2-mavzu: ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda tashkiliy xulq reja


Download 73.01 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi73.01 Kb.
#1574667
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu


2-MAVZU: ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI BOSHQARISHDA
TASHKILIY XULQ
REJA:
2.1. Korxona va jamoada qulay psixologik muhitni yaratish.
2.2. Rahbar va mutaxasislarning o‘zlari haqida yaxshi taassurot qoldirish
2.3. Jarayonni amalga oshirishda savollarning qo‘yilishi
2.4. Qoidalarni tanlash, asoslash va isbotlash
Tayanch iboralar: Muomala qoidalari, psixologik iqlim, suhbatdoshga
murojaat, bahs, e’tiroz, tanqid, savollar turlari, javob qaytarish uslubiyati.
argumentlarga qo’yiladigan talablar, tinglash madaniyati
2.1. Korxona va jamoada qulay psixologik muhitni yaratish.
Muzokaralar buyicha raqib yoki suhbatdoshni o‘ziga moyil qilish maqsadida hech qanday vaziyatda ham o‘zi uchun bir tomonlama qulayliklarga erishish uchun harakat qilish yaramaydi. O‘zi uchun xaddan tashqari katta foyda qidiruvchi odam qiziqarsiz sheriklar qatoriga tushib qolish xatariga uchrashi mumkin. Shuning uchun, eng avval sherikni o‘zining taklifiga qiziqtirib olish zarur. Gapni shunday olib borish kerakki, Siz undan eshitmoqchi bo‘lgan gapni sherigingizning o‘zi aytsin. Buning uchun uning fikriga qo‘shilib turib, masalani uning nuqtai nazari bilan ko‘rishga harakat qilish kerak Insonlar muloqoti sohasida yirik mutahassis D. Karnegi tomonidan ishlab chiqilib, ishbilarmonchilik munozaralarining boshlanishidayoq suhbatdoshini o‘zi tomoniga og’dirib olishga erishtiradigan va zarur bo‘lsa, uning nafsoniyatiga ozor bermay o‘z nuqtai nazariga og’dirib olishni ta’minlovchi muomalaning bir necha samarali usullari mavjud.
Birinchi usulning mohiyati shundan iboratki, gapning boshidayoq alohida iboralar yordamida sezilar sezilmas qilib sherikning ongiga uning shaxsiy o‘rni yoki u vakillik qilayotgan firmasi obro‘sini ko‘taruvchi ixlos izhor qila boshlanadi. Ammo buni sayoz xushomadlar ishlatmay, samimiylik bilan amalga oshirish kerak. Shunda Sizga uning ixlosi ta’minlangan bo‘ladi. Buni asoslovchi sabab shuki, inson tabiatiga xos eng kuchli intilish hayotda salmoqli ahamiyatga ega bo‘lishga harakat qilishdir.
Har bir odam qadr-qiymatiga loyiq baholanish uchun astoydil intiladi. Bu inson xulqi-ning muhim xossalaridan biridir.
Ishbilarmonchilik muzokaralari vaqtida sherikka nihoyatda katta e’tibor
ko‘rsatmoq juda muhimdir. Bu ishbilarmon odamlararo munosabatlarda yutuqning eng muhim sirlaridan biridir. Sherik bilan yoki uni qiziqtiruvchi, yoki u yaxshi biladigan soha haqida gaplashib, o‘z muammolaringizni ikkinchi o‘ringa surib qo‘yish kerak.
Suhbatdoshga u javob berishi yoqimli bo‘lgan savollar berish yaxshi. SHuningdek sherikning uning o‘zi yoki firmasi haqidagi gaplarini rag’batlantirib turish kerak.
D. Karnegi uqdirib aytadiki, hamma kishilar o‘z ismlarini sevadilar. SHuning uchun ishbilarmonchilik uchrashuvlarida sherikning ismiga erkin murojaat qilib, uning ismi katta ahamiyatga ega ekanligini bildirib qo‘yish juda muhimdir.
Sheriklar ismi va ular bilan gaplashish uchun kerak bo‘ladigan xodisa va faktlarni tez va pishik yodlab olish mahoratini o‘zlashtirib olish uchun eslab qolish jarayonining mohiyatini loaqal umumiy tarzda bilish shart.
Birinchi qonun - taassurot qonuni. Yodlashning birinchi sharti - esda olib qolish zarur bo‘lgan narsa haqida yorqin va kuchli xotira. Buning uchun 5 daqiqa diqqat-e’tiborni to‘plashga sarflash kerak. Keyin diqqat bilan kuzatish kerak. Oddiy odamning miyasi ko‘z ko‘radigan narsaning xatto mingdan bir ulushini ham qabul qila olmaydi.
Tanishish paytida yangi tanishning familiyasi (yoki ismi va otasining ismi)ni to‘g’ri eshitib olish, uni qaytarib ko‘rish va qanday yozilishini bilib olish kerak. Shunday yo‘l bilan kuchli va yorqin xotirani yuzaga keltirish mumkin.
Iloji boricha ko‘proq xis-tuyg’u organlari yordamida taassurot olish zarur. Eng asosiysi esa - bu ko‘rish. Odamda ko‘rish zehni ancha yuqori darajada taraqqiy qilgan, chunki ko‘zdan miyaga boruvchi nervlar qo‘rquvdan miyaga boruvchi nervlarga qaraganda 25 marta noziqroq ekan. Esda olib qolish shart bo‘lgan telefon nomeri, sherikning familiyasi, uchrashish kuni kabilarni yozib olish zarur. Bu yozuvlarga bir necha martadan ko‘z tashlab, ularni hayolan takrorlash kerak.
Xotiraning ikkinchi qonuni-qaytarish. Etarlicha tez-tez qaytaraverish bilan istagan narsani esda saqlab qolish mumkin. Ammo, o‘ylamay emas, balki faxm bilan yodlamoq zarur. Matnni yodlab olish maqsadida o‘tirib uni qaytaraveradigan kishi xuddi usha natijaga erishish uchun qaytarish jarayonini bema’ni oraliqlarda bajaruvchi kishiga qaraganda ikki baravar ko‘p vaqt sarflaydi. Qaytarishlar o‘rtasida bizning xissiyotimiz tasavvurlarni mustahkamlash bilan band bo‘ladi, uning ustiga dam olib, tanaffus bilan ishlaydigan miya darrov charchab qolmaydi.
Esdan chiqarishimizga sabab bo‘lgan yana bir omil bor. Psixologlarning isbotlariga qaraganda, birinchi sakkiz soat ichida ishlab chiqilgan yangi ma’lumotdan keyingi 30 kunda qaytarilganiga qaraganda ko‘prog’i unutiladi. Shuning uchun muhim faktlarni eslab qolish va xotirani yangilash uchun o‘z hujjatlaringizni majlis yoki suhbatdan oldin ko‘rib chiqing. Xotiraning uchinchi qonuni - tasavvurlar. Bir faktni yodda asrash uchun uni boshqa bir fakt bilan bog’lash kerak. Chiniqqan xotira o‘zaro tashkil topgan bog’lanishlar majmuasiga, ya’ni assotsiatsiyalarga tayanadi. «YAxshi xotira siri» - bu barcha yodda saqlab qolish zarur bo‘lgan faktlarni o‘z ichiga olgan tasavvurlarni tiklash siridir. Bir xil informatsiya oluvchi ikki kishidan olingan ma’lumotlarni fikrlab ko‘rib, ular orasidagi yanada yaqinroq aloqalarni tiklovchisi yaxshi xotiraga ega bo‘ladi.
Muzokaralar paytida o‘z nuqtai nazarini himoya qila bilish juda qiyin bo‘ladi.
Lekin buni bahs yordamida amalga oshirish mumkin emas. Bahs va e’tiroz bilan ba’zan yutuqqa erishish ham mumkin, lekin bu g’alaba behuda bo‘ladi, chunki bu yo‘l bilan suhbatdosh mayliga erishib bo‘lmaydi.
Agar sherik noxaq bo‘lsa, buni qarash, ishora yoki ohang bilan ma’lum qilish mumkin. Ochiqdan ochiq tanqid foydasiz, chunki u kishini o‘z o‘zini mudofaa qilishga va odatda o‘zini oqlashga majbur qiladi. Tanqid xavfli, chunki u kishi g’ururiga zarba beradi, uning izzat-nafsiga tegadi va ranjitadi. SHuning uchun suhbatdosh noxaq bo‘lganda «Qiziq, men boshqacha xisoblagan edim, balki xato qilayotgandirman. Keling yaxshisi faktlarni birgalashib tekshirib ko‘ramiz» deyish yaxshiroq.
Dalillarchi? Agar siz ularni yaxshi bilsangiz, doim raqibingizni siz bilan ixtiyoriy ravishda kunishga majbur qiladi.
Boshqalarning fikriga qarshi chiqishdan o‘zini tiyish, shuningdek o‘z nuqtai nazarini ishonch bilan mudofaa qilishni o‘ziga qoida qilib olish har doim manfaatlidir. «O‘tkir burchaklar mavjud bo‘lgan hollarda «albatta», «so‘zsiz» degan so‘zlar o‘rniga «menimcha», «o‘ylaymanki» turidagi iboralardan foydalanish yaxshiroq. O‘z fikrini kamtarroq izxor etish odati doim ham kam e’tirozga uchraydi. Mabodo agar Siz nohaq bo‘lsangiz bu Sizga ancha kam qayg’u keltiradi; aks holda raqib Sizning fikringizga osonlik bilan qo‘shiladi.
Agar ziddiyatlar to‘qnashuvi muqarrar bo‘lsa, tashabbusni o‘ziga olib, raqibdan oldinga o‘tib olish ayni muddao. O‘zgalar og’zidan ayblash eshitgandan ko‘ra, o‘zini o‘zi tanqid qilgan afzalroq. Agar Siz raqibingizga uning mutlaqo haqligini va o‘zingizning noxaqligingizni aytsangiz, bu uning nafsoniyatiga manzur bo‘ladi va uning o‘zi sizning aybingizni yumshatishga harakat qila boshlaydi. Bu vaziyatning ma’nosi shundaki, Siz sherigingiz tomonini olsangiz, u Sizning tomoningizni oladi. Aqlli odam o‘z nohaqligini darrov va qat’iy tan oladi. SHerikka dilni og’rituvchi so‘zlar aytmang. Bahs psixologiyasi «emotsional ko‘zgu» qonuniga bo‘ysunadi:
birining tajangligi ikkinchisining tajangligini ko‘zlaydi, g’azabni to‘g’diradi. So‘zingizning ta’sirli bo‘lishini istasangiz nazokat bilan kamsitmay gapiring. Tanqid beozor qabul qilinishini istasangiz sherikka tanbex eshitish uchun qulay psixologik muhit hosil qilish zarur. Har qanday tanbex ma’qullashdan keyin ayniqsa engil qabul qilinadi.
Ko‘ngilsizlik va mojarolarda doim ikki tomon aybdor. Shuning uchun bir qismini o‘z zimmasiga olib, bo‘lgan noma’qulchiliklar uchun javobgarlikni bo‘lashib olishni o‘rganish kerak. Ish muloqotlarida atrofdagi sharoitga munosabatning ikki turini ajratish mumkin: ijobiy va salbiy. Ijobiy fikrlash har qanday suhbat va har qanday tijorat munozaralari olib borish jarayonlarida ham qulay psixologik iqlim o‘rnatilishi uchun hammadan ko‘p imkoniyat tug’diradi.
Qulay psixologik iqlim o‘rnatilishini ta’minlash sohasida ishonch bildiruvchi, ya’ni e’tiqodli hamfikrlikka juda muhim o‘rin beriladi. Bu ish muomalalarida quyidagi ahloqiy amallar bajarish bilan erishiladi.
1. Fizik va ijtimoiy oraliqni qisqartiring. Birinchi uchrashuvdanoq suhbatdoshni samimiy jilmayish, hayrihoxlik nigohi va qattiq qo‘l siqishuv bilan qarshilang, o‘rningizdan peshvoz turing, uning tomoniga engil bosh egib faqat ismi va otasining ismi bilan murojaat qiling.
2. Doim suhbatdoshingiz fikrini tushunishga ishtiyoqingiz borligini ko‘rsating. U nima xohlayotganini aniqlab, o‘z fikr va takliflaringizni uning ko‘zlagan mo‘ljali nuqtai nazaridan turib tanlang va ularning foydasini faqat u uchun oching. SHu bilan birga suhbatdoshingiz istayotgan natijaga qarab intiling.
3. Suhbatdoshingizning faqat ijobiy sifatlarini aniqlashga intiling, uning faqat yaxshi niyatlarini ko‘zda tuting, o‘zaro munosabatlaringiz istiqbollariga qiziqayotganingizni izxor etib turing.
4. O‘z xis-tuyg’ularingizni izxor etar ekansiz, sherigingizning emotsional holatini
hisobga oling.
5. Fikrlaringiz bir xilligini ta’kidlang, mo‘ljallaringiz birligini izlang, o‘zingizni dadil, xotirjam va hayrihox, lekin Sizga nomaqbul bo‘lgan chekinishlarsiz tuting.
6. Gapni emotsional maromda olib boring, (faol va e’tibor bilan tinglash,
engilgina bosh silkishlar va hokazo). Suhbatdoshingiz Sizning tinglash va hayrihoxlikka ishtiyoqingizni ko‘rib, buning uchun Sizga minnatdorchilik xissi bilan qaralsin.
Juda ko‘p psixologik tadqiqotlar har qanday odamga yaxshi psixologik kayfiyat bag’ishlaydigan omillarni aniqlashga imkon berdi. Agar Siz suhbatdoshingizda yaxshi kayfiyat bo‘lishini xohlasangiz, sizga bor yo‘g’i quyidagilar kerak:

 jilmayish;


 suhbatdoshning ko‘ziga qarash;
 butun fikru-yodingizni unga bag’ishlash;
 imo-ishoralar yordamida u bilan hayrihoxlik o‘rnatish;
 suhbatdoshingiz gapirayotgan tezlikda va tovush balandligida gapirish;
 suhbatdoshingiz shaxsiyati, xatti-harakatlari va tutgan o‘rni haqida ijobiy fikr
izxor etish yoki Siz uni yoqtirayotganligingiz, yoshi, jinsi va ijtimoiy o‘rnidan qat’iy nazar inson sifatida xurmat qilayotganingizni ko‘rsatishingiz;
 o‘z xamkasblaringiz va korxonangizni xurmat qilishingizni ko‘rsatishingiz;
 o‘z xulqingiz va imo-ishoralaringiz bilan o‘zingizni hayrihox, hayotdan
xursand, o‘zi va atrofdagilar bilan hamjihatlikda yashovchi qilib ko‘rsatishingiz;
 o‘zingizni xotirjam va erkin xis qilayotganingizni ko‘rsatishingiz;
 o‘zingizni ozoda va tetik tutishingiz.

2.2. Rahbar va mutaxasislarning o‘zlari haqida yaxshi taassurot qoldirish


O‘zi haqida yaxshi taasurot qoldirish uchun o‘zini tabiiy va erkin,


betakalluflikka yo‘l qo‘ymasdan tutish zarur. Atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirish amallari quyidagicha:
1. Doimiy ravishda boshqa kishilarga samimiy qiziqishni izxor qilish, lekin hech qachon samimiylik chegarasidan o‘tmaslik va maqtovga berilmaslik. Sipolik va odob boshliq va xodimlar bilan munosabatda ayniqsa muhim.
2. O‘zaro bog’lab turuvchi qiziqishlar bo‘yicha aloqani yo‘qotmaslik.
3. Bilim, mahorat, tashqi ko‘rinish, idora yoki, masalan, o‘y tutish bo‘yicha samimiy ma’qullashlar izxor qilish.

Download 73.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling