University of Economics and Pedagogy 62-гурух ўкувчиси: С. Ботировнинг


Download 0.7 Mb.
bet1/9
Sana26.07.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1662521
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Курс иши (2)


University of Economics and Pedagogy
62-гурух ўкувчиси: С.Ботировнинг
Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlarsamaradorligi” мавзусида


КУРС ИШИ


Mavzu: 1. Iste’molchi ortiqchaligi

Tasavvur qiling siz Elvis Presleyning birinchi albomi egasisiz va siz uni ishlatmaysiz. Siz Elvis Presleyning muxlisi emassiz, shu sababli uni sotishga qaror qildingiz. Buning yagona yoʻli kimoshdi savdosi oʻtkazish.


Bu kimoshdi savdosida toʻrt nafar Elvis Presleyning muxlislari ishtirok etishmoqda: Jon, Paul, George, va Ringo. Ularning har biri albomga egalik qilishni istashadi, lekin har birida buning uchun toʻlashga tayyor pul miqdori chegaralangan. 1-rasm toʻrt xaridorlarning toʻlashi mumkin boʻlgan maksimal narxlar ularning toʻlov uchun tayyorligi deyiladi va bu xaridorning mahsulotni qancha baholashini anglatadi. Har bir xaridor albomni oʻzining toʻlov uchun tayyorligidan arzonroq narxda sotib olishni istaydi va toʻlov uchun tayyorligidan qimmatroq narxda albomni sotib olishni rad etadi. Narx toʻlash uchun oʻz tayyorligiga teng boʻlsa, xaridor sotib olishga befarq boʻlishi mumkin.
Agar narx uning albomga qoʻygan bahosi bilan aynan bir xil boʻlsa, u uni sotib olish yoki pulini tejab qolishdan xursand boʻlishi mumkin.



Siz albomingizni sotish uchun past narxda uni taklif qilasiz, misol uchun 10 $. Chunki barcha toʻrt xaridorlaringiz toʻlashga tayyor, narx esa tez koʻtariladi. Kimoshdi savdosi Jon 80 $ (yoki bir oz koʻproq) taklif qilgan vaqtda toʻxtaydi. Bu nuqtada, Paul, Jorj va Ringo boshqa hech qanday taklif qilishni istashmaydi, chunki ular 80$ dan koʻproq taklif qilishni istashmaydi. Jon sizga 80$ toʻlaydi va albomni oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, albom yuqori qadrlaydigan xaridorga ketdi.


Jon Elvis Presleynining albomini sotib olishdan nima foyda oldi? Bu oʻrinda Jon uni haqiqiy savdo orqali topdi: u albom uchun 100$ toʻlashga tayyor, lekin u buning uchun atigi 80$ toʻladi. Jon 20$ isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻldi. Isteʼmolchi ortiqchaligi bu xaridorning toʻlashga tayyorligidan aslida buning uchun toʻlagan miqdorini ayirishdan qolgan miqdorga aytiladi.
Isteʼmolchi ortiqchaligi xaridorlarning bozor jarayonida olgan foydasiga qarab oʻlchanadi. Bu misolda, Jon kimoshdi savdosida ishtiroki natijasida 20$ foyda oldi, chunki u 100$ ga baholangan tovar uchun atigi 80$ toʻladi. Pol, Jorj va Ringolar isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻlishmadi, chunki kimoshdi savdoda ishtirok etib albomga egalik qilmasdan va hech narsa toʻlamasdan ketishdi.
Endi biroz boshqacha misolni koʻrib chiqamiz. Siz ikkita bir xil Elvis Presleyning albomini sotmoqchisiz deylik. Yana kimoshdi savdosida toʻrt xaridor mavjud. Hammasi oddiy, biz albomlarning ikkalasini bir xil narxda va turli xaridorlarga sotishni rejalashtirganmiz. Bu jarayon ikkita xaridor qolgunicha davom etadi. Kimoshdi savdosi Jon va Paul 70$ (yoki bir oz yuqori) taklif qilgan vaqtda toʻxtaydi. Jon va Paul, ikkovlari albomni bu narxda sotib olishga rozi va Jorj hamda Ringo bundan yuqori narx taklif qilmoqchi emas. Jon va Paulning har biri isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻlishdi, uni toʻlashga tayyorligi ayiruv toʻlangan narxiga teng. Jonning isteʼmolchi ortiqchaligi 30$ boʻladi, Paulniki esa 10$. Jonning isteʼmolchi ortiqchaligi avvalgisiga
nisbatan yuqoridir u oʻsha albomni oladi, lekin buning uchun kam haq toʻlaydi, umumiy isteʼmolchi ortiqchaligi 40$.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling