Xorazm viloyati xiva tumani 15-umumiy o`rta ta`lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi yaqubova maqsudaning buyuk britaniya va shimoliy irlandiya birlashgan qirolligi mavzusida tayyorlagan taqdimoti


Download 125.8 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi125.8 Kb.
#215686
Bog'liq
GEOGRAFIYA PREZINTATSIYA

XORAZM VILOYATI XIVA TUMANI 15-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI GEOGRAFIYA FANI O`QITUVCHISI YAQUBOVA MAQSUDANING BUYUK BRITANIYA VA SHIMOLIY IRLANDIYA BIRLASHGAN QIROLLIGI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Reja:

  • Birlashgan Qirollik siyosiy –hududiy tuzilishi.
  • Buyuk Britaniya iqlimining muhim xususiyatlari
  • Birlashgan qirollik aholisining joylashuvi
  • Aholi zichligi eng yuqori darajada bo`lgan hududlari

O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

O`quvchilar o`tilgan mavzuni qanday o`zlashtirganliklarini bilish uchun savollar beraman. Bunda “KSSS” (Kanvert siri savol sehri) metodidan foydalanaman. Bu metodda O`quvchilarning har birida kanvert bo`ladi kanvert ichida mavzularga doir savollar tuzib kelishgan bo`ladi. Dars jarayonida shu savollardan foydalaniladi.

1Germaniya iqtisodiy geografik o`rnining qulayligini izohlang

2 Germaniya aholisi tabiiy va migratsion harakatiga qanday xususiyatlar xos?

3 Mamlakatning qishloq xo`jaligi qaysi tarmoqlarga ixtisoslashgan


Birlashgan Qirollik siyosiy –hududiy tuzilishi.

  • Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Yevropaning Shimoli- G`arbidagi Britaniya orollarida joylashgan . Birlashgan Qirollik hududining asosiy qismini Buyuk Britaniya oroli va Irlandiya orolining shimoli sharqi tashkil qiladi. Shuningdek , mamlakat tarkibiga bir nechta maydaroq orollar ham kiradi.

Buyuk Britaniya iqlimining muhim xususiyatlari

  • Buyuk Britaniya janubi-sharqiy qismini ko`proq tekisliklar , shimoli –g`arbiy hududlarini esa asosan, o`rta tog`lar egallaydi. Ayniqsa ,Shotlandiya va Uelsda qadimgi parchalangan tog`lar keng tarqalgan.
  • Atlantika okeanidan yil bo`yi esadigan nam shamollarhamda golfstrim oqimi tasirida Buyuk Britaniyada mo`tadil dengiz iqlimi shakllangan.

Birlashgan Qirollik aholisining joylashuvi

  • Birlashgan Qirollik Yevropa mamlakatlari ichida aholi soni bo`yicha 3- o`rinda turadi (2018 yil holatiga ko`ra 66mln kishidan ziyod). Aholining tabiiy ko`payishi yillik hisobda 0,3 %ga teng. Aholi soni ko`proq tashqi migratsiya hisobiga o`smoqda. Ayniqsa Janubiy Osiyo, Afrika, Karib dengizidagi orollardan ko`chib kelganlar ko`p

Aholi zichligi eng yuqori darajada bo`lgan hududlar

  • Aholi zichligi Markaziy va Janubiy Angliya Janubiy Uels hamda O`rta Shotlandiya past tekisligida eng yuqori darajada bo`lsa, Shotlandiyaning shimoli- g`arbiy tog`li hududlarida esa bu ko`rsatkich ancha pastdir.Birlashgan Qirollik aholisining dearli 85% Angliyada joylashgan

Maydoni

244,5 ming km2

Aholisi

66,4 mln

Eng baland nuqtasi

1343 m

Urbanizatsiya darajasi

80%

Yangi mavzuni mustahkamlash

1-Topshiriq . Raqamli diktant metodi

ANGLIYA

SHOTLANDIYA

SHIMOLIY iRLANDIYA

Uels


SITSILIYA

E`tiboringiz uchun rahmat

Uyga vazifa: Buyuk Britaniyaning aholi zichligi va urbanizatsiya darajasini aniqlang.


Download 125.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling