2-mavzu: ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda tashkiliy xulq reja


Jarayonni amalga oshirishda savollarning qo‘yilishi


Download 73.01 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi73.01 Kb.
#1574667
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

2.3. Jarayonni amalga oshirishda savollarning qo‘yilishi
To‘g’ri qo‘yilgan savol tushunarli javob olishga imkon beradi. Suhbatdoshlarning o‘zaro savollari juda foydali:
 ular ma’lumot berish jarayonini kerakli tomonga yo‘naltiradi;
 suhbatda tashabbusni qo‘lga olish va ushlab turishga imkon beradi;
 monologdan dialogga o‘tish uchun suhbatdoshni faollashtiradi;
 suhbatdoshning shaxsiy sifatlarini ochadi, undagi ma’lumotni aytish uchun imkoniyat tug’diradi.
Ko‘p odamlar har xil sabablarga ko‘ra to‘g’ri qo‘yilgan savolga ishtiyoqsizlik bilan javob qiladilar. Shuning uchun suhbatdoshga shu savolning tug’ilishiga olib kelgan sabablarni tushuntirish kerak va uni Sizga javob berishga qiziqtirish kerak.
Savollarning bir necha asosiy guruhlari mavjud:
1. Yopiq savollar - «ha» yoki «yo‘q» javoblarni ko‘zda tutadi, «so‘roqqa tutish»
atmosferasini hosil qiladi, batafsil va aniq tushuntirishga xalal beradi.
2. Ochiq savollar - tushuntirishni talab qiladi, monologdan dialogga o‘tish, ya’ni o‘zaro gapga tortilganlik va manfaatdorlik uyg’otish imkonini beradi. Ammo bunday suhbatda uni yo‘naltiruvchi maqsaddan adashib ketish mumkin, chunki javob beruvchi
faqat zarur deb topgan ma’lumotlarnigina berishga harakat qiladi.
3. Ritorik (safsatali) savollar mavzuni chuqurroq o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Ularning maqsadi yangi savollar tug’dirish va hal qilinmagan muammolarni o‘rtaga tashlash.
4. Keskin burilish savollari - suhbatni ma’lum yo‘nalishda ushlab turadi va yangi savollarni ko‘taradi.
5. O‘ylab ko‘rishga savollar - suhbatdoshni fikrlash va avval aytilganlarni izohlab berishga undaydi. Bu o‘zgarishlar va aniqliklar kiritish, bahsli masalalarda mufassalroq tushunib olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Suhbatning boshida o‘zingiz va sherigingizning mo‘ljallari, ya’ni manfaatlarini o‘ylab ko‘ring, so‘ngra savollar berishga o‘ting. Ishonch bilan ijobiy javob olish mumkin bo‘lgan «yopiq» savollar yordamida qulaylik va ishonchlilik iqlimi hosil qilish mumkin. Masalan: «Sizga bizning firmamizni jalb qilish maqsadga muvofiqmi yo‘qmi. Shuni bilib olish uchun ba’zi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Shu sababdan sizga bir necha savol bersam maylimi? Ehtimol javob «Ha».
Suhbat chegarasini kengaytirish uchun «ochiq» savollardan foydalaniladi, chunki bunda fikr va ma’lumot almashinish sodir bo‘ladi. Ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish va aniqlash uchun qulayini o‘ylab ko‘rishga yo‘naltirilgan ritorik savollardir. Suhbatning oxirida ma’lumot berishning yangi yo‘nalishini mo‘ljalga ola turib, keskin burilish savollariga o‘tiladi.
Savollar berganingizda Siz bahsli suhbatlar ehtimolligini kamaytirasiz yoki undan butunlay qutulasiz. Bundan tashqari savolning qo‘yilishiyoq javob turini aniqlaydi.
Shundan kelib chiqib, Siz quyidagi savol turlarini berishingiz mumkin.
1. Ma’lumotli - odatda, ochiq bo‘lib, ma’lumotlar yig’ishga xizmat qiladi;
2. Nazoratli - tinglovchining e’tibor qilish darajasini aniqlab beradi: («Siz bu
haqda nima o‘ylaysiz?»).
3. Belgilovchi savollar - Siz muammoning ba’zi qo‘shimcha tomonlarini
yoritganingizdan keyin ham suhbatdoshingiz o‘zining ilgarigi fikrida turibdimi yo‘qmi aniqlab beradi. Bunday savollarga javob berish uchun suhbatdoshingizga vaqt va imkoniyat berishingiz kerak.
4. Tasdiqlovchi savollarni hamjihatlikka erishish uchun beradilar.
5. Tanishtiruvchi savollar suhbatdoshingiz fikri bilan tanishtiradi.
(Qoniqdingizmi?»).
6. Peshvoz savollar gapni toraytirib, suhbatdoshni uzil-kesil qarorga olib keladi:
(«Bu mashina qancha turadi?» - «Siz qanchasini sotib olmoqchisiz?»).
7. Alternativ savollar sherigingizga javoblardan birini tanlashga imkon beradi
(odatda, savolda uchtagacha alternativ bo‘ladi).
8. Bir qutbli savollar Siz aytganlarni qaytarib, suhbatdoshingiz Sizning fikringizni kuzatib turganligini belgilaydi.
9. Tasdiqlovchi mulohazalar - «Yaxshi savol», «Sizda shu savol tug’ilganidan xursandman» turidagi luqmalar suhbatdoshni xursand qiladi va o‘zining haqligiga ishontiradi.
10. Yo‘naltiruvchi savollar - jadallik, sur’at, mavzularni o‘zgartirishga yordam beradi.
11. G’alamis savollar undovchi hisoblanadi. Ularni zarur bo‘lganda
ehtiyotkorona ishga solmoq kerak.
12. Muzokaralar ochuvchi savollar sherikni qiziqtiradi va uni Sizni qunt bilan tinglashga majbur qiladi.
13. Yakunlovchi savollar - natija chiqarib, suhbatni tugallashga xizmat qiladi.

Download 73.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling