Sotuvchilar tovarlari uchun yuqori narx olishni xohlashlari hech kimni hayratga solmaydi.
Lekin yuqori narx sotuvchilarning farovonligiga qanchalik ta’sir koʻrsatadi? Ishlab chiqarish ortiqchaligi bunga aniq javobni beradi. 6- rasm koʻp sotuvchiga ega boʻlgan bozordagi taklif egri chizigʻini keskin koʻtarilishini koʻrsatadi.
Taklif egri chizigʻi oldingi rasmdan farq qilinishiga qaramay, ishlab chiqarish ortiqchaligi bir xil yoʻl bilan hisoblanadi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi narxdan past va taklif egri chizigʻidan yuqori boʻladi. (a) chizmada narx P1 va ishlab chiqarish ortiqchaligi ABC maydonida yotadi. (b) chizmada narx P1dan P2 ga oʻsgandagi holat
kuzatiladi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi bu holda ADFga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligining bu turdagi oʻsishining 2 tomoni mavjud.
]Birinchisi Q1da tovarlarni past narxda P1da sotayotgan sotuvchilar yashash darajasi yaxshiroq, chunki ular tovarlari uchun koʻproq haq olishadi. Mavjud sotuvchilarning ishlab chiqarish ortiqchaligidagi oʻsish BCED maydoniga teng.
Ikkinchidan, bozorlarda yuqori narxda tovar sotishni xohlagan ba’zi yangi sotuvchilar kelishi va uning natijasida taklif miqdori Q1dan Q2ga oʻsadi. Bozorga yangi kelayotganlarning ishlab chiqarish ortiqchaligi CEF burchagida yotadi.
Tahlildan koʻrinib turganidek, biz iste’molchi ortiqchaligidan xaridorlarning farovonligini aniqlagan boʻlsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz. Bu ikki oʻlchov usuli bir-biriga oʻxshashligi sabab ularni ikkalasini ham ishlatish tabiiydir. Keyingi bobda biz aynan shu masalani koʻrib chiqamiz.
Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning koʻpligi bozordagi xaridor va sotivchining koʻpayishini oʻrganishga asosiy manba boʻladi. Bu manbalar bizga asosiy iqtisodiy savolga murojaat etishga yordam beradi: resurslarni joylashtirish erkin bozorni xohishiga asosan taʼminlanadimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |