University of Economics and Pedagogy 62-гурух ўкувчиси: С. Ботировнинг


Qanday qilib past narx iste’molchi ortiqchaligini oshiradi


Download 0.7 Mb.
bet3/9
Sana26.07.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1662521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Курс иши (2)

Qanday qilib past narx iste’molchi ortiqchaligini oshiradi


Xaridorlar oʻzlari sotib olayotgan tovar uchun har doim ham past narx toʻlashni xohlashganliklari sababli past narxlar xaridorlarning turmush darajasini yaxshilaydi. Lekin past narx turmush darajasini qanchalik yaxshilaydi? Bu savolga aniq javob topish uchun biz iste’molchi ortiqchaligi tushunchasidan foydalanamiz.





3-chizma oddiy talab egri chizigʻini koʻrsatadi. Oldingi ikki chizmadagidan farqli siz bu yerda talab egri chizigʻini asta sekin tushishini kuzatasiz. Koʻp xaridorlarga ega bozorda xaridorlar orasidagi


tushish shunchalik kam maydonni tashkil qiladiki, natijada talab ancha tekis boʻladi. Bu talab har xil koʻrinishga ega boʻlishiga qaramay biz qilgan xulosa hali ham bir xil.
Isteʼmolchi ortiqchaligi narxdan balandda va talab egri chizigʻidan pastda boʻladi. (a) chizmadagi P1 narxdagi iste’molchi ortiqchaligi ABC burchagida aks etgan. (b) chizmada koʻrsatilganidek narxni P1 dan P2 ga tushishini kuzatamiz. Iste’molchi ortiqchaligi ADF maydoniga teng. Iste’molchi ortiqchaligidagi oʻsish past narxda BCFD maydonga toʻgʻri keladi. Iste’molchi ortiqchaligidagi bu oʻsish ikki qismdan iborat. Birinchidan, Q1da yuqori P1narxda tovar sotib olayotgan xaridorlar turmush tarzi yaxshiroq, chunki endi ular kamroq narx toʻlashadi. Mavjud xaridorlarning iste’molchi ortiqchaligini oshishi ular toʻlayotgan narxni qisqarishidir. Bu BCFD maydonga teng. Ikkinchidan, past narxlarda tovar sotib olishni xohlovchi yangi xaridorlar paydo boʻladi. Natijada bozordagi talab miqdori Q1dan Q2ga oʻsadi. Yangi xaridorlar oladigan iste’molchi ortiqchaligi CEF maydonida yotadi.


Iste’molchi ortiqchaligi nimani oʻlchaydi?


Iste’molchi ortiqchaligi tushunchasini rivojlantirishdan maqsad bozor talabgorlari haqida toʻgʻri xulosaga kelishdan iborat. Hozirda siz iste’molchi ortiqchaligi nimaligini tushundingiz va uni biz farovonlikning yaxshi oʻlchovi sifatida qabul qilamiz. Tasavvur qilingki, siz yaxshi iqtisodiy tizimni yaratayotgan siyosatchisiz. Iste’molchi ortiqchaligiga ahamiyat berarmidingiz? Iste’molchi ortiqchaligi bu xaridorlar tovar uchun toʻlashni xohlagan miqdordan ularning tovar uchun toʻlaydigan haqiqiy narxning ayirmasi xaridorlarning oʻzlari qabul qilgan tovardan olgan foydani oʻlchaydi.


Iste’molchi ortiqchaligi, agar islohotchilar xaridorning foydasini hisobga olishi iqtisodiy farovonlikning eng yaxshi oʻlchovi boʻladi. Ba’zi hollarda islohotchilar iste’molchi ortiqchaligi haqida
oʻylamasliklari mumkin, chunki ular xaridorlarni sotib olishga undaydigan omillarga ahamiyat berishmaydi.



Misol uchun giyohvandlar geroin sotib olish uchun yuqori narx toʻlashga tayyor. Giyohvandlar geroin uchun past narx toʻlaganliklari uchun foyda koʻrishmaydi. Jamiyat nuqtayi nazaridan bu holatdagi toʻlash istagi xaridorlar foydasining yaxshi oʻlchovi emas va iste’molchi ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikning oʻlchovi emas, chunki giyohvandlar oʻz farovonliklari haqida qaygʻurishmaydi.


Koʻp bozorlarda iste’molchi ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikni ifodalamaydi. Iqtisodchilarning ishontirishicha xaridorlar ongli ravishda qaror qabul qilishadi. Ongli odamlar oʻz maqsadlariga erishish uchun qoʻllaridan kelgancha harakat qilishadi. Iqtisodchilar yana odamlarning xohishlari hisobga olinishi kerakligini ta’kidlashadi. Bu holatda sotib olayotgan tovardan qanchalik foyda koʻrishayotganini koʻrsatuvchi eng yaxshi hukm chiqaruvchi xaridorlar hisoblanadilar.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling