1. Musiqa san’ati va uning o’ziga xos xususiyatlari. Musiqaning asosiy ifodali vositalari


Download 90.74 Kb.
bet1/2
Sana15.01.2023
Hajmi90.74 Kb.
#1093689
  1   2
Bog'liq
amaliy mashg\'ulotlar


1.Musiqa san’ati va uning o’ziga xos xususiyatlari. Musiqaning asosiy ifodali vositalari.
San'at mazmuni - hayot, atrofimizdagi voqelik, inson va uning ichki dunyosi-o‘yfikrlari,
his-tuyg’ularidir. San’at inson faoliyatining boshqa turlaridan ko‘ra badiiy
obrazlarni yaratish orqali voqelikni o'zlashtiradi. U kishining hissiyoti va onggiga
bevosita ta’sir qiluvchi shaklda olamni go’yoki yangidan yaratadi. Lekin,san’atkor
hayotni, xodisalar va narsalarni nusha qilib ko‘chirmaydi. U biror obrazga xos bo’lgan
eng umumiy, tipik xususiyatlarni saralab olib, ularning hammasini tushunib olib, obraz
qiuofasini o‘zgartiradi, so'ng uni rasm, she’r, musiqa asari shaklida gavdalantiradi.
Albatta, har qanday san’atkorning asari muallifning shahs asoratini o'z ichida saqlab
qoladi. Chunki, tashqi dunyoning ob’ektiv materiali san’atkorning ongida alohida
qayta ishlab chiqilib, original, o‘ziga xos ijod bo‘lib qayta vujudga keladi. Biroq, shu
bilan birga har bir ijodiy asar jamoat ongining mahsuloti deb ham hisoblanadi. Negaki,
u muayyan bir ijtimoiy psixologiya, mamlakat, tarixiy hodisa bilan bog’liq bo'ladi.
Badiiy ijodiyotning ijtimoiy tomoni shunda namoyon bo'ladiki, inson o'z
zamondoshlari hamda xalqi o‘tmishi va odamzod bilan aloqadorligini badiiy obrazlar
orqali his etadi. Haqiqiy san’at abadiy badiiy qadriyatlar ijod qilar ekan, huddi
avlodlarning uzluksiz bog’liqligini amaiga oshiradi.
Shunday qilib, san’at asarlari ham hayot, ham ijodning rasmidir. Ammo san’at
turlari hayotning turli-tuman tomonlarini bir xil darajada tasvirlashga qodir emas.
San'atning har bir turi o‘ziga hos vositalar va ifodalash tamoyillari bilan ajralib turadi.
Ho‘sh, musiqa san’ati o‘zi nima? Uning maqsadi, vazifalari nimadan iborat?
Musiqa - ohang (intonatsiya) san’ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy
aksidir. U borliqni o;ziga xos tarzda aks etib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va
o‘zgartirishda yordam beradi. Malumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi.
Musiqa - insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida. mehnat va dam olish chog’larida
albatta ishtiroq etadigan alomat sifatida xizmat qilib, odamni ma'naviy qadriyatlarga
erishtiradigan noyob vositadir. U shahsning ma’naviy olamini, ahloqiy maqsadlarini
shakllantiruvchi estetik tarbiya'ning samarali quroli deb odilonahisoblanadi.
Musiqaning o‘zi, uning varatuvchilari, ijrochilari, tinglovchilaridan iborat musiqa
madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir. Musiqa boshqa san’at turlari
bilan yaqin munosabatlarda bo'lishi shubhasizdir. Ularning jonli aloqalari musiqaga
hos intonatsion asosi adabiyot bilan yaqinligi, ritmik uyushqoqligi she’riyat va raqs
san'atiga o'xshashligi, asarlarining mutanosib tuzilishi arxitektura shakllariga
muvofiqligida ko'rinadi. Bunga qo'shib aytishlozimki, adabiyot, tasviriy san'at,
xaykaltaroshlik asarlari ko'pincha musiqiy asarlar uchun asos sifatida hizmat qiladi.
Musiqa musiqiy obrazlar orqali ochib beriladigan u yoki bu mazmunga ega bo'ladi. Bu
tabiat manzaralari, ijtimoiy hayotdagi hodisalar va vaziyatlar, insonning ichki
ma’naviy olamidir. Musiqa kishining hissiyoti, kayfiyatini ifodalashga qodir. Shu bilan
birga uning tabiat manzaralarini tasvirlash, harakat obrazlarini gavdalantirish,
hayotning samimiy ovozlari (qushlarning sayrashi, momaqaldiroqningguldirashi)ga
taqlid qilishga ham layoqati bor.
Tovush fizik hodisadir. O'z navbatida '‘tovush” tushunchasi yana bir necha uzviy
bog’langan turli hodisalar zanjirini o‘z ichiga oladi. Tovush manbai birorta jism
(masalan, simli tor)ning tebranish harakatlaridir. Bunday harakatlar natijasidahavoda
to'lqinsimon tebranishlar, ya’ni tovush to'lqinlari yuzaga keladi. Ular esa eshitish
organga ta’sir qilib, eshitish nervi orqali bosh miyaga o‘tadi va tovush sezgisini
vujudga keltiradi.
Tabiatda odam qulog‘iga chalinadigan tovushlar cheksizdir. Ular shovqinli -
taqillagan, shitirlagan, g‘ichirlagan kabi tabiiy tovushlar, va musiqiy - kuylayotgan
tovushlardir.
Shovqinli tovushlar musiqiy asarlarda ham qollaniladi. Masalan: doira, nog'ora,
baraban, tarelka, qoshiqlar tovushlari. Odam ovozi, yangrayotgan cholg'u asbobning
sadolari kabi sun’iy tovushlarga ajratiladi. Musiqiy tovushlar musiqa san'atining asosiy
vositasi bo'lib, atrofdagi voqelikni aks ettirishda xizmat qiladi. Ular musiqa
madaniyatining ko'p asrli taraqqiyot jarayonida saralab olinib. muayyan tizimga
uyushtirlandi. Musiqiy ifodalilik elementlarining negizi musiqiy tovush o'ziga xos
xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar tebranilayotgan jismning tebranish tezligi,
tebranish kengligi, tebranish davomiyligi va tarkibiy qismlari son va sifatidan kelib
chiqadi. Tebranish tezligiga tovushning balandligi bo'g‘liq. Tebranish tezligi qancha
katta bo‘lsa, shuncha tovush balandligi yuqoriroq, va aksincha, tebranish tezligi qancha kichik bo'lsa, shuncha tovush balandligi pastroq bo’ladi. Shuning uchun, tovushlar ikki
xil guruhga ajratiladi:
1) balandligi aniq belgilangan tovushlar - musiqiy tovushlar;
2) noaniq balandlikdagi tovushlar - shovqinli tovushlar.
Tebranish harakatining kuch-quvvati tebranish kengligi (amplituda)da
ifodalanadi va tovush qattiqligini (fortepiano jarangini) ta’minlaydi. Tebranishlar
amplitudasi qancha keng bo'lsa, shuncha tovush qattiq bo'ladi. Tebranishning davom
etish muddati tovushning cho'zimi bilan bogliqdir. Tebranishlar amplitudasi qancha
keng bo'lsa, shuncha tovush yangrashi uzoq vaqt davom etadi. Tovush manbai
tebranishlarining tarkibi deganda quyidagini tushunish lozim. Tovush manbai bir
vaqtning o'zida nafaqat butunligicha, balki bo’limlari bo'yicha ham tebranadi. Uning
butunligicha tebranishi asosiy tebranish hisoblanib, eng yaxshi eshitiladigan tovushni
xosil qiladi. Bu tovush asosiy ton deb ataladi. Har bir bo‘lim (jismning umumiy
uzunligidan teng yarimi, uch qismidan biri, to'rtdan biri, beshdan biri va h.k)ning
tebranish tezligi o‘z uzunligiga mos tovushni yaratadi. Bunday qo'shimcha tovushlar
asosiy tondan ko'ra ikki, uch marta balandroq eshitiladi. Chunki, tovush manbaining
uzunligi qancha qisqa bo‘lsa, uning tebranish tezligi shuncha oshadi va undan xosil
bo'lgan tovush balandligi shuncha yuqorilashadi. Ushbu qo'shimcha, tarkibiy tonlar
oberton yoki garmoniklar deb ataladi.
Xullas, tovush tarkibiga kirgan obertonlar tovushning rang-barangligini, ya’ni
tembr xususiyatini vujudga keltiradi. Tembr tovushning individual sifatini, boshqa
tovushlarga o‘xshamasligini ta’kidlaydi. Mazkur to'rtta xususiyat har bir musiqiy
tovushda albatta namoyon bo’lib boradi.


Download 90.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling