Javob qaytarish uslubiyati quyidagi qoidalarga tayanadi:
1. Murakkab savollarga faqat javobni tayyorlab qo‘ygan bo‘lsangizgina javob qaytaring, aks holda yaxshisi o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘rash.
2. Agar so‘rovchi o‘z nutqida salbiy, qo‘pol va nazokatsiz so‘zlardan foydalansa, Siz ulardan foydalanmang.
3. G’alamis savollarga javob bermaslik ma’qul.
4. Savol qanchalik emotsional bo‘lsa, javob shunchalik qisqa, xotirjam va sovuqqon bo‘lishi kerak.
5. Javoblaringiz bilan suhbatdoshingizni dilini og’ritmang.
2.4. Qoidalarni tanlash, asoslash va isbotlash.
Asoslash o‘z maqsadiga faqat isbotlash qoidalari buzilmasagina erishadi. Bu:
isbotlash tezislarini aniq, ravshan, ikki ma’noda tushunishga yo‘l qo‘ymaydigan qilib shakllantirish;
isbotlash davomida tezisning suhbat jarayonlaridagidek boshlang’ich
mohiyatini, ya’ni ma’nosini saqlab qolish. Tezisni yo‘qotish (asos tezisdan keyingilariga o‘tishda mantiqiy zanjir yo‘qotiladi), tezisni butunlay almashtirish (e’tiborni gap mavzusidan boshqa begona mavzuga o‘chirilishi), tezisni qisman almashtirish (boshlang’ich tezisning shaklini o‘zgartirish) kabi xatolar qilinishi mumkin.
Argumentlar ishontirarli bo‘lishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
haqiqiylik talabi (haqligi shubhasiz va isbot qilingan argumentlar);
avtonomlik talabi (argumentlar tezisdan mustasno mustaqil isbotlangan bo‘lishi
kerak);
argumentlarning ziddiyatsizlik talabi. Ko‘pincha isbotlash uslubida xatolarga yo‘l qo‘yiladi: masalan, «noto‘g’ri tushunishdan kelib chiqishlik» xatosi- argumentlarning isbotlash kerak bo‘lgan narsaga nomosligi;
savodsizlik argumenti - sherikning behabarligi yoki tajribasizligini o‘z
maqsadlari uchun xizmat qildirish;
bama’nilik argumenti – noo‘rin vaziyatda oddiy fikrlashga shikoyat qilish;
kuch argumenti - mantiqsiz majburlash (iqtisodiy, siyosiy va hokazo);
avtoritet argumenti;
xamdardlik argumenti;
sodiqlik argumenti - firmaga sodiqlik va xurmat nuqtai nazaridan isbot qilinmagan tezisni qabul qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |