University of Economics and Pedagogy 62-гурух ўкувчиси: С. Ботировнинг


Koʻngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi


Download 0.7 Mb.
bet7/9
Sana26.07.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1662521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Курс иши (2)

Koʻngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi


Bozorni baholash samarasida biz oʻzimizning tahlillarimizni yangi, taxminiy xususiyatga ega boʻlgan koʻngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi deb nomlangan atama bilan tanishtiramiz. Koʻngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi bu taniqli, kuchli, aniq maqsadga ega boʻlgan diktatordir. Rejalashtiruvchi jamiyatdagi barchani iqtisodiy rivojlanishini oshirishni xohlaydi. Buning uchun rejalashtiruvchi nima qilishi kerak? U xaridor va sotuvchini oʻzlari kelishib olishlariga qoʻyib berishi kerakmi? Yoki u bozor samaradorligini shunday yoʻl bilan oʻzgartirish orqali iqtisodiy rivojlanishni oʻstira oladimi?
Bu savollarga javob berish uchun rejalashtiruvchi avvalo jamiyatning iqtisodiy rivojini qanday baholashini bilib olishi darkor. Ulardan biri isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarining umumiy yigʻindisidir. Isteʼmolchi ortiqchaligi xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu sotuvchining qoʻlga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining koʻrsatkichi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning bu koʻrsatkichini yaxshi tushunish uchun isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini oʻlchab koʻrish kerak. Biz isteʼmolchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz:
Isteʼmolchi ortiqchaligi = xaridorlar toʻlamoqchi boʻlgan narx - xaridorlar tomonidan toʻlangan narx
Shunga oʻxshab, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ham aniqlab olamiz:
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari
Agar biz isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz quyidagilarga erishamiz:
Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar toʻlamoqchi boʻlgan narx - xaridorlar tomonidan toʻlangan narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari)
Xaridorlar tomondan toʻlangan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan tenglashadi, shuningdek, ushbu iboradagi ikki atama oʻchib ketadi va natijada umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin:
Umumiy ortiqchalik = xaridorlar toʻlamoqchi boʻlgan narx - sotuvchilarning xarajatlari).
Bozordagi umumiy ortiqchalik bu xaridorlar tovarga oʻzlarini xohishlari asosida toʻlamoqchi boʻlgan umumiy narxdan sotuvchilar bu
tovarni ishlab chiqarish uchun qilgan umumiy xarajatlarni ayirish natijasidir.
Agar resurslar taqsimoti umumiy ortiqchalikni maksimallashtirsa, biz bu taqsimot samaradorlikni koʻrsatadi deb aytamiz. Agar taqsimot samarali boʻlmasa, unda sotuvchi va xaridorlar ichida ba’zilari savdodan keladigan imkoniyatli yutuqlardan mahrum boʻlgan hisoblanadi. Misol uchun, agar sotuvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotni eng past xarajatlardan ham past narxda sotsalar taqsimot samarasizdir. Bu holatda, yuqori xarajatli ishlab chiqaruvchidan pats xarajatli ishlab chiqaruvchiga oʻzgarish sotuvchining umumiy xarajatlarini pasytiradi va umumiy ortiqchalikni oshiradi. Shunga oʻxshab, agar xaridorlar mahsulotni eng yuqori daromadlaridan yuqori qiymatda iste’mol qilsa ham taqsimot samarasiz boʻladi. Bu holatda tovarlar isteʼmolida past daromadli xaridordan yuqori daromadli xaridorga oʻzgarish umumiy ortiqchalikni oʻsishiga sabab boʻladi.
Samaradorlikka qoʻshimcha qilib shuni aytish lozimki, ijtimoiy rejalashtiruvchi tenglik haqida ham, ya’ni bozordagi turli xil xaridor va sotuvchi iqtisodiy rivojlanishda bir xil darajada borishi haqida oʻylashi kerak.
Buning asl ma’nosi esa bozor ishtirokchilarining bir pirogni teng boʻlib olishiga oʻxshaydi.Samaradorlik degan savol esa iloji boricha oʻsha pirogning katta boʻlishini anglatadi. Tenglik tushunchasi esa oʻsha pirog neha boʻlakka boʻlingani hamda ishtirokchilar oʻrtasida qanday bolinganinni angladi. Bu bobda biz samarali ijtimoiy rejalashtirish maqsadlari haqida gaplashamiz. Shuni yodda tuting haqiqiy iqtisodiy siyosatchilar har doim tenglik boʻlishi haqida qaygʻurishadi.
Tenglik – bu jamiyat a’zolari oʻrtasida iqtisodiy resurslarning iqtisodiy oʻsish uchun teng taqsimlanishidir.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling