ortiq muddatga ketayotgan harbiy xizmatga majburlar uy-joydan foydalanish tashkilotlariga biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida harbiy ro‘yxatdan chiqish va uni rasmiylashtirish uchun harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitserlar guvohnomasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi haqidagi guvohnomani topshiradilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 30-avgustdagi 701-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-1, 18.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 10/21/3272-1/0887-son)
26. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha quyidagi ishlar bajariladi:
a) harbiy guvohnomaning VIII bo‘limida va uy daftarida (qayd etish varaqasida) muhr bilan harbiy ro‘yxatdan chiqarilganlik haqida belgi qo‘yiladi;
b) mudofaa ishlari bo‘limi mas’uliyatiga biriktirilgan hududdan tashqariga chiqib ketayotgan harbiy xizmatga majburlardagi safarbarlik guvohnomasi olinib, bu haqda harbiy guvohnomaning VI bo‘limida mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda shtamp bilan belgi qo‘yiladi. Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ko‘rsatmasiga asosan ba’zi komandalarga kiritilgan harbiy xizmatga majburlardan safarbarlik guvohnomasi olib qo‘yilmasligi mumkin;
v) boshlang‘ich hisob varaqasida harbiy ro‘yxatdan chiqish sababi va sanasi ko‘rsatiladi;
g) harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan harbiy xizmatga majburlarning ro‘yxati tuzilib, olingan safarbarlik guvohnomalari bilan birgalikda o‘n kunda bir marta mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi. Mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasida ko‘rsatilgan chaqiriluvchilar ro‘yxatida ro‘yxatdan chiqarilganlik haqida belgi qo‘yiladi.
27. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida va zaxirasida bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan harbiy xizmatga majburlar faqat mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ruxsati bilan har yili yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan chiqariladi.
28. Vafot etgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan chiqarish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etilganligi haqidagi guvohnoma berilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Fuqarolar yig‘inlarida o‘limni qayd etishda ushbu hujjatlar harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni boshlang‘ich harbiy hisobini yuritish yuklatilgan mansabdor shaxslarga bevosita topshiriladi.
Harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning birinchi betida “Vafot etgan” 20___y. “___” ____ o‘lim haqidagi ___- son yozuv dalolatnomasi” belgisi qo‘yilib fuqarolar yig‘ini raisining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi hamda harbiy guvohnoma va chaqiriluvchining qayd etilganligi haqidagi guvohnoma mudofaa ishlari bo‘limiga yuboriladi, FHDY organidan yoki vafot etgan shaxsning qarindoshlaridan harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi va chaqiriluvchining qayd etilganligi haqidagi guvohnomani olishining iloji bo‘lmasa, bu haqda mudofaa ishlari bo‘limiga xabar beriladi.
Boshlang‘ich hisob varaqasida o‘lim haqidagi dalolatnoma raqami ko‘rsatib belgilanadi, shundan so‘ng, varaqa ro‘yxatdan chiqarilganlar kartotekasiga qo‘yiladi. Bu varaqalar mudofaa ishlari bo‘limi ma’lumotlari bilan navbatdagi taqqoslashdan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
4-bob. Rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarni harbiy ro‘yxatga olishning o‘ziga xos xususiyatlari
29. Rezerv va zaxiradagi general va ofitserlarni harbiy ro‘yxatga olish mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mudofaa ishlari bo‘limidan olisda joylashgan hududlarda yashovchi rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarni harbiy ro‘yxatga qo‘yish, ro‘yxatdan chiqarish ishlari mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining qarori bilan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatini yuritish vazifasi yuklatilgan fuqarolar yig‘inlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlar guvohnomalarida ularning ro‘yxatga qo‘yilganligi va chiqarilganligi haqida yozib qo‘yiladi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarning harbiy ro‘yxati mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi boshlang‘ich hisob varaqalari bo‘yicha olib boriladi.
30. Rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarni hisobga olish masalalari bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagilarni amalga oshiradi:
faoliyat yuritayotgan hududga doimiy yoki vaqtincha (bir yarim oydan ortiq muddatga) yashash uchun, shuningdek xizmat safari, o‘qish, ta’til yoki davolanish uchun uch oydan ortiq muddatga kelgan barcha rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarni uch kunlik muddatda harbiy hisobga oladi;
mudofaa ishlari bo‘limiga mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda ma’lumotnoma yuboradi;
rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarga harbiy ro‘yxatga olishni batamom hal qilish uchun mudofaa ishlari bo‘limida hozir bo‘lishlari lozimligini yetkazadi, mazkur Yo‘riqnomaning 28-bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. Agar harbiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish uchun rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarni mudofaa ishlari bo‘limiga kelishlari shart bo‘lmasa, mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotnomada ularning shaxsiy yig‘majildini qayerdan so‘rab olish lozimligi ko‘rsatiladi;
mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ko‘rsatmasiga asosan rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarni harbiy ro‘yxatdan chiqaradi va ro‘yxatdan o‘chiradi. Bunda ko‘chib ketgan zaxiradagi general va ofitserlarning boshlang‘ich hisob varaqalarida ro‘yxatdan chiqarish yoki ro‘yxatdan o‘chirishning sabablari ko‘rsatiladi. Harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan yoki ro‘yxatdan o‘chirilgan rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarning boshlang‘ich hisob varaqalari bir yil davomida saqlanadi, shundan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi;
har yili kamida bir marta rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarning boshlang‘ich hisob varaqalarini uy daftarlari (qayd etish varaqalari), tashkilotlarning shaxsiy varaqalari bilan, shuningdek rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarning aniqlik kiritilgan boshlang‘ich hisob varaqalarini mudofaa ishlari bo‘limidagi hisob ma’lumotlari bilan solishtiradi;
har oyda tuman mudofaa ishlari bo‘limiga rezervdagi, zaxiradagi general va ofitserlarning ma’lumoti, ish joyi, lavozimi, oilaviy ahvoli, sog‘ligining holati, shuningdek sudlanganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotnomada ko‘rsatgan holda yuboradi.
5-bob. Harbiy ro‘yxat qoidalarini buzganlik va harbiy-hisob hujjatlarini yo‘qotganlik uchun javobgarlik
31. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan harbiy ro‘yxat qoidalarini bajarishlari kerak.
32. Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish uchun jalb qilingan chaqiriluvchilarning mashg‘ulotlarga qatnashishlari majburiy hisoblanadi.
33. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar oilaviy ahvoli, sog‘ligining holati, yashash joyi, ma’lumoti, ish joyi, lavozimi o‘zgargan taqdirda, harbiy ro‘yxatda turgan joyidagi mudofaa ishlari bo‘limlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bu haqda yetti kunlik muddat ichida shaxsan ma’lum qilishlari kerak.
34. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar mudofaa ishlari bo‘limiga uzrli sabablarsiz kelmaganlik, harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limlariga turar joyi, o‘qish joyi, ish joyi va lavozimi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida xabar qilmaganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Harbiy-hisob hujjatlarini (harbiy guvohnoma), muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasi hamda chaqiruv uchastkasida qayd etilganlik haqidagi guvohnomani) qasddan yaroqsizlantirish yoki beparvolik bilan saqlash tufayli yo‘qotilishiga olib kelsa fuqarolar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida ro‘yxatdan o‘tish uchun mudofaa ishlari bo‘limining chaqiruviga binoan uzrli sabablarsiz kelmagan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
35. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni boshlang‘ich harbiy ro‘yxatini yuritish vazifasi yuklangan mansabdor shaxslari mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’lumotnoma tuzib, chora ko‘rish uchun mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim etishlari lozim.
Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilarning ish (o‘qish) joyiga, tashkilot va muassasalar rahbarlariga, harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ma’lum qiladi.
6-bob. Ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda ishlaydigan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatining o‘ziga xos xususiyatlari
36. Chekka hududlardan navbatdagi ta’tilga ketayotgan harbiy xizmatga majburlar ta’tilning muddatidan qat’i nazar harbiy ro‘yxatdan chiqarilmaydi. Bunda harbiy xizmatga majburlar shaxsan yoki o‘zlari ishlaydigan tashkilot va muassasalar ma’muriyati orqali harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limiga navbatdagi ta’tilga ketayotganligi haqida ma’lum qilishlari kerak.
37. Dala sharoitida geologik va topo-geodezik tashkilotlar, qidiruv, razvedka, suratga olish, gidrogeologik, geofizik, o‘rmon barpo etish va yer tuzish ekspeditsiyalari, partiya va otryadlari, yo‘nalishdagi qurilish-montaj va maxsus poyezdlar, yo‘l mashina stansiyalari, ko‘chma mexanizatsiyalashgan va maxsus kolonnalar, yer osti yo‘llari, ko‘prik qurish va suzib yuruvchi otryadlar va uchastkalar, qurilish-montaj va ishga tushirish tashkilotlari, mexanizatsiya va suvosti-texnik ishlar boshqarmalari, shuningdek shu kabi, faoliyat turi ko‘chib yurish bilan bog‘liq tenglashtirilgan tashkilotlarda ishlaydigan va doimiy turar joyiga ega bo‘lmagan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ularni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan asosiy bazalari, qurilish-montaj va boshqa tashkilotlari joylashgan hududdagi harbiy ro‘yxatga olish organlarida ro‘yxatga olinadilar.
Ushbu tashkilotlarga ishga qabul qilinayotgan va ishdan bo‘shatilayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish uchun ushbu tashkilotlar ma’muriyati harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning qayd etish varaqasi (uy daftari) va harbiy-hisob hujjatlarini tegishli harbiy ro‘yxat organlariga taqdim qilishlari lozim.
7-bob. Harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar va mansabdor shaxslarning huquqlari, burchlari va javobgarligi
38. O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashkilotlar ma’muriyati harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turishi, chaqiruv uchastkalarida qayd qilinishi, muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi, harbiy yig‘inlar hamda mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishi uchun qonunda belgilangan tartibda ularni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qiladilar. Bunda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning doimiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tayyorgarlikdan o‘tayotgan chaqiriluvchilarning ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi ularning butun tayyorgarlik davrida, shu jumladan o‘qish (yig‘inlar) o‘tkaziladigan joyga borish va u erdan qaytib kelish davrida saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiriluvchilarga ularning ta’lim olish (yig‘inlar) davrida uy-joy ijarasiga ketgan xarajatlari qoplanishi, o‘qish o‘tkaziladigan joyga borish va u erdan qaytib kelish (agar bu boshqa aholi punktiga borish bilan bog‘liq bo‘lsa) yo‘l haqi hamda o‘rtacha ish haqi to‘lanishi ularning asosiy ish joyida amalga oshiriladi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdoridagi nafaqa tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi (to‘lanadi).
(38-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 30-avgustdagi 701-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3272-1, 18.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 10/21/3272-1/0887-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Muddatli harbiy xizmatga, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga, ofitserlik mansabida ishlatish uchun safarbarlik chaqiruv rezervidagi muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotganda, harbiy bilim yurtiga qabul qilinayotganda ishchi xizmatchilarga hamda stipendiya oluvchi ta’lim muassasalari o‘quvchilariga qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda o‘qishdan bo‘shatish puli to‘lanadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
40. Harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi ta’minot oladilar.
Harbiy yig‘inlar davrida, shu jumladan ular o‘tkaziladigan joyga borish va u erdan qaytib kelish davrida harbiy xizmatga majburlarning ish joyi (lavozimi) va ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qog‘ozi olingan kundan harbiy yig‘inlardan qaytilgunga qadar bo‘lgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno.
Tashkilot o‘z faoliyatini batamom tugatgan taqdirda harbiy xizmatga majburlarga o‘quv yig‘inga (mashg‘ulotga) qatnashishi davomidagi muddat uchun ish haqi va boshqa moddiy ta’minotlar qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar harbiy xizmatga majbur harbiy yig‘inlar vaqtida kasal bo‘lib qolsa va harbiy yig‘inlar tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yig‘inlar tugagan kundan boshlab ish haqi o‘rniga qonunchilik hujjatlariga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.
(40-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
41. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga mutaxassislar tayyorlash uchun mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlarining o‘quv muassasalariga jalb qilingan o‘smirlar uchun o‘quv davomida qisqartirilgan ish kuni joriy qilinadi, imtihonlarga tayyorlanish va topshirish vaqtida esa ularga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda asosiy ish joylaridan 7 — 15 kunlik ta’til (mutaxassisligi va o‘quv dasturiga bog‘liq ravishda) beriladi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun jalb qilingan chaqiriluvchilarning o‘qish davomida va o‘qishga borib kelish vaqtida ish joyi, lavozimi saqlanadi va o‘rtacha ish haqi to‘lanadi. Chaqiriluvchilar o‘qish davomidagi turar joyi uchun to‘lanadigan ijara haqi xarajatlari hamda o‘qishga borib kelish yo‘l xarajatlari ular doimiy ishlayotgan tashkilot tomonidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Mudofaa vazirligi organlari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruviga yuborilgan fuqarolarning tibbiy muassasada bo‘lgan butun davri mobaynida ish joyi, egallagan lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi hamda tekshiruv joyiga borish va u erdan qaytib kelishga ketgan xarajatlari ish (o‘qish) joyida qoplanadi. Statsionar davolanishga yuborilganda ularga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish joyida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
43. Chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish uchun mudofaa ishlari bo‘limlariga shaxsan kelishlari va yangi yashash joylariga borgach, uch kun muddat ichida ro‘yxatga turishlari shart.
44. 3axiradagi ofitserlar ro‘yxatga turish uchun mudofaa ishlari bo‘limlariga shaxsan kelishlari lozim. Mudofaa ishlari bo‘limidan olisda yashovchi zaxiradagi ofitserlarni ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatdan chiqarish harbiy hisobni yuritish vazifasi yuklangan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
45. Harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar oilaviy ahvoli, salomatligi, turar joyi, ma’lumoti, ish joyi va lavozimi o‘zgargan taqdirda o‘zlari harbiy ro‘yxatda turgan joydagi organlarga bu haqda yetti kunlik muddat ichida shaxsan ma’lum qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Agar harbiy ro‘yxat qoidalarining buzilishi ma’lum bo‘lsa, u holda qoidani buzgan fuqarolar va mansabdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
8-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ushbu Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA




Download 475.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling